1. kirish nazariy materiallar reja
TOKZOR MAYDONINI TAYYORLASH, TUPROQQA ISHLOV
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
TOKZOR MAYDONINI TAYYORLASH, TUPROQQA ISHLOV
BERISH VA TOK KO‘CHATLARINI O‘TQAZISH Tokzor barpo etishdan oldin maydonni tanlash, toshlardan tozalash kerak. Mexanizmlar ishlashi va tokzorlarni sug‘orishda yaxshi sharoit yaratish uchun notekis maydonlar tekislanadi. Yerni tayyorlash bo‘yicha ishlar buldozer, skreper, greyder va boshqa meliorativ mexanizmlar yordamida o‘tkaziladi. Yer osti suvi qanchalik yuza bo‘lsa, tok shunchalik g‘ovlab o‘sadi, novdalari g‘ovak, sovuqqa chidamsiz va kamhosil bo‘ladi. Agar tokzor barpo qilishda bir marta xatoga yo‘l qo‘yilsa, demak 50–60 yilgacha tok kamhosil beradi, bu esa katta zarar keltiradi. Sizot suvlar yuza joylashgan sho‘rxok yerlarda ular sathini pasaytirish uchun vertikal yoki gorizontal zovurlar quriladi. Kuchli sho‘rlangan yerlar dastlab yaxshilab yuviladi. Yonbag‘irning tikligi 10 o dan ortiq bo‘lgan tog‘li hududlar terraser, buldozer, greyderlar bilan terrasalanadi. Terrasalarning kengligi kamida 4 metr bo‘lishi kerak. Agar yon-bag‘irning tikligi 10 o dan kam bo‘lsa, u xolda toklar kontur usulda o‘tqaziladi. Barcha tayyorgarlik ishlari tugallanganidan keyin tuproqqa ishlov beriladi. Tokzorlar mahsuldor bo‘lishi uchun birinchi navbatda tok ildizlarining rivojlanishi uchun optimal sharoit – yaxshi suv-havo va ozuqa rejimini yaratish zarur. Buning uchun ko‘chat o‘tqazishdan oldin tokzor barpo etiladigan maydon 50–60sm chuqurlikda tuproq qatlamini to‘liq ag‘darib haydaladi. Bu ishlar T–4 yoki T–100 traktori bilan agregatlanadigan PPN–50 plantaj plugi vositasida bajariladi. Tuproq yaxshi yumshashi va ustki unumdor qatlam ko‘milishi uchun tok ildiz rivojlanish hududida erni chimqirqar yordamida 50–60 sm chuqurlikda haydash zarur. Chuqur haydashdan oldin unumsiz tuproqlarga gektarig 20–30tonnadan organik o‘g‘itlar yoki hosilga kirgan tokzorlarga solinadigan asosiy o‘g‘itlar miqdoridan ikki marotaba ko‘proq fosforli va kaliyli o‘g‘itlar solish maqsadga muvofiqdir. Qo‘riq va bo‘z yerlarga tok o‘tqazishdan oldin o‘g‘it solmasa ham bo‘ladi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling