1. kirish nazariy materiallar reja
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Nazorat savollari: 1. Uzumni yetilish davrlari xaqida ma’lumot bering. 2. Uzumni quritishni qanday usullarimavjud? 3. Quritish maydonchalarini tuzilishi xaqida ma’lumot bering. 4. Uzumni quritishda qanday texnologik jarayonlar qo‘llaniladi? 89 7-amaliy mashg‘uloti. Uzumni quritish usullari. O‘zbekistonning iqlim sharoiti uzum quritish uchun nihoyatda qulay. Issiq yozning davomiyligi, nisbiy namlikning past bo‘lishi, a’lo sifatli mayiz va xo‘raki uzum nav-larining etishtirilishi, xalqning an’anaviy tajribalari, shuningdek fan yutuqlari, quyoshli ochiq havoda va soyada meva quritish usullaridan keng foydalanishga, kam mablag‘ sarflab, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi. Quritish uchun tovar sifati yuqori bo‘lgan xom ashyoni keskin ko‘paytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir xo‘jalikdagi tokzorda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda to‘liq va yuqori sifatli qilib o‘tkazish zarur. Quritilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash uchun hosilni terib olishga ikki hafta qolganda tok barglari olib tashlanadi, novdalari chekanka qilinib, sug‘orish to‘xtatiladi. Chunki meva tarkibida ortiqcha namlikning saqlanishi quritish vaqtini bir muncha kechiktiradi. Kishmish nav uzum tarkibida qand moddasi 23–25% ni, mayizbop uzum tarkibida esa 22–23% ni tashkil qilingan paytda quritiladi. Quritish uchun eng yaxshi navlar quyidagilar hisoblanadi: Urug‘siz–“Oq kishmish”, “Qora kishmish”, “Xishrov kishmishi”, “Sogdiana kishmishi”, “Botir kishmishi”, “Zarafshon kishmishi” va boshqalar: Mayiz uchun – “Kattaqo‘rg‘on”, “Shturangur”, “Rizamat”, “Qora janjal”, “Qora kaltak”, “Sultoni”, “Nimrang”, “Aleksandriya muskati”. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling