1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)




1. KIRISH 
2. NAZARIY MATERIALLAR 
 
 
 
 
 
REJA 
1. Tokning rivojlanishi. 
2. Tokning o‘sishi va rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri. 
3. Tokning tuzilishi va rivojlanishi. 
4. Tok ko‘chatlarini o‘tqazish. 
 
Uzum gullari to‘pgul ko‘rinishida rivojlanib, ularning jamlamasi ro‘vakni (1)
(shingilni) tashkil etadi, ro‘vaklar esa o‘z navbatida o‘zaro bitta o‘q bandga tutashib 
sho‘ra (2)hosil bo‘ladi. Sho‘ra kelgusida rivojlanib, uzumboshga aylanadi. Aksariyat
tok navlarida to‘pgullar erkak va urg‘ochi gullarga ega bo‘lib, o‘zaro 
changlanaveradilar va changlanish jarayonida hasharotlar va shamol kabi tashqi 
omillarga katta talab tug‘ilmaydi.
zum to‘pgullarining
umumiy ko‘rinishi. 
1 – ro‘vak (shingil), 
2 – sho‘ra. 
Meva tugish deb gullarning mevalarga aylanishiga aytiladi. Ko‘p xollarda 
to‘pgulda joylashgan gullarning 20–30 foizigina rivojlanib, mevaga aylanadi. Uzum 
meva donasi g‘ujum deb yuritiladi, g‘ujumlar ham xuddi gullar kabi o‘zaro birikib 
shingillarni, shingillar esa uzum boshlarini hosil qiladi. 
Biofizik talablar–g‘ujum rivoji uchun eng qulay harorat darajasi 25ºC 
atrofidadir; haroratning bundan ortib yoki tushib ketishi g‘ujum o‘sish suratini 
1-mavzu. TOKZOR MAYDONINI TAYYORLASH, TUPROQQA 
ISHLOV BERISH VA TOK KO‘CHATLARINI O‘TQAZISH. 
 



pasaytiradi. Shuningdek, uzum boshi joylashgan hududga quyosh nuri tushish darajasi 
ham g‘ujum rivojida muhim ahamiyatga ega: yorug‘lik g‘ujum hujayralari bo‘linib 
rivojlanishini kuchaytiradi. 
Uzum tarkibiy qismining asosini tashkil qiluvchi shakar fotosintez natijasida 
barglarda hosil bo‘lib, so‘ngra g‘ujumlarga kelib to‘planadi. Tok rivojlanishi 
mavsumida ozuqa va suv etishmasligi fiziologik tartibsizlik keltirib chiqarishi va 
natijada fotosintez surati pasayishi mumkin, bu esa o‘z navbatida g‘ujumlarga 
uzatiladigan shakar va boshqa ozuqalar miqdorini kamaytirishi mumkin. 
Tokda uzumboshlar sonining haddan ziyod ko‘p bo‘lishi g‘ujum hajmini 
kichraytirib, tarkibiy sifatiga jiddiy zarar etkazishi mumkin. Bunga sabab, garchi 
barglarda fotosintez to‘laqonli kechsa ham, ularda hosil bo‘ladigan ozuqalar uzum-
boshlar uchun etarli bo‘lmaydi. 
O‘sish mavsumi davomida tokni suvsiz qoldirish g‘ujum hajmini kichraytiradi. 
G‘ujumlar ayniqsa gullashdan keyingi 2–3 hafta davomida ro‘y beradigan jadal
o‘sish davrida suvsizlikka ta’sirchan bo‘ladilar. 
Tok novdasining rivoji uning genotipi va tashqi muhitga, to‘g‘rirog‘i bu 
ikkisining o‘zaro uyg‘unlashiviga bog‘liq. Tashqi muhit tokning rivojlanishi va 
hosildorligiga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillardan iboratdir. Tok tanasi va 
novdalarining ozuqa so‘rishi, o‘sib rivojlanishi, moddalar almashinuvini amalga 
oshirishi, gul va meva hosil qilishi mobaynida bir qancha fizik hamda kimyoviy jara-
yonlar ro‘y beradi. Tok tanasining sog‘lom rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi eng 
asosiy jarayonlar parlanish (bug‘lanish), fotosintez, nafas olish, suv va ozuqa so‘rib 
olish, shuningdek, tananing bir qismidagi ozuqani ikkinchi qismiga etkazib berish 
(translokatsiya) kabilar kiradi. Tok novdasining o‘sib, rivojlanib hosilga kirishi uning 
kerakli bo‘lgan ozuqalar, uglevodlar, o‘sish gormonlari va suvni uyg‘unlikda birdek 
olayotganligining natijasidir.
O‘simliklar rivoji o‘ziga xos murakkab xodisa. O‘sish hujayralar bo‘linishi, 
cho‘zilishi, kengayishi hisobiga amalga oshadi. Tok tanasidagi qismlarning 
shakllanishi va novdalarning uzunasiga o‘sishi uchki meristema (hujayra va 
to‘qimalar ajratib chiqarish hisobiga o‘sishni ta’minlovchi o‘simlik to‘qimasi)da 
amalga oshadi. Tana, ildiz va novdalarning eniga o‘sib yo‘g‘onlashuvi sertomir 
kambiydan rivojlanadigan yangi to‘qimalar hisobiga ro‘y beradi. Tana ichkari qismida 
joylashgan hujayralar kattalashib ksilema, ya’ni yog‘och qismni tashkil qiluvchi
to‘qimalarga aylanadi. Tana tashqi tomonida joylashgan hujayralar esa kattalashib 
floema, ya’ni po‘stloq qismni tashkil qiluvchi to‘qimalarga aylanadi. Tok novdalari 
o‘z rivoji uchun zarur bo‘lgan quvvatni fotosintez jarayonida uglevodlarning 
oksidlanishi natijasida oladi. Bahorda kurtaklar yozilishi optimal darajada kechishi 
uchun tok novdalari qishki uyqu davrida o‘zlariga kerakli bo‘lgan sovuqlik miqdorini 
olishlari kerak. Toklar odatda erta bahorda kunlik o‘rtacha harorat 10°C atrofiga 
chiqishi bilan qishki uyqudan uyg‘ona boshlashadi. Kurtaklar yozilgandan so‘ng, tok 
novdalari bir oygacha haftasiga 25–30 sm gacha o‘sib rivojlanishi mumkin. Uzum 
g‘o‘ralarining dastlabki rivojlanish bosqichidan so‘ng o‘sish suratlari sustlasha 



boshlasada, etarlicha tuproq namligi va harorat ta’minlab turilganda tok novdalari 
rivojlanishdan to‘xtab qolmaydi.
Kurtak yozilishi va dastlabki novdalar rivoji uchun ozuqa quvvatni toklar ildiz 
va tanasiga yig‘ilgan uglevodlardan oladi.
Tok rivoji yil davomida bir nechta bosqichlardan o‘tadi. Bu bosqichlarni 
yaxshilab bilib olish tok parvarishi orqali sifatli, ko‘p hosil etishtirish uchun muhim
ahamiyatga ega. Tok rivoji o‘sish mavsumida ro‘y beradigan bir nechta mavsumiy 
o‘zgarishlar ketma-ketligidir.O‘sish mavsumi bahorda kurtaklar yozilishi bilan 
boshlanadi, so‘ngra tezkor o‘sish va tok yuqori qism rivojlanishi ro‘y beradi.
Kurtaklar yozilgandan so‘ng yosh novdalarda to‘p gullar paydo bo‘lib, uzum boshlar 
rivojlana boshlaydi. Uzum mevalarining etilishi yoz o‘rtalarida boshlanib, kuzda 
g‘arq pishishi bilan tugaydi. Toklarda xazonrezgi kech kuzda sodir bo‘ladi va birinchi 
sovuq tushishi bilan toklar qishki uyquga kiradi. 
Umuman olganda tokning bir yillik rivojini 3 turli jarayonning jamlamasi
sifatida ham tasvirlash mumkin: novdalarning o‘sish jarayoni, meva etilishi va 
kelgusi mavsum uchun kurtak hosil bo‘lishi. Tok yuqori qismida novdalar o‘sib
rivojlanishi bir mavsum davomida ro‘y bersa, kurtak hosil bo‘lishi va meva etishishi 
bir mavsumda boshlanib, ikkinchi mavsumda tugaydigan jarayondir. Birinchi 
mavsumda novda bo‘g‘imlaridan chiqqan karaxt kurtaklarda boshlang‘ich to‘p gullar 
paydo bo‘ladi va bu gullar keyingi mavsum boshida kurtaklardan ochilib, mevaga
aylanadilar. Bundan chiqadiki, tokda yetiladigan uzum boshlar miqdori va hajmi bir 
yil avvalgi mavsumda belgilab olinsa, uzum donalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishi 
esa ikkinchi mavsum davomida ro‘y beradi. 
Fotosintez o‘simliklar bargida yuz beradigan jarayondir. Bunda bargdagi 
xlorofil donachalarida karbonat angidrid va suv quyosh nuri ta’sirida o‘zaro
reaktsiyaga kirishib, o‘simlik rivoji uchun muhim bo‘lgan ozuqaviy energiya hosil 
bo‘ladi. O‘simliklar uchun shakar eng asosiy ozuqa bo‘lsada, fotosintez jarayonida 
boshqa uglevodlar, oqsil va yog‘lar ham hosil bo‘ladi. Shakar asosan saxaroza 
ko‘rinishida hosil bo‘lib, bir qancha o‘zgarishlarni boshidan kechiradi. Shakarning 
ma’lum bir qismi oksidlanib, tok novdalarining rivojlanishiga sarf bo‘ladi. Darhol sarf 
bo‘lib ulgurmagan qismi esa tok tanasi, ildizi, novdasi va mevalaridagi maxsus
to‘qimalarda yig‘ilib, glyukoza va fruktoza kabi uglevodlarga aylanadi. G‘arq pishib
etilgan uzum donalaridagi shakar moddasi aynan shu uglevodlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Shuningdek, shakar tok rivoji uchun eng asosiy ozuqa manbai kraxmalga ham aylanib 
saqlanishi mumkin. Shakarning ozuqa yig‘ishga va uglovodlar sinteziga sarf 
bo‘lgandan ortib qolgan qismi oqsil, yog‘ va boshqa moddalarga sintezlanishi 
mumkin.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling