1. kirish nazariy materiallar reja


Tokning tuzilishi va rivojlanishi


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Tokning tuzilishi va rivojlanishi 
Vinobop tok navlari xo‘raki tok navlariga nisbatan sovuqqa ancha chidamli 
bo‘ladi. Vinobop toklarni sovuq urib ketganda ham u qayta ko‘klab bachki novdalar 
chiqaradi va u kuzgacha yaxshi parvarish qilinsa normal yetiladi.
 
Tokning tanasi. 
Tinim davrida yotgan kurtaklardan chiqqan novdalar surx yoki bachki novdalar 
deyiladi. Ular bir yillik boshqa novdalarga nisbatan yo‘g‘onroq bo‘lishi bilan farq 
qiladi.
Yosh o‘suvchi novdalar yashil, o‘tsimon va mo‘rt bo‘ladi. Suv bilan yaxshi 
ta’minlangan yerlarda bu novda bir tomonga egilib turadi, o‘sishdan qolgandan
keyin esa uchi to‘g‘rilanib qoladi.
Sho‘ra yoki uzum boshlari hosil novdalarida pastdan hisoblanganda odatda 
uchinchi, oltinchi bo‘g‘imda barglar qarshisida joylashadi. Sho‘radan yuqori
bo‘g‘imlarda jingalak o‘sib chiqadi. Hosilsiz novdalarda u ikkinchi va uchinchi 
bo‘g‘imdan boshlab o‘sadi. Har bir novdada tok novdalariga va ularning 
hosildorligiga qarab o‘rtacha 1 tadan to 2–3 tagacha va hatto undan ham ko‘proq 
jingalak bo‘lishi mumkin.
Jingalaklar tokning chirmashish organi hisoblanadi. Tok mana shu jingalaklar 
yordamida daraxt yoki boshqa tirgaklarga chirmashib, yuqoriga qarab o‘sadi. 
Jingalaklar biror tirgak yoki daraxtga yaqinlashmasa, keyinchalik ular ko‘k holida 



asta-sekin tushib ketadi. 
Barg. Barg bandning uzunligi va barg shapalog‘ining shakli tok navlariga
qarab har xil bo‘ladi. Tok bargi ko‘pincha 3 yoki 5 panjali bo‘lib, har bir panja 
o‘rtasida o‘yiqlar bo‘ladi. Barg sathi silliq, burishgan, qavargan, tirishgan, tukli yoki
tuksizdir. Barg shapalog‘ining orqa tomoni ko‘pincha tuklar bilan qoplangan 
bo‘ladi.
O‘simlikda suv asosan barglar orqali bug‘lanadi, bu esa o‘simlik tanasida 
temperaturaning bir oz pasayishiga olib keladi va uning haddan tashqari qizib 
ketishdan saqlaydi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling