1. kirish nazariy materiallar reja
Tokning o‘sishi va rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Tokning o‘sishi va rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri–Tokda
kechadigan fotosintez suratiga u joylashgan tashqi muhit xususan, yorug‘lik, havo harorati, karbonat angidrid kontsentratsiyasi va namlik darajasi kabi tashqi omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Aynan shu tashqi omillardan kelib chiqib, tok parvarishi yo‘lga qo‘yiladi. 4 Yorug‘lik tok va boshqa o‘simliklarning o‘sishi uchun muhim faktorlardan biri hisoblanadi. Yorug‘lik barcha o‘simliklarda fotosintez uchun eng muhim ishtirokchidir ya’ni bargda organik moddalar paydo bo‘lishida ahamiyati kattadir. Tok barglarida fotosintez surati barg yuzasiga tushayotgan yorug‘lik kuchayishi bilan oshib boradi. Yorug‘lik kuchi ma’lum bir darajadan oshgandan keyin u fotosintez suratiga ortiq ta’sir ko‘rsatmay qo‘yadi. Bu yorug‘likka to‘yinish nuqtasi (darajasi) deb yuritiladi. Ba’zi bir barglarda yorug‘likka to‘yinish sodir bo‘lsada, butun boshli tok hech qachon quyosh nuriga to‘yinmaydi. Buning sababi quyosh nuri tokning barcha barglariga birdek etib bormaydi, quyi qismida joylashgan barglar yuqori qism soyasida qolib ketadi. Yuqori qismi zich o‘sib ketgan toklarda barglarning bir-birini o‘zaro to‘sib, salqin qilib qo‘yishi jiddiy holatdir, chunki barg o‘z spektridagi 90% yorug‘likni yutishi mumkin. Tokning yuqori qismida zich joylashgan barglar yorug‘likni quyi qismga o‘tishiga to‘sqinlik qilibgina qolmasdan, yorug‘lik uchun o‘zaro kurashishlari ham mumkin. Tok quyi qismi odatda kerakli yorug‘lik miqdorini ololmaydi. Tok yuqori qismidagi barglar miqdori kun vaqti, tok rivoji bosqichi va ko‘tarish usuliga (simbag‘az, ishkom, ikki tomonlama simbag‘az, so‘ri kabilarga chirmashtirib o‘stirish) qarab umumiy tok barglarining 20% dan 40% gacha qismini tashkil qilishi mumkin. Bu degani 60–80% barg soyada qolib ketishi mumkin. Tokda fotosintez jarayoni orqali hosil bo‘ladigan uglevodlarning 70% yuqori qism tashqi tomonida yorug‘likka yaxshi yuzlanib joylashgan barglardan keladi, qolgan 30% esa soyada joylashgan barglarda hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham, tokning barcha qismlariga, ayniqsa, quyi qismlariga ham yorug‘lik yaxshi etib borishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Yorug‘likda tok novdalari tez o‘sadi, rivojlanadi va kech kuzga kelganda chiniqib pishadi. U10–15°li sovuqqa bardosh bera oladi. Quyosh nuri yaxshi tushmaydigan soya yerlarda g‘ovlab ketadi, barglari noziklashib o‘sadi va uzum boshlari maydalashib, g‘ujumlari rangsiz va kamshakar bo‘lib yetiladi. Soya salqinda o‘sgan toklarda O‘rta Osiyo sharoitida ko‘pincha oidium kasalligi uchraydi. Aksincha, tok shox-shabbalariga ertayu kech quyosh nuri tushib tursa, tuproqda nam etarli bo‘lsa, tok novdalari kuchli o‘sadi, barglar ham yaxshi shakllanadi, bir yillik novda bo‘g‘imlaridan kurtaklar chiqadi va kelgusida bunday toklar mo‘l va sifatli hosil beradi. Tok juda soyada qolganda barglari sarg‘ayadi, gul va g‘ujumlariga uglevodlar yetarlicha kelib turmaganligidan ularning ko‘pchiligi to‘kilib ketadi. Toshloq va yer osti suvi yuza joylashgan uchastkalarda tok ildizi yerlarning pastki chuqur qatlamlariga emas, balki yer osti yuza qatlamlarida yoyilib o‘sadi. Yer osti suvi yuza joylashgan yerlarda kuchli o‘sadigan tok novdalari ko‘pincha g‘ovlab ketadi. O‘rtacha sutkalik temperatura 10° bo‘lganda tok kurtaklari bo‘rta boshlaydi, temperatura 11–12° bo‘lganda esa kurtaklar barg yozadi. Shu sababli 10° temperatura tokning o‘sishi uchun biologik nol qabul qilingan. Kuzda o‘rtacha sutkalik 5 temperatura 10° gacha pasayganda tokning o‘suv davri tugallanadi, barglar to‘kila boshlaydi. Shunga ko‘ra tokning o‘sishi va hosil berishi uchun 10° va undan yuqori harorat aktiv hisoblanadi. Temperatura 28–30° bo‘lganda novdalar zo‘r berib o‘sadi, 40° dan yuqori temperatura tokka yomon ta’sir qiladi, ya’ni o‘sishi sustlashadi. Tok tanasida shira harakati mart oyining o‘rtalaridan boshlanadi. Tokning ertagi, o‘rtagi va kechki bo‘lishidan qat’iy nazar kurtaklar aprel oyining boshlaridan bo‘rta boshlaydi. Tok may oyining ikkinchi yarmidan boshlab gulga kiradi va bu ikki hafta ichida butunlay tugaydi. Gullashdan to hosil etilguncha bo‘lgan muddat tok navlariga bog‘liqdir. Harorat ham tok barglaridagi fotosintez jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi: harorat ta’sirida fotosintez jarayoni uchun muhim bo‘lgan barg hujayralaridagi fermentli reaktsiyalar surati oshadi. Tok bargidagi fotosintez uchun eng yaxshi harorat 25°C va 30°C daraja orasida. Bundan quyi yoki yuqori harorat darajasi fotosintez suratini kamaytiradi. Barg harorati 10°C darajaga tushib ketishi barglarda fotosintez to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi, 40°C darajaga ko‘tarilib ketishi esa fotosintez samarodorligini 25–40% ga kamaytiradi. Yuqori darajadagi harorat toklarda suvsizlanish ro‘y berishiga olib keladi, natijada barglardagi gazlar almashinuvini ta’minlaydigan teshikchalar yopilib qoladi, chunki bu teshikchalarni tokdagi suv nazorat qilib turadi. Gazlar almashinuvi esa fotosintezning ajralmas qismidir. Shundan xulosa qilish mumkinki, suv tanqisligi fotosintez suratining tushib ketishiga olib keladi. Shakl berish, uni ma’lum bir usulda o‘stirish, qatorlar yo‘nalishini belgilash, yuqori qismini nazorat qilish, mineral o‘g‘itlar solish, sug‘orish va suv tarkibiy sifati kabi tok parvarishiga oid yumushlar tokdagi fotosintez jarayoniga katta ta’sir ko‘rsata oladi. Sharq va g‘arb yo‘nalishida qatorlangan tokzorlar shimol va janub yo‘nalishida qatorlangan tokzorlarga qaraganda kamroq quyosh nurini oladi. Sharq va shimol yo‘nalishida qatorlangan toklarning janubiy qismi ertalab va kech tushki soatlarda kamroq yorug‘lik yutsa, shimoliy qismi deyarli butun kunni salqinda o‘tkazishi ham mumkin. Toklarning yuqori qismi oladigan yorug‘lik miqdori birinchi o‘rinda ularga qanday usulida shakl berilganligiga bog‘liq. Ko‘p tokzorlarda yorug‘likning tok ichki qismiga etib borishiga ahamiyat berilmaydi, bu esa fotosintez jarayoniga jiddiy zarar yetkazadi. Fotosintez jarayonini ishga tushiruvchi nurning 80– 90% tok yuqori qismidagi barglar tomonidan so‘rib olinadi, qolgan qismi esa tok ichkari qismiga o‘tadi, yoki yuqori qismdagi barglarga urilib orqaga qaytadi. Toklarning samarali yorug‘lik olishi uchun yuqori qismini baland va yoyib o‘stirish usullari ishlab chiqilgan. Tik simbag‘azlarga ko‘tarilgan toklar ishkom, so‘ri, ikki yoqlama simbag‘az usulida ko‘tarilgan toklarga qaraganda kamroq yorug‘lik oladilar: bunda yuqori yoyilgan qismda joylashgan barglar ko‘proq yorug‘lik yutish imkoniga ega bo‘ladi. Tok rivoji va hosildorligida mineral o‘g‘itlar muhim ahamiyatga ega. Azot va magniy moddalari xlorofill molekulasining ajralmas qismlarini tashkil qiladi. Shuningdek, azot moddasi ferment oqsillar tarkibiga ham kirib, aynan shu ferment 6 oqsillar fotosintez jarayoni davomida quyosh energiyasini kimyoviy energiyaga, karbonat angidridni esa uglevodlarga aylantirishda ishtirok etadilar. Temir moddasi xlorofillni sintezlash jarayoni uchun talab qilinadi. Kaliy va rux moddalari birgalikda fermentlarni faollashtirish uchun kerak bo‘ladi, bu moddalarning yetish-masligidan hujayralardagi moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga olib keladi. Tokni sug‘orish uning ildizidan tortib yuqori shoxlari rivojigacha birdek muhim ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga uzumzor mikroklimatiga ham ta’siri bor. Tok yetarlicha barglar bilan qoplanishi uchun u o‘ziga kerakli suv miqdorini olishi lozim. Sug‘orish jarayonida suv tarkibiy sifatiga ham etibor berish kerak. Tok novdalari yuqori sho‘rlik darajasiga ancha ta’sirchan hisoblanadi. Tuproq yoki suv tarkibida tuzning ko‘p bo‘lishi osmotik bosimni vujudga keltirib, ildizlar tuproqdan so‘rib olgan suvni tanaga chiqarib bera olmaydilar. O‘simliklar suv tarkibiy kontsentratsiyasini o‘z tanalarining barcha qismlarida birdek ushlab turish xususiyatiga ega. Shuning uchun sho‘rlik darajasi yuqori bo‘lgan suvni tok yuqoriga tortib ololmagach, ildizdagi suv kontsentratsiyasini pasaytirish uchun tok novdalaridagi suvni so‘rib olib, ildizga yuborishi mumkin. Buning ta’sirida esa tok yuqori qismi rivojlanish uchun eng asosiy omillardan biri suvni yo‘qotib, novdalar bujmayib qoladi. Suv tarkibida ion holatida uchraydigan natriy va xlorid moddalari miqdorining ham me’yordan ortib ketishi tokni quritib qo‘yishi mumkin. Umuman olganda, aksariyat o‘simliklar uchun suv tarkibidagi tuzlarning oshib ketishi o‘sish suratini pasaytirib, hosil miqdorini kamaytiradi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling