1. Kirish. Fizika fani haqida
Massa markazi. Massa markazi
Download 84.06 Kb.
|
Oraliq savollar Fizika.doc-00
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27. Mехanikada saklanadigan kattaliklar.Impulsning saqlanish qоnuni tabiatning fundamеntal qоnuni sifatida. 28.Impuls mоmеntining saqlanish qоnuni.
23.Massa markazi. Massa markazining harakati хaqida tеоrеma.
24.Nоinеrtsial sanоq tizimlari. Inеrtsiya kuchlari. 25.Absоlyut qattiq jismning aylanma harakat) dinamikasi. Kuch mоmеnti. Inеrtsiya mоmеnti. 26.Aylanma harakat dinamikasning asоsiy qоnuni. Impuls mоmеnti. Mоmеntlar tеnglamasi. Qo‘zg‘almas aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismga kuch momenti M ta’sir etsa, jism o‘q atrofida aylana boshlaydi. Jismga qo‘yilgan kuchning bajargan ishi dA uning aylanma harakat kinetik energiyasini ortishiga sarflanadi dEk : dA = dEk yoki 𝑀𝑑𝜑 = 𝑑 ( 𝐼 𝜔2 2 ) , 𝑀𝜔𝑑𝑡 = 𝐼𝜔𝑑𝜔 . Bu tenglamani ikki tomonini dt ga bo‘lib quyidagi tenglamaga kelamiz: M = I𝜀 . Vektor ko‘rinishida 𝑀⃗ = 𝐼𝜀 , tarzda yoziladi ( M va vektorlarning yo‘nalishi bir xil). formula qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanuvchi qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi deyiladi. U ilgarilanma harakat qilayotgan moddiy nuqta dinamikasining asosiy tenglamasi F ma (Nyutonning 2- qonuni) ga o‘xshashdir. Bunda massa vazifasini inersiya momenti, chiziqli tezlanish vazifasini burchak tezlanish, kuch vazifasini kuch momenti o‘taydi. Endi jismlar muvozonatining ikkita shartini ifodalaymiz. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan jismlar muvozonatda bo‘lishlari uchun, ularga qo‘yilgan tashqi kuchlarning vektor yig‘indisi nolga teng bo‘lishi shart. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasidan qo‘zg‘almas aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlar muvozonatda bo‘lishilari uchun, ularga qo‘yilgan tashqi kuchlar momentlarining algebraik yig‘indisi nolga teng bo‘lishi shart. Massasi mi bo‘lgan aylanma harakatdagi moddiy nuqtaningixtiyoriy paytdagi vaziyati O nuqtaga nisbatan aniqlanayotgan bo‘lsin. Moddiy nuqtaning O nuqtaga nisbatan impuls momenti deb quyidagicha ifodalangan vektorga aytiladi: 27.Mехanikada saklanadigan kattaliklar.Impulsning saqlanish qоnuni tabiatning fundamеntal qоnuni sifatida. 28.Impuls mоmеntining saqlanish qоnuni. Impulsning saqlanish qonuni jismlar tizimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Jismlar tizimi yoki soddagina "tizim" deganda o‘zaro ta’sirlashuvchi bir nechta jismlar to‘plamini tushunamiz. Tizimga tashqi kuchlar ta’sir etmasa, bunday tizim berk tizim deyiladi. Quyosh tizimi juda katta aniqlik bilan berk tizim bo‘la oladi. Biz yashab turgan tabiiy sharoitlarda esa berk tizim mavjud emas, chunki Yer sirtidagi har qanday tizimga hech bo‘lmaganda Yerning tortish kuchi ta’sir etadi. Lekin tizimdagi jismlarning ta’sir kuchlariga nP Pi isbatan tashqi kuchlar hisobga olinmasa yoki hisobga olinmaslik darajasida kichik bo‘lsa, bunday tizimni berk tizim deb qarash mumkin.P Pi m , Download 84.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling