1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Nukleozid va nukleotidlar
Download 1.68 Mb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26.Nuklein kislotalar turlari: DNK
25. Nukleozid va nukleotidlar.Purin yoki pirimidin asoslari riboza yoki dezoksiribozani biriktirib olib, n u k l e o z i d deb ataladigan birikmani hosil qiladi. Nukleozid tarkibidagi riboza (dezoksiriboza)ning gidroksil guruhiga (5-nchi holatdagi) fosfor kislotasining qoldig’ini biriktirib nu k l e o t i d ga aylanadi.Nukleozidlarning nomi purinlarning nomiga -ozin suffeksini (adenozin, guanozin), pirimidinlarga esa – din suffeksini (uridin, timin, sitidin) qo’shish bilan olinadi (4-rasm). Nukleotidlarning nomi nukleozidlar nomini ohiriga fosfor kislotasining qoldig’ini soni va fosfat so’zini qo’shish bilan hosil qilinadi. Jumladan, agar nukleozid bitta fosfor kislota qoldig’ini tutsa nukleozidmonofosfat, ikkita fosfor kislota qoldig’i bo’lsa nukleoziddifosfat va uchta qoldiq bo’lsa – nukleozidtrifosfat deb ataladi va nukleozidning nomini, fosfor kislotasining soni va o’zining nomini birinchi xarflari bilan qisqartirilib belgilanadi. Masalan, adenozinmonofosfat – AMF, adenozindifosfat – ADF, adenozintrifosfat – ATF va h.k. RNK ham DNK ham nukleotidlar deb ataladigan monomerlardan tuzilgan, shuning uchun nuklein kislotalarni polinukleotidlar deyiladi. har bir mononukleotid uchta himiyaviy farkli komponentlar: anorganik fosfat monosaxarid riboza yoki dezoksiriboza va azot asosi, purin yoki pirimidin asosidan tashkil topgan.
26.Nuklein kislotalar turlari: DNK.Nukleotidlarning tarkibiga qaysi bir uglevod kirganiga qarab nuklein kislotalar ikki katta guruhga bo’linadi: dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) va ribonuklein kislotalar (RNK). DNK tarkibida uglevod komponenti sifatida – dezoksiriboza, RNKda esa – riboza hizmat qiladi. DNKning molekulasida dezoksiribonukleotidlar bir-birlari bilan fosfor kislotasining qoldig’i va dezoksiriboza orqali birikib polinukleotid zanjirini hosil qiladi. Polinukleotid zanjirida dezoksinukleotidlarning ma'lum tartibda ketma - ket joylashishi DNK molekulasining birlamchi strukturasini tashkil qiladi. DNK barcha tirik hujayralarning asosan yadrolarida (prokoriotlarda, sitoplazmada) xromosomalarning tarkibida, qisman mitoxondriya va xloroplastlarda joylashgan. Bitta organizmning hujayralarida DNKning miqdori doimiy va pikogrammlarni tashkil qiladi, har xil tur organizmlarda esa ancha farq qiladi. DNKning molekulyar massasi juda katta va bir necha milliard daltonni (~1010-1011Da) tashkil qiladi. Masalan, hisoblashlar bo’yicha hujayrada DNKning zanjiri 5 nm atrofida joyDNK uchun xarakterli bo’lgan belgi – bu uning tarkibiga kirgan nukleotidlar o’zaro ma'lum nisbatda bo’lishidir. Bunday bo’lishini birinchi marta 1949 yil Ervich Chargaff aniqlab bergan bo’lib, Chargaffqoidasi nomi bilan yuritiladi. Ana shu qoidaga asosan barcha o’rganilgan DNK molekulalarida:1. purinlarning miqdori pirimidinlarning miqdoriga teng:2. adenin va sitozinning miqdori guanin va timinning miqdoriga teng:3. adeninning miqdori timin miqdoriga va guaninning miqdori sitozin miqdoriga teng:4. spetsifiklik koeffitsienti – G Q S va A Q T – larning nisbati: DNK molekulalarida GQS va AQT – larning miqdori hech qachon teng bo’lmaydi. Shuning uchun ularning o’zaro nisbati, ya'ni spetsifiklik koeffitsienti hayvonlar va ko’pchilik o’simliklar DNKlari uchun – 0,54-0,94, mikroorganizmlarning DNK lari uchun – 0,45-2,57 ga tengni egallasa, agar uni cho’zsa, 8 sm uzunlikkacha cho’zilar ekan. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling