1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


RNK, RNK turlari: transport RNK, ribosomal RNK, information RNK


Download 1.68 Mb.
bet14/28
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1127471
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish

27. RNK, RNK turlari: transport RNK, ribosomal RNK, information RNK. Nukleotidlarning tarkibiga qaysi bir uglevod kirganiga qarab nuklein kislotalar ikki katta guruhga bo’linadi: dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) va ribonuklein kislotalar (RNK). DNK tarkibida uglevod komponenti sifatida – dezoksiriboza, RNKda esa – riboza hizmat qiladi. Ribonuklein kislotalar o’z navbatida bajaradigan funksiyalariga qarab 3 guruhga – transport RNK (tRNK), information RNK (iRNK) va ribosomal (rRNK)larga bo’linadi.Bajaradigan funksiyalariga qarab RNKlarni uch turga ajratiladi: informatsion, ribosomal va transport RNKlar.Informatsion RNK (iRNK) – hujayraning tahminan RNK sini tashkil qiladi, tarkibida 75 – 3000 nukleotid tutadi. Molekulyar massasi – 2,5•104 - 1•106 Da. hujayraning yadrosi va sitoplazmada uchraydi. Oqsil sintezi jarayonida matritsa vazifasini bajaradi. Ribosomal RNK (rRNK) – hujayraning 80 – 90% ni RNK tashkil qiladi, tarkibida 100 –3100 nukleotid tutadi va molekulyar massasi – 3,5•104 – 1,1•106 Da. Ribosomalarning asosiy strukturasini tashkil qiladi. Transport RNK (tRNK) – hujayraning 10 – 15% RNKsini tashkil qiladi, tarkibida 75 – 90 nukleotid tutadi. Molekulyar massasi – 2,5•104 - 3•104 Da. Asosan sitoplazmada uchraydi. Ularning formasi o’ziga xos va “beda bargining” shakliga o’xshaydi. Sitoplazmada aminokislotalarni oqsillarning sintezlanish joyiga – iRNK ga tashish vazifasini bajaradi.
28. Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasini hosil bo’lishida komplementarlik prinspi. Chargaff qoidasi.Birlamchi strukturasi. DNKning molekulasida dezoksiribonukleotidlar bir-birlari bilan fosfor kislotasining qoldig’i va dezoksiriboza orqali birikib polinukleotid zanjirini hosil qiladi. Polinukleotid zanjirida dezoksinukleotidlarning ma'lum tartibda ketma - ket joylashishi DNK molekulasining birlamchi strukturasini tashkil qiladi.DNK uchun xarakterli bo’lgan belgi – bu uning tarkibiga kirgan nukleotidlar o’zaro ma'lum nisbatda bo’lishidir. Bunday bo’lishini birinchi marta 1949 yil Ervich Chargaff aniqlab bergan bo’lib, Chargaffqoidasi nomi bilan yuritiladi. Ana shu qoidaga asosan barchao’rganilgan DNK molekulalarida: 1. purinlarning miqdori pirimidinlarning miqdoriga teng:2. adenin va sitozinning miqdori guanin va timinning miqdoriga teng:3. adeninning miqdori timin miqdoriga va guaninning miqdori sitozin miqdoriga teng:4. spetsifiklik koeffitsienti – G Q S va A Q T – larning nisbati:DNK molekulalarida GQS va AQT – larning miqdori hech qachon teng bo’lmaydi. Shuning uchun ularning o’zaro nisbati, ya'ni spetsifiklik koeffitsienti hayvonlar va ko’pchilik o’simliklar DNKlari uchun – 0,54-0,94, mikroorganizmlarning DNK lari uchun – 0,45-2,57 ga tengni egallasa, agar uni cho’zsa, 8 sm uzunlikkacha cho’zilar ekan.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling