1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

 
Sho‘ra va gul– sho‘ra o‘tgan yillarda o‘sgan novdalardagi hosil beradigan
kurtaklarda shakllanadi. O‘zbekiston sharoitida kurtaklarda sho‘ra boshlang‘ichi
taxminan mayning ikkinchi yarmida paydo bo‘la boshlaydi, bu tokning gullash 
paytiga to‘g‘ri keladi.
Sho‘ra odatda novdaning 3–7 bo‘g‘imlarida – barg to‘g‘risida joylashadi. U 
novdaning pastki tomoniga qanchalik yaqin bo‘lsa, novdada sho‘ralar shuncha ko‘p 
bo‘ladi.
Normal rivojlangan sho‘ra murakkab ro‘vak – shingildan iborat. Sho‘rada 
birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi tartib shoxchalari bo‘ladi. Sho‘raning katta-
kichikligi tok navlariga qarab har xil bo‘ladi. Uzum boshi mayda tok navlarida esa 
500–700 tagacha va undan ham ko‘proq gul bo‘ladi.
Ko‘pchilik tok navlarida gullar qo‘sh jinslidir. Ayrim (Nimrang, Katta-
qo‘rg‘on, Charos, Tavkveri va boshqa) navlarda faqat urg‘ochi gullar yaxshi 
rivojlanib, ular chetdan changla-nishni talab qiladi.
Uzum boshi, g‘ujumi va urug‘i. Uzum boshining yirikligi, tig‘izligi, shakli, 
undagi g‘ujumlarning soni tok turlariga, navlariga va qo‘llaniladigan agrotexnikaga 
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
G‘ujumlarining yirikligi ham tok navlariga va g‘ujumlaridagi urug‘ soniga 
bog‘liqdir. G‘ujumda odatda 1–3 tagacha urug‘ bo‘lishi mumkin. G‘ujumda urug‘ 
qancha ko‘p bo‘lsa u shunchalik yirik bo‘ladi.
Ma’lumki, kishmishbop uzum navlarida urug‘ bo‘lmay, uning o‘rniga yaxshi 
rivojlanmagan rudiment (rivojlanmaydigan urug‘)lar bo‘ladi. Kishmishbop uzumlar 
navlariga qarab har bir rudimentning vazni 6 mgdan 14 mg gacha bo‘lishi mumkin.
Tok ochish muddatlari – Toklarni o‘z vaqtida ochish, zang va madang
novdalarni ehtiyotkorlik bilan simbag‘azlarga bog‘lash toklardan yuqori hosil 
etishtirishda katta ahamiyatga ega. Chunki hosilga kirgan toklar erta ochilsa, ularni 
sovuq urib ketishi xavfi tug‘iladi, kech ochilganda novdalardagi kurtaklar haddan
tashqari o‘sib ketib, tok ochishda ularning ko‘p qismi sinib ketishi va ezilib
qattiq shikastlanishi mumkin. Bu esa hosilning kamayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqqa ko‘milgan toklar ochilgandan keyin erda qoldirilmasdan tezda
ishkom, so‘ri va simbag‘azlarga ko‘tarilishi lozim. Ma’lumki, sovuq havo pastda 
to‘planadi va u tok kurtaklariga zarar etkazishi yoki tuproq beti quyosh nuri ta’sirida
qizib, kurtaklarning yozilishini tezlashtirib, ularning sovuqqa chidamsizligini 



oshirishi mumkin. Toklar qiyalikroq, tuproqda nam yaxshi saqlanadigan erlarga 
ekilsa, ular bahor sovuqlaridan kam zararlanadi. 
Umuman toklarni novdalarda kurtak bo‘rtmasdan ochish tavsiya qilinadi.
Kurtaklarning bo‘rtish muddati tut daraxti kurtaklarining bo‘rtish paytiga to‘g‘ri
keladi, zero, xo‘jaliklarda tok ochishni tut daraxtida kurtaklarning bo‘r-tishiga qarab
boshlasa ham bo‘ladi. Tajribali sohibkorlarning aytishicha, tut daraxtining barglari 
“sichqon quloq” bo‘lganda tok ochish ayni qulay payt hisoblanadi. Bu davrda 
tuproqning yuzaroq qatlamida temperatura 10–12

ga etadi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling