1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

*Qora vassarga – Qora uzum navlaridan dorilanmay oftobda quritiladi. 
*Chillaki – Chillaki va Terbosh uzum navlaridan dorilanmay oftobda quritiladi. 
*Avlon – Har hil uzum navlaridan dorilanmay, faqat oftobda quri tib olingan mayiz. 
- Rasm. Quritilgan uzum mahsulotlari:
1- zarsimon sabza; 2- sabza; 3- shig‘oniy; 4- shtabel germion; 5- avlon. 
Ma’lumki, quritish usuliga ko‘ra mahsulot chiqish foizlari ham turlicha bo‘ladi. 
Quyidagi 4- jadvalda uzumni quritishda quritish usuliga ko‘ra tayyor mahsulot chiqishi 
foizlari berilgan. Talabalar ushbu jadvaldan foydalangan holda uzum quritishda berilgan 
topshiriqqa binoan mahsulotning chiqishini umumiy miqdorini va quritish usullari 
bo‘yicha talab etiladigan xomashyo sarfini hisoblaydilar. 
4- Jadval 


95 
Uzum quritishda tayyor mahsulot chiqishi
Tayyor mahsulot turi 
Quritishda tayyor mahsulot 
chiqishi k, % 
Bedona 
24 – 28 
Shig‘oniy, qora vassarga 
24 – 26 
Sabza, zarsimon sabza 
30 – 34 
Germion 
23 – 25 
Soyaki 
30 – 35 
Avlon 
25 – 27 
1-topshiriq. 50 t Oq kishmish uzumidan qancha miqdorda bedona kishmishi 
mayizi, 40 t Kattaqo‘rg‘on uzumidan germion chiqishini hisoblang. 
Ishlash tartibi: Topshiriqni bajarish uchun yuqoridagi jadvaldan foydalanib
quyidagi formuladan tayyor mahsulot chiqishi topiladi: 
M
t
= (P x k): 100t
Bu yerda: M
t
– olinadigan tayyor mahsulotning umumiy miqdori, t; 
k - tayyor mahsulot chiqishi, %. 
Formuladagi k ning qiymatini yuqoridagi jadvaldan olinadi. 50 t Oq kishmish 
uzumi oftobda quritilganda quyidagi miqdorda bedona kishmishi olinadi: 
M
b
= (P x k) : 100 = (50 x 26):100 = 13,0 t.
40 t Kattaqo‘rg‘on uzumi ochiq joyda quritilganda quyidagi miqdorda germion 
mayizi olinadi:
M
r
= (P x k) : 100 = (40 x 24)/100 = 9,6 t. 
2- topshiriq. 5 t soyaki, 3 t shig‘oniy va 2 t sabza olish uchun quritish talab 
etiladigan uzum xomashyosini hisoblang. Topshiriqni bajarish uchun quyidagi 
formuladan foydalaniladi: 
M
x
= (m:k) x 100, t 
Bu yerda, M
x
- talab etiladigan uzum xomashyosi miqdori, tonna; 
m - olinishi lozim bo‘lgan quritilgan mahsulot miqdori, tonna; 
k- ning qiymatini yuqoridagi jadvaldan olamiz, u holda 5 t soyaki tayyorlash 
uchun quyidagi miqdorda xomashyo talab etiladi, ya’ni: 
M
x
= (m : k) x 100 = (5 : 32 %) x 100 = 15,6 tonna, 
3 t shig‘oniy uchun: 
M
x
= (m : k) x 100 q (3 : 25 %) x 100 q 12 tonna,
2 t sabza olish uchun esa: 
M
x
= (m : k) x 100 = (2 : 32 %) x 100 = 6,25 tonna 
Ishlab chiqarishda tayyor mahsulotning vaznini xajmiy usulda topish ham 
qo‘llaniladi. Quritilgan uzumlarning xajm og‘irligi dastlabki ishlov berishsiz,quyoshda 
quritib olingan kishmishlarning tig‘izligini belgilashda ayniqsa, eng yaxshi ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Quritilgan uzumlarning xajm og‘irligi quyidagi tartibda aniqlanadi. 
Standart uslub bo‘yicha o‘lchov idishi quritilgan uzum bilan (shingilsiz) to‘ldiriladi, 


96 
so‘ngra tortiladi va mahsulotning sof og‘irligi topiladi. Og‘irlikni aniqlashda 
darajalangan keng bo‘g‘izli, 500 millilitrli Erlemeyer kolbasidan foydalaniladi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Quritilgan uzum mahsulotlari qanday turlarga bo‘linadi? 
2. Bedona qaysi uzum navidan olinadi? 
3. Germion mayizi qanday tartibda tayyorlanadi? 
4. Avlon mayizi qanday usul bilan olinadi? 
5. Uzumni quritishda tayyor mahsulotni chiqishi qanday hisoblanadi? 
6. Muayyan miqdorda tayyor mahsulot olish uchun talab etiladigan uzum 
 xomashyosi qanday topiladi? 
7. Quritilgan uzumni xajmiy massasi qanday aniqlanadi?

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling