1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Suv va uning biologik xususiyatlari


Download 1.68 Mb.
bet4/28
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1127471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish

7. Suv va uning biologik xususiyatlari.Suv molekulasi (H2O) – qutblangan birikma bo’lib, kislorodning elektrofil atomi qisman manfiy zaryadga ega, vodorod atomi esa musbat zaryadli bo’lib, ular o’rtasida elektrostatik, kuchsiz ionli bog’ hosil bo’ladi. Bir xil zaryadlangan atomlar orasidagi vodorod bog’lari suv molekulasini agregat holatga keltiradi. Donor-aktseptor xususiyatiga ega bo’lgan vodorod bog’lari kovalent (200-400 kDj/molь), ion va van-der-vaalьs bog’larining o’rtasida bo’lib, uning quvvati 12-30 kDj/molь atrofida hisoblanadi. Suv molekulasining o’ziga xos strukturasi uning rang-barang fizikaviy-kimyoviy xossalarini belgilaydi. Organizmda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlar suvli muhitda amalga oshadi..Suvli muhitda birikma va moddalar o’ziga xos suvli qobiq bilan o’ralgan bo’lib, qutblangan suv molekulalari makromalekulalarning zaryadlangan yoki ionlangan guruhlari orqali bog’lanib shakllanadi. Qobiq qancha katta bo’lsa, uning eritish qobiliyati shuncha yuqori bo’ladi.Suvga nisbatan molekulalar yoki ularning bir qismi gidrofil (suvda eriydigan) yoki gidrofob (suvda erimaydigan) larga bo’linadi. Gidrofil birikmalarga ionlarga dissotsiyalanadigan (ON, SOON, NH2) organik, noorganik moddalar, shuningdek tarkibida qutblangan guruhlar tutuvchi biopolimerlar kiradi. Gidrofobli birikmalarga molekulalarida qutblanmagan guruhlar (-SN3), zanjirlar (-SN=SN-) tutuvchi organik birikmalar (triglitserinlar, steroidlar va boshqalar) kiradi. Ayrim molekulalar tarkibida gidrofil va gidrofob guruhlarni tutib, ularni amfifil (amphy-yunoncha ikkilamchi) modda yoki birikmalar deyiladi. Ular yog’ kislotalari, fosfolipidlar va hokazo bo’lishi mumkin.Yuqoridagi fikrlarga asosan suvlar dipol holatida nafaqat o’zaro bog’lanadi, balki hujayralardagi qutblangan organik va noorganik moddalar molekulalari bilan ham bog’lanadi. Bunday jarayon moddalar gidrotatsiyasi deyiladi. Suvning fizika-kimyoviy xususiyatlari uning biologik vazifalarini belgilaydi. Suv benuqson, ajoyib erituvchi. Suv organizmda issiqlik balansini boshqaruvchi regulyator bo’lib, uning issiqlik sig’imi har qanday biologik moddalardan yuqoridir. Suv hujayra ichidagi bosim (turgor) ni va uning shaklini saqlashda ishtirok etadi. Ayrim biokimyoviy jarayonlarda suv substrat sifatida ham xizmat qilishi mumkin.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling