1. kirish nazariy materiallar reja
-mavzu. YOSH VA HOSILLI TOKZORLARNI PARVARISHLASH
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOSILLI TOKZORLARNI PARVARISHLASH
- O‘stiruvchi moddalarda foydalanish
2-mavzu. YOSH VA HOSILLI TOKZORLARNI PARVARISHLASH.
12 kirgan tokzorlar kabi parvarish qilinadi. Agar dastlabki ikki yilda tokzorda ayrim tuplar qurigan bo‘lsa, ularning o‘rniga shu navdan kuchli ko‘chatlar o‘tqaziladi. Uchinchi yildan boshlab (kuchli tuplarda ikkinchi yildan) nobud bo‘lgan tuplar asosan parxish qilish yo‘li bilan tiklanadi. Bunda onalik tupdagi sog‘lom, pishgan bir yillik novda olinib, qator bo‘ylab 50–60 sm chuqurlikda kovlangan chuqurga yotqiziladi. Chuqurga yotqizilgan novdaning uchi kerakli joyda tuproq yuzasiga chiqariladi, qolgan qismi esa ko‘chat o‘tqazilgandagi kabi tuproq bilan ko‘miladi. Tuproq yuzasiga chiqqan novda ikki-uchta ko‘zcha qoldirib kesiladi va qoziqqa bog‘lanadi. Ikki-uch yildan keyin parxish onalik tupdan ajratiladi. Yaxshi rivojlangan o‘simlikdan parxish yotqizish uchun iyul-sentyabr oylari qulay joylashgan, yetarli uzunlikka ega ko‘k novdalardan qoldiriladi. Barglari uzib tashlangan ko‘k novdalar yerga pishgan novdalar kabi yotqiziladi. HOSILLI TOKZORLARNI PARVARISHLASH Tokning ba’zi navlari – Kattaqo‘rg‘on, Nimrang, Charos va boshqalarning guli urg‘ochi tipda bo‘ladi. Mo‘l hosil olish uchun tokni yaxshi oziqlantirish bilan bir qatorda sun’iy changlantirish ham zarur. Ana shunda gullari yaxshi urug‘lanadi. “Oq kishmish”, “Qora kishmish”, “Pushti toyfi”, “Husayni” kabi changlatuvchi navlar bo‘lishi tavsiya etiladi. O‘stiruvchi moddalarda foydalanish – uzumning urug‘-siz navlari hosilini oshirish maqsadida gibberellindan foydalanish tavsiya etiladi. Gibberellin ta’sirida mevalar 2–2,5 marta yiriklashadi va natijada hosildorlik 50–70% ortadi. To‘pgullarning gullash davrida yoki gullab bo‘lgandan 3–5 kundan keyin ishlov beriladi. Ishlov beriladigan eritma kontsentratsiyasi 100mg/l, ya’ni 10 litr suvga 1 g modda hisobida olinadi. Tokka ertalab barvaqt yoki kechqurun, ya’ni eritma kam bug‘lanadigan vaqtda ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Eritma faqat guliga purkaladi. Gibberellin ishlatilganda, hosilning ortishi tokning oziq moddalarni ko‘p sarflashiga bog‘liq. Shuning uchun, gibberellin ishlatilganda tokni qo‘shimcha oziqlantirish, sug‘orish, yuqori agrotexnikada parvarish qilish kerak, ana shunda kelgusi yili hosil yaxshi bo‘ladi. Tabiiy sharoitdan to‘liq foydalanish va har bir maydondan yuqori hosil olish uchun toklarni parvarishlashni mexanizatsiyalashda toklarni o‘stirishning turli tizimlari qo‘llaniladi. Bunda o‘sish sharoiti, xususiyati va mahsulotdan qaysi maqsadda foydalanish hisobga olinadi. O‘sish kuchi turlicha bo‘lgan texnik navlarni, o‘rtacha o‘sadigan kishmish va xo‘raki, shuningdek, lalmi yerlarda o‘stiriladigan toklarni tik simbag‘azda, kuchli o‘suvchi, xo‘raki va kishmish navlarni qayirma simbag‘azda o‘stirish kerak. O‘stirish tizimiga ko‘ra tok tuplarini shakllantirish uchun ko‘chat o‘tqazilgandan so‘ng ikkinchi yili ustun o‘rnatilishi zarur. Temir-beton ustunlar uzoq xizmat qiladi va iqtisodiy jihatdan foydalidir. Yog‘och ustunlarni akatsiyadan yasash maqsadga muvofiq bo‘lib, ularni temir-beton asosga o‘rnatish zarur, bu ularning mustahkamligini oshiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling