1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalariva.18. Oqsillarni o’rganishda fizik-kimyoviy usul va uslubiyotlar
Download 1.68 Mb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
17. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalariva.18. Oqsillarni o’rganishda fizik-kimyoviy usul va uslubiyotlar.Oqsillarning eng xarakterli fiziko-kimyoviy hususiyatlari - bu eritmalarining yopishqoqligi, bir oz diffuziyasi, katta miqyosda shishish qobiliyati, optik faolligi, elektr maydonida harakatchanligi, 280 nm to’lqin uzunligida ultrabinafsha nurlarini yutish qobiliyatlaridir. Har bir oqsilning tuzilishi va biologik vazifasi bo’yicha spetsifikligini faqat unga xarakterli bo’lgan aminokislotalarning tarkibi va polipeptid zanjiridagi aminokislotalarning ketma-ketligi belgilaydi.Oqsillarning fiziko-kimyoviy xususiyatlari, asosan, ularning tarkibiga kiradigan aminokislotalarning radikallarini tabiati va xususiyatlariga, hamda erkin funksional guruhlarning miqdoriga, shu jumladan, amino va karboksil guruhlarning miqdoriga ham bog’liq bo’ladi.Aminokislotalar kabi oqsillar ham erkin amino va karboksil guruhlari bo’lganligi tufayli a m f o t e r l i k xususiyatiga ega.Muhitning qat'iy ma'lum reaksiyasida oqsil molekulalarining kislotali va ishqorli radikallari neytrallashadi va molekula neytral bo’lib qoladi. Reaksiyaning ana shu o’lchami i z o e l e k t r i k n u q t a (pI) nomi bilan yuritiladi. Ko’pchilik oqsillar uchun pH ko’rsatkichining 4 – 7 doirasida bo’ladi. Ammo ba'zi bir oqsillar uchun u kuchli kislotali (pepsin – pH=1) yoki kuchli ishqorli (giston – pH=10) bo’lishi mumkin.Oqsil molekulalarining ham vodorod, ham gidroksil ionlarini bog’lab olish qobiliyati ular qon va har xil a’zolarning hujayralaridagi buferlik hususiyatini belgilaydi. Masalan, qonning asosiy buffer sistemasi bo’lib eritrotsitlardagi gemoglobin oqsili hizmat qiladi. Oqsillar yuqori molekulyar birikmalarga kiradi. Ularning molekulyar massalari 5000 dan to 1 000 000 daltongacha va undan ham ko’proq bo’ladi.Oqsillar molekulalari katta bo’lishi tufayli suvda kolloid eritmalarni hosil qiladi. Ularning turg’unligi oqsil molekulasida o’ziga xos suv qobig’ini (pardasini) va ma'lum elektr zaryadini bo’lishiga bog’liq. Suv qobig’i buzilganda oqsilning eruvchanligi kamayadi va ular cho’kmaga tushadi. Suvda erigan oqsillar yuqori harorat ta'sirida, og’ir metallarning ta'sirida cho’kmaga tushadi. Bu cho’kmalar qaytadan erish qobiliyatiga ega emas. D e n a t u r a s i y a deb atalgan orqaga qaytmaydigan hodisani asosida oqsil molekulalari ustki (sirtqi) qatlamining tuzilishini o’zgarishi, ularning ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi strukturalarini o’zgarishi yotadi. Agar denaturatsiya qaytar bo’lsa, uni r e n a t u r a s i ya deb ataladi.
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling