1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Oqsillarning vazifalari.va12. Oqsillarning struktura zaxira, toksik, energetik, katalitik, himoya, transport, qisqarish, boshqaruv funksiyalari


Download 1.68 Mb.
bet6/28
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1127471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish

10. Oqsillarning vazifalari.va12. Oqsillarning struktura zaxira, toksik, energetik, katalitik, himoya, transport, qisqarish, boshqaruv funksiyalari. .tirik organizmlarda oqsillarning bajaradigan biologik funksiyalari juda ko’p va hilma hildir. Chunki hujayrada har qanday funksiyani bajarish ximyaviy reaksiyalar bilan bog’langan, bu reaksiyalarni katalizlaydigan fermentlar oqsillardir. 1. K a t a l i t i k f u n k s i y a.Ko’plab oqsillar fermentlar (ya'ni biologik katalizatorlar) funktsiyasini bajarib, ular biokimyoviy jarayonlarni bu jarayonlarda o’zi qatnashmagan holda tezlashtirib beradigan moddalar sifatida tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda aniq bo’lgan barcha biologik katalizatorlar – fermentlar – kimyoviy tabiati bo’yicha oqsillardir. 1988 yilgacha 2100 dan ortiq fermentlar ajratib olingan. Oqsillarning bu funksiyasi juda unikal bo’lib, biologik sistemalarda kimyoviy reaksiyalarning tezligini belgilaydi.2. R e g u l y a t o r l i k (boshqarish) f u n k s i y a s i. Transkriptsiya faktori sifatida tanilgan oqsillar bizning genimizdagi DNK ning muvofiq qismlariga bog’lanishi va bu orqali yangi oqsillarning shakllantirishi mumkin. 3. T r a n s p o r t f u n k s i y a s i. Hujayra ichi va tashqarisiga, hujayradagi organellalar ichi va tashqarisiga hamda shuningdek, tananing bir qismidan ikkinchisiga tashiladigan juda ko’plab moddalar mavjud. Ushbu moddalarning tashilishi oqsillarning faoliyati sababli paydo bo’ladi. Misol uchun, bizlar nafas oladigan kislorod mushaklarimizga gemoglobin oqsili – qondagi asosiy oqsil orqali tashiladi.4. H i m o y a f u n k s i y a s i. Organizmda asosiy himoya funksiyasini immun sistema bajarib, organizmga tushayotgan bakteriyalar, toksinlar yoki viruslarga javoban mahsus himoya – oqsillari – a n t i t e l a l a r ning sintezini ta'minlaydi. Fibrinogen qonning ivishiga to’sqinlik qiladi va shu bilan qon yo’qotilishini kamaytiradi va h.k5. Q i s q a r t i r i sh f u n k s i y a s i.Muskulning qisqarish va bo’shashish jarayonida ko’pgina oqsil molekulalari qatnashadi, ularning orasida m i o z i n va a k t i n eng asosiylari hisoblanadi.Aktin va miozin oqsillari (ular mushak hujayralarining miofibrillalari ichida joylashgani sababli miofibrillyar oqsillar deyiladi) ba'zan motorik oqsillar deyiladi, chunki ular mushak qisqarishi uchun javob beradi. Asosan bu oqsillar ATF bog’lari ichida saqlangan kimyoviy energiyani mexanik ishga aylantiradi. Ular shu bilan mushaklar qisqarishi uchun molekulyar bazani tashkil qiladi.Bu oqsillar ATFning kimyoviy energiyasini mehanik energiyaga aylantiradi va ularning qisqarish va bo’shashini ta’minlaydi. 6. S t r u k t u r a f u n k s i y a s i.Hujayralarning sitoskeletlari bo’yicha 3-qismga qayta murojaat qilsak, ko’plab oqsillar hujayra strukturasini ta'minlash uchun xizmat qiladi.7. I m m u n o l o g i k.Antitanachalar immunosistema hujayralari tomonidan ishlab chiqiladigan oqsillar bo’lib, ular infektsiyalarga qarshi kurashda asosiy rol o’ynaydi. Bu oqsillar bakteriya va viruslar kabi begona moddalarni (ya'ni antigenlarni) fagotsitoz jarayoni orqali ajratadi va neytrallashtiradi. 8. T o’ y i m l i o z i q a f u n k s i y a s i. Bu funksiyani rezerv oqsillar – tuxumning albumini, sutning kozeini, dukkakdoshlarning urug’ida zahira oqsillar bajaradi.8. T o k s i k f u n k s i y a.Ko’pchilik hayvonlar zaharlarining tarkibidagi toksinlar o’zlarining kimyoviy tabiati bo’yicha peptidlar yoki oqsillar hisoblanadi. Ilon zaharlarining neyro - va sitotoksinlari, asalari zaharining apamini, qovoq ari zaharining – oriyentotoktoksini, toksik fosfalipazalari va boshqalar misol bo’la oladi.9. E n e r g e t i k f u n k s I y a s i. Ozuqa moddalari tarkibida organizmlarga kirayotgan oqsillarning bir qismi energiya manbayi bo’lib hizmat qiladi. Sport bilan shug’ullanmaydigan odamlarda ularning sutkalik energiyaga bo’lgan ehtiyoji 13-14 % oqsillar hisobiga ta’minlanadi. Sportning tezkorlik – kuchlilik turlari bilan shug’ullanadigan sportchilarda bu ko’rsatkich 15-17 % ni, shtanga, kulturizm, og’ir tosh ko’taradigan sportchilarda 18-20 % ni tashkil qiladi. 10. R e t s e p t o r l i k f u n k s i y a s i. Bir qator oqsillar odam va hayvon hujayralarining tashqi sirtida joylashib, turli garmonlar, vitaminlar, neyromediatorlar va boshqa fiziologik faol moddalarning retseptorlari bo’lib hizmat qiladi, ya’ni ularni spetsifik ravishda tanlab bog’lab olib ta’sirlarini hujayra ichiga uzatadi .11. S i g n a l b e r i sh.Ko’plab oqsillar hujayralar orasida va ichida aloqani ta'minlashda signal berish ro’lini ham bajaradi. Yuqoridagi misolimizdagidek, mushak hujayrasining hujayra membranasidagi insulin retseptorlari oshqozon osti bezidan chiqqan insulin bilan bog’lanadi (ya'ni hujayradan hujayraga aloqa) va u o’z navbatida hujayra ichiga signallar kaskadini boshlaydi (ya'ni hujayra ichida aloqa) va glyukoza yutilishini oshiradi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling