1. Kirish O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobilyati 3
Download 1.19 Mb.
|
Mustaqimova Marjona (2)
Mavzu:Tasviriy sanat darslarida O’zbekiston tarixiy obidalarini tarixiy talqin etish yo’llari. Reja:
1. Kirish 2. O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobilyati 3. Tasviriy san’at o’qitish metodikalari haqida 4. Tasviriy sanat darslarida O’zbekiston tarixiy obidalarini tarixiy talqin etish yo’llari 5. Haykaltaroshlik 6. Xulosa Kirish.
Qay biri salbiy yoki ijobiy ta`sir ko`rsatadi? Inson yoki hayvonlarning ranglari orqali ular salomatligini aniqlasa bo`ladimi?». Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan arboblari muayyan darajada ilmiytadqiqot ishlarini, tajribalarni o`tkazib kelishmoqda. Hozirda , hatto ba`zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy laboratoriyalar bu borada samarali faoliyat ko`rsatib kelishmoqda. Bu o`rinda Yaponiyaning Tokio shahridagi dunyoga mashhur rang institutini ta`kidlash mumkin. Yirik olimlar tomonidan rang tufayli ramziy ma`noda «so`zlashish», ranglar vositasida insonlarni davolash, tarbiyalash, ranglar jilg`asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali insonlarning ichki dunyosini anglash, shuningdek, ranglarning qishloq xo`jaligi unumdorligini oshirishda, iqtisodda va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi mavqeyi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ma`lumki, ta`lim tizimida rangshunos fani o`rgatiladi. Lekin, hozirgi zamon talabiga javob beradigan darslik o`quv-qo`llanma, elektron versiya vaboshqalar yetarli emas. Rangshunoslik fanining o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan. Ajdodlarimizni amaliy san`at turlaridan qoldirgan ma`naviy merosiga murojaat qilsak, qanday buyum yoki bezak bo`lmasin, ular shakl, rang va hajmga ega. Masalan, o`sha bezakning rangi inson psixikasiga turlicha ta`sir etadi, bu ranglar o`ziga xos ramziy ma`noga hamda shifobaxsh xosiyatga ega bo`ladi. Shunday ekan amaliy san`atning bo`lajak usta - muallimi rangshunoslik fanini chuqur va atroflicha bilishi zarur. Milliy raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun pedagogika universitetlarida yangi standartlar va o`quv ranglari asosida dasturlar tuzildi. Dasturlar asosida darsliklar yozilmoqda. Mazkur darslik ham pedagogika universitetlarining «Amaliy san`at» bakalavr yo`nalishdagi «Rangshunoslik» fani dasturi asosida yozilgan. Darslik shu yo`nalishdagi talabalar uchun mo`ljallangan. Har bir mavzu uchun fotosuratlar, chizmalar, amaliy mashqlar, terminlar va adabiyotlar berilgan. Rangshunoslik fanini yaxshiroq o`rganish maqsadida boshqa fanlar yordamida tushuntirishga harakat qilindi. Bu fan fizika, kimyo, psixologiya, falsafa, mantiq, tarix, matematika, fiziologiya, tibbiyot, estetika, etika kabi fanlar bilan chambarchas bog`langandir. Darslikni yozishda akademiklar V.S.Kuzin va M.Nabiyev, olim va tajribali metodistlar X.Egamov, B.Azimova, N.Tursunaliyevlarning yozgan adabiyotlaridan ijodiy foydalanildi. Metodika ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchining o`quvchilar bilan ishlash usullarining mazniun xususiyatlarini qarab chiqadi. Ma`lumki, o`qitish jarayonida xilma-xil metodlar qo`llaniladi. Bu yerda ta`lim usuli, o`quv materiallarini joylashishi (o`quv reja, dastur), ta`lim prinsiplari va o`quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. Metodika so`zi, avvalo, ta`lim va tarbiyaning samarali usullarini majmui ma`nosiga aytiladi. «Metod» grekcha so`z bo`lib, «tadqiqot yo`li», «bilish usuli» ma`nosini anglatadi. Pedagogikada o`qitish metodlari deganda, umumiy o`rta maktab, o`rta maxsus kasb-hunar kolleji o`quvchilarining bilim, malaka va ko`nikmalarni egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o`qituvchilarning qo`llagan ish usullari tushuniladi. Amaliy metodika esa ta`lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o`rganadi. Pedagogik mahorat, ko`nikmalarni o`rganish va uni egallashga qaratilgan ma`lum iste`dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (moyilliklar) mavjud bo`lishini talab etadi, chunki tasviriy san`at pedagogikaning mashaqqatli va murakkab hamda mas`uliyatli sohasidir. O`qitish san`ati amaliy mashg`ulotlar mobaynida, uzoq ijodiy mehnat orqali egallanadi. Demak, tasviriy san`at o`qitish metodikasi pedagogika ilmining ta`lim va tarbiyaning maqsad va vazifalariga tayangan holda samarali o`quv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yo`llarini tadqiq etuvchi sohasidir. San’at insonni ma’naviy qiyofasini shakllantiradigan, unga hayotiy kuch bera oladigan buyuk ne’mat. Dunyoni go‘zallik qutqaradi, go‘zallik esa ijod, san’at mahsuli. Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusning asosiy yo‘nalishidan biri yoshlar o‘rtasida aynan san’atni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda yoshlarni san’at turlariga qiziqishini oshirish, ular orasidan iqtidorlilarini saralash, iste’dodlarni yuzaga chiqarish muhim vazifamizga aylandi. Andijon davlat universitetining san’at yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talaba yoshlarni mahoratini oshirish maqsadida mashxur rassom va amaliy san’at ustalari bilan ularning ustaxonalarida uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil qilinishi ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning uzviy davomi bo‘lmoqda. Xususan, bugun universitetning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Rangtasvir yo‘nalishlari talabalari Shuxrat medali sohibi Abdullajon Jo‘raboev ustaxonasiga tashrif buyurdilar. Talabalar ustaning ijodiy ishlari bilan tanishib, undan tasviriy san’atning eng nozik jihatlari bo‘yicha maslahatlar oldilar. Uchrashuvda rassom o‘zining san’at asarlarini, gilamga rasm bosish kabi noyob san’at yo‘nalishidagi ishlarini tushuntirib berdi. Abdullajon Jo‘raboev Andijon rassomlar uyushmasi a’zosi, amaliy san’at va miniatyurachi rassom, Shuhrat medali sohibi. U 1946 yil 1 iyulda Andijon shahrining ziyoli oilalaridan birida tavallud topgan. 1970 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini a’lo baholarga tamomlagan. Rassom tasviriy san’atning turli usullarida ijod qilib, umri davomida o‘zi uchun yangi yo‘nalishlarni kashf etib bordi. Abdullajon Jo‘raboev O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib gobilen – gilamlarga rasm solish sohasida faoliyat olib bordi va rivojlantirdi. Ulug‘ yoshiga qaramay Abdullajon Jo‘raboev ijodiy izlanishlar qizg‘inligiga to‘la, u o‘zining avvalgi badiiy usullarini rivojlantirib, yangi texnologiyalar bilan ishlay boshladi. Landshaft dizayni yo‘nalishida ham o‘z imkoniyatini sinab, bu yo‘nalishda ham o‘z imzosini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yo‘nalishda milliylikni aks ettiruvchi detallarni qo‘sha oldi. Iste’dodli rassom chizgan asarlari Toshkent xalq amaliy san’at muzeyida, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida, Andijondagi Bobur nomidagi muzeyda, bir qancha chet mamlakatlarida, jumladan, Yaponiya tasviriy san’at galereya muzeyida, Bolgariya va AQShning bir qator muzeylarida saqlanadi. Abdullajon Jo‘raboev 1980 yilda Moskva shahrida o‘tkazilgan VDNX (Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi)da tashkil etilgan rassomlar ko‘rgazmasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 1993 yilda Xalqaro Bobur mukofotini qo‘lga kiritgan. 2003 yilda esa uning tasviriy san’atni rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Tarixiy janrlarga murojaat qilgan san’atkor ishlarini tomosha qilar ekansiz, bevosita o‘sha davr ruhini his qilasiz, o‘sha davrga tushib qolganday bo‘lasiz. Ranglar uyg‘unligi, shakllarning betakrorligi sizni o‘ziga rom etadi. Rassomda uning buyuk avlodlari singari yuksaklikka, qandaydir o‘ziga xos ilohiylikka, uyg‘unlikka intilishi, dramatik tuyg‘ularni his etishga loqayd emasligini sezish mumkin. Axir haqiqiy rassom sifatida u zamonaviy dunyo muammolariga befarq emas va o‘z yangi loyihalari orqali insoniyatning shafqatsizligi va loqaydligi, dunyoda sodir bo‘layotgn urushlar va nohaqliklarga o‘z javobini berishga intiladi. Uning ayniqsa, gobilen san’atiga oid asarlari juda rang-barang, o‘ziga xos. Bu usul mamlakatimizda kamyob usullardan hisoblanib, o‘zining sermashaqqatliligi va o‘z navbatida san’at shaydolariga o‘ziga xos zavq berishi bilan ajralib turadi. Rassom ustaxonasidagi shu kabi san’at asarlarini ko‘rarkansan, beixtiyor ularni inson qo‘li bilan tayyorlanganiga ishonging kelmaydi. Gilamlarda ranglarning turfa xil jilolanishi, undagi syujetning ma’nodorligi, falsafiy fikrlarni ifodalashi bilan o‘ziga tortadi. “Men o‘zimni judayam baxtli deb bilaman, zero men boshqalar his qila olmaydigan tuyg‘ularni his eta olaman. Bu nafaqat umuminsoniy muammolar, bu yana dunyomizdagi barcha go‘zalliklar: muhabbat, yahshilik, rahmdillik. Men – rassomman va men ko‘p hodisa hamda jarayonlarni chuqur va o‘tkir his etaman. Men bularning barchasini o‘zimdan o‘tkazaman va bu menga ijod qilish uchun turtki beradi, – deydi Abdullajon Jo‘raboev. Uchrashuvning ikkinchi qismi Andijon davlat universitetida davom etdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan aloxida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga ijodiy imtihonlar orqali talabalarni qabul qilinishining joriy etilishi sohaning taraqqiyoti uchun katta qadam bo‘ldi deyishimiz mumkin. Andijon davlat universitetida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishiga qo‘shimcha ravishda 2019/2020 o‘quv yilida yangi Rangtasvir: dastgohli hamda Amaliy san’at yo‘nalishlari ochilgan bo‘lib, hozirda 40 dan ortiq talabalar ushbu yo‘nalishlarda tahsil olmoqdalar. Bu yo‘nalishdagi talabalarga darslarni sifatli tashkil etish maqsadida taniqli rassom va amaliy san’at ustalari taklif etildi. Abdullajon Jo‘raboev ham universitet talabalariga o‘zining mahorat darslarini tashkil etib kelmoqda. Rassom bugun talabalarga gobilen - gilamga rasm solishning eng nozik jihatlarini, o‘rganuvchilar uchun dastlabki ko‘nikmalarni berdi. U talabalarni rasmlardagi turli falsafiy mushohadalarga, rassomning olamdagi tutgan o‘rni haqidagi fikrlarga, sir va mazmunlarni anglashga o‘rganishi lozim ekanini tushuntirdi. Yana bir ahamiyatli tomoni yosh o‘qituvchilar va talabalar ustozlaridan olgan bilim va ko‘nikmalarini maktab yoshidagi mahalliy yoshlarga bepul o‘rgatmoqdalar ya’ni ustozdan olib o‘z shogirdlariga bermoqdalar. MFY raisining bildirishicha universitetning ushbu yo‘nalishlari MFY hududida joylashgan binoga kelganidan buyon mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish imkoniyati oshgan. Mahalla yoshlari maktabdan keyin universitetda tashkil etilgan bepul to‘garaklarga kelib o‘qituvchilar va iqtidorli talabalardan musiqa va tasviriy san’at sirlarini o‘rganmoqdalar. Bu ayni prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning amaliy ifodasidir. 1.O`qitish mеtodikasi dеganda ta`lim va tarbiyani maqsadga muvofiq amalga oshirishning eng samarali yul va uslublar yig`indisi tushuniladi. Mashg`ulotnimеtodik jihatdan tug`ri tashkil etish esa o`qituvchining o`z oldiga quygan maqsadiga xam bog`liq. Shu bilan birga qisqa va oddiy yo`llar bilan, oddiydanmurakkabga borish printsipida ma`lum kеtma-kеtlikda erishish nazarda tutiladi.Boshqacharoq, qilib aytganda, o`qitish mеtodikasi to`g`ri tanlanganda o`quvchilar ko`zda tutilgan o`quv matеrialini puxta o`zlashtiradilar va ularda o`zlashtirishdarajasi bir qadar yuqori bo`ladi.Mеtodika so`zining uzi ikki xil bo`ladi: ular umumiy va xususiy m еtodika hisoblanadi.Umumiy mеtodika maktabda olib boriladigan barcha ta`lim-tarbiya ishlariga, xususiy mеtodika esa u yoki bu o`quv prеdmеtiga nisbatan qo`llaniladi.Mеtodika, ko`pincha pеdagogika, psixologiya va san`atshunoslik, estеtika sohasidagi nazariy xulosalarga tayanib ish ko`radi.Pedagogik nazariyada uch xil mеtod bo`lib, asosan nutqiy, namoyish etish va amaliy ishdan iboratdir. Bu mеtodlar o`z o`rnida mayda mеtodlarga ham bo`linadi. Masalan, nutqiy mеtod hikoya qilish, tushuntirish, suhbat, kitob bilanishlash v.b. shu kabi mеtodlardan tashkil topadi.Ko`rgazmali mеtod esa kuzatish, namoyish etish kabilardan, amaliy ish esa mashq, rasm ishlash, ijodiy ish, uyin kabi metodlarga bo`linadi. O`qituvchilar faoliyatida «uslub» dеgan suz ham ishlatiladi. «O`qitish uslubi» dеb biz o`qitish mеtodlarining ayrim qirralarini tushunamiz. «O`qitish uslublaridan» o`qitish mеtodi tashkil topadi. Masalan, «namoyish etish» mеtoda asosida o`qituvchi mashg`uloto`tkazganda, u ekranga san`at asarining tasvirini tеxnika vositasi orqali tushiradi.Bu jarayonda o`qituvchi suratdagi biron shaklni yirik qilib ko`rsatishi usul hisoblanadi. Shu o`rinda ekrandagi surat tasviri yuzasidan savol-javob o`tkazilganda ham bu yuqoridagi usulning davomi hisoblanadi.O`qituvchi o`qitish mеtodlariga asoslanib ish yuritganda u rangshunoslik,pеrspеktiva, yorug` soya, kompozitsiya qonunlari va ularning xususiyatlaridankеlib chiqadi. Shuni hisobga olish lozimki, tasviriy san`atning u yoki bu turining nazariy asoslarini o`rgatganda yoki tasviriy san`atning u yoki bu faoliyat turinio`qitganda o`qituvchi bir xil mеtodlardan foydalanishi mumkin emas. O`qitish mеtodikasining tarixi juda uzoqlarga ya`ni kishilar qachon bir birlariga rasm chizishni o`rgata boshlagan paytlariga borib taqaladi. U kishilik jamiyatining taraqqiyoti davrida takomillashib borgan, davr o`tishi bilan o`qituvchilar, olimlar uning yangidan-yangi qirralarini ochganlar va u mutaxassislar orasida tarqalgan.Shuni xam kayd qilish lozimki, shakllangan har bir mеtod shaklan bir xilbulsa-da, uni bir o`qituvchi, ikkinchi o`qituvchidan o`rganib, shundayligicha qullayvеrmaydi. Uni xar bir o`qituvchi o`z maktabidagi moddiy-tеxnikaviy shartsharoitlar, bolalarning bilim va malakalarining saviyasi, dars mavzusi uning o`ziga xos xususiyatlari va boshqa shu kabilarni hisobga olishi lozim. Shunga ko`raboshka o`qituvchi qullayottan va yaxshi samara bеrayotgan bir mеtod boshqa o`qituvchi faoliyatida yaxshi natija bеrmasligi ham mumkin. Shuning uchun qo`llashga muljallangan har bir mеtod pеdagogik faoliyat davomida tajriba-sinovdan o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Sinov bir marta emas, bir nеcha marta o`tkazilishi lozim bo`ladi. Chunki, bir sinfga muljallangan bir mеtodika boshqa vaqtda yuqorida qayd qilinganid еk, sharoitga qarab boshqasinfda boshqacha natija bеrishi mumkin. Tanlangan va qullanib kеlinayotgan har bir mеtod shaklan o`zgarmay qolsa ham, mazmunan o`zgarishi ham mumkin. O`qituvchining to`xtovsiz izlanishlari, tajribalari asosida uning yangidan-yangi qirralari ochilavеradi. Mutaxassislar orasida tasviriy san`atni o`qitish mеtodlariga turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh mutaxassislar o`qitish m еtodlari yagona tizim,yagona talablarga javob bеrishi lozim dеb hisoblaydilar. Ularning fikrlarigaqaraganda, har bir mеtod jamiyat taraqqiyoti davomida shakllanib bo`lgan, unio`zgartirmasdan shundayligicha qo`llash lozim. Boshqa guruh mutaxassislariningfikrlariga qaraganda o`qitish mеtodining asosini har bir o`qituvchining shaxsiy ishtajribasi tashkil etishi kеrak. Bizningcha, masalaga bunday yondoshish to`g`riemas. Ta`lim-tarbiya sohasida o`qitish mеtodlari qotib qolmaydi, u doimo taraqqiyegadi. Bunda O`qituvchining tajribasi albatta, katta rol o`ynaydi. Shunday ekan,pеdagogik amaliyotda sinfdagi shart-sharoitlarni hisobga olib, shakllanga mеtodika asosida xam, o`qituvchining shaxsiy tajribasi asosidan ham foydalanavеrish lozim. O`qituvchi o`qitish mеtodikasini ish jarayonida o`z -o`zidanegallayvеrmaydi. U ish jarayonida izlanishi, sinov ishlarini o`tkazishi, ko`p adabiyotlar o`qishi, ilg`or tajribalarni o`rganishi hamda ulardan tеgishli xulosalarchiqarishi asosida paydo bo`ladi. Shuningdеk, u jamiyat taraqqiyoti davridashakllangan o`qitish mеtodlarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil etishi va unizamon ruxiga moslashtirgan holda qayta ishlashi asosida namoyon bo`ladi.XVII-XIX asrlarda umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`atni o`qitish mеtodlarini takomillashtirishda chеt el pеdagoglaridan Jon Lokk, Jan Jak Russo. Iogani Gеnrix Pеstalotstsi, Pеtеr Shmidt, A.Sapojnikov, G.Gippius,N.Kramskoylar katta xissa qo`shgan bo`lsalar, XX asrda rus pеdagog-olimlaridanЕ.S.Kondaxchan, G.B.Labunskaya, N.N.Rostovts еv, V.S.Kuzin, Е.Е. Rojkovalar,O`zbеkistonda tasviriy san`atni o`qitish mеtodikasini oyoqqa turgazishda rassompеdagoglardan M.Nabiеv, B.Oripov, Q.Qosimov, B. Azimovalarning xizmatlari katta bo`ldi.Talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish muammosi ta'lim-tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi. «Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, awalo, o'sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh ni-holga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog'bondek noziklik va mehr bilan oqilona amalga oshirish lozim* 1 . Talabalar ongi va qalbiga milliy. istiqlol g'oyasini singdirish ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi fanlarning vazifasi bo'lib qolmasdan, balki o'rta maxsus kasb-hunar kolleji barcha o'quv fanlarining vazifasisanaladi. Bu boradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar keng ko'lamda olib borilib, ta'lim-tarbiya jarayo-nining barcha jabhalarida asosiy o'rinni egallashi lozim. Xususan,tasviriy san'atni o'qitilishida bu vazifa talabalarda Vatan tuyg'usini shakllantirish — Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr-muhabbat uyg'otish; o'lkamiz boyliklarini asrab-avaylab, tabiatdagi o'simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to'g'rimunosabatni tarkib topti-rish, ularning ekologik madaniyatni yuksaltirishdaniborat.«Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz — jamiya-timiz a'zolarini, awalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish,ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir. 2. Har bir davlatda xalqining o’tmishi va ulug’vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa oladi, o’z davlatining tarixidan faxrlanadi va g’urur tuyg’usini his etadi. Dunyoda inson qo’li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o’z jozibasini yo’qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko’plab uchraydi. Ammo har birining alohida o’rni, nufuzi va ahamiyati bor. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go’zallikka intilib kelgan. Mana shu hislatlari orqali mohir qo’llari bilan aqlga sig’dirib bo’lmas darajadagi yangiliklarni yaratdi. Ular qatoridan fan yutuqlari, san’at sohasidagi ishlar va albatta me’morchilik joy oladi. Inson bugungi kun bilangina yashab moziyga nazar solmas ekan o’tmishi va an’analarini unutib qo’yadi. O’z tarixini bilmagan xalqning esa kelajagi yo’qdir. Qadimgi Misr tarixiga nazar tashlasak, ular o’z rivojlanishi davomida asriy an’ana va qadriyatlariga sodiq qolib, chetdan kirgan yangiliklarni o’z an’analariga moslab keraklilarinigina qabul qilganlar. Qurilish, fan, tabobat sohalarida ham qadriyatlariga sodiq qolganlar. Vatanimiz hududida ham o’tmishdan sado beruvchi ko’plab tarixiy me’moriy obidalar bizgacha yetib kelgan. Ular mahobati, o’ziga xos me’moriy uslubi va did bilan ishlangan naqshlari orqali nafaqat ichki sayyohlarni, balki xorijiy san’atsevarlarni ham jalb etmoqda. Ushbu obidalarni ziyorat qilish yosh avlod qalbida ham g’urur, ham iftixor tuyg’usini uyg’otadi. Vatanining o’tmishidan faxrlangan inson esa o’z oldiga ajdodlarga munosib avlod bo’lishni maqsad qilib oladi. Qadimda yaratilgan har bir tarixiy obida bizni kechagi kun bilan chambarchas holda bog’lab turadi va ana shu davr nafasini his etishimizga ko’maklashadi. Inson ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi kuchlar qatorida tarixiy obidalar o’rni alohida ta’kidlanayotgani bejiz emas. Bunday binolar inson qo’l mehnati, nozik didi va betakror g’oyalari mahsulidir. Inson omili esa bugungi kungacha jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholab kelinadi. Tarixda bunday loyihalarni qudratli davlatlargina mablag’ bilan taminlay olgan xolos. Sohibqiron Amir Temur aytganlaridek: “Kuch-qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan binolarga boq”. Bu jumlaning o’zi ham ulug’ davlatchilik tariximizni bizga eslatib turadi. Tarixiy obidalarga tashrif buyurgan inson xuddi o’tmishga, sehrli diyorga tushib qolgandek his qiladi o’zini va ana shu davr hayot tarzi ko’z oldida gavdalanadi. Tarixiy obidalar barpo etilishida ishlatilgan zarra qumdan tortib, mislsiz darajada betakror naqshlar va zarhal bezaklargacha bo’lgan barcha unsurlar go’yo tilga kirib ana shu davr haqida tashrif buyuruvchiga so’zlab bergandek tuyuladi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq tarixiy obidalarga bo’lgan e’tiborning yuqori darajada bo’lishi ham ularning kelajak avlod uchun nechog’lik ahamiyatli ekanligidan nishonadir. Yoshlarni ushbu obidalarning har bir qismini mukammal o’rganishi va qalban his etishiga imkon yaratish borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning talabalarning o’qish yili davomida amaliyot soatlarini oshirishga doir qarorlari ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’yicha tahsil olayotgan yoshlar uchun katta imkoniyatlar darvozasini ochib berdi. Bunday obidalarni ko’rish orqali har kim ma’naviy ozuqa oladi, shu bilan birga ruhan tetiklashadi. Birgina Samarqand misolida olib qarasak, u yerni “Sayqali ro’yi zamin” deb atalishi bejiz emas. Bu hududda Sherdor, Tillakori, Ulug’bek, Bibixonim madrasalari va ko’plab boshqa tarixiy binolar joylashgan. Ularning har biri takrorlanmas go’zallikka ega. Shu xususiyatlar orqali Registon maydoni butun dunyo xalqlarini o’ziga jalb etib kelmoqda. Ushbu maydonda joylashgan Tillakori madrasasi tarixiga nazar tashlasak, madrasa 1646-1660-yillar davomida qurib bitkazilgan bo’lib, qurilish ishlariga Samarqand hokimi Bahodir Yalangto’sh homiylik qilgan. Madrasa karvonsaroy asosi ustiga qurilgan. Dastlab “Yalangto’shbiy kichik madrasasi” deb nomlangan. Madrasa qurilishida yana boshqa bir maskan qurishga yetadigan miqdordagi mablag’ ishlatilgani uchun “ Tillakori” deb yuritila boshlangan. Madrasa aql bovar qilmas darajada serhashamligi bilan boshqalaridan ajrab turadi. Har bir peshtoq chuqur ravoqli qilib ishlangan va o’z navbatida bu katta mehnat va mahorat talab etgan. Qurilishda eng mohir pardozchilar, me’morlar ishtirok etgan. Yana bir ajib tomoni xonaqoh to’riga marmardan jimjimadar mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. Bino ravoqida marmarga pardoz ishlari 1659-1660-yillar tugatilgani o’yib yozilgan. Birgina pardoz ishi bunday uzoq vaqat talab qilganligi ham madrasa yuqori did bilan bezatilganining isbotidir. Tashrif buyuruvchini birinchi navbatda zarhal va ko’zni qamashtiruvchi bezakli naqshlar o’ziga rom etadi. Koshinlarning rangi esa takrorlanmas darajada go’zaldir, tadqiqotlar davomida ham bunga o’xshash rang yarata olinmadi. Baland gumbazlaridagi koshinlari feruza rangda bo’lib, o’ziga xos ulug’vorlik kasb etgan. Har bir bezak takrorlanmasligi va uyg’unligi bilan inson ko’zini qamashtiradi. Bezak mavzularining boyligi, naqshlarning haddan tashqari xilma-xilligi va bo’rtma yozuvlarning jozibasi boshqa hech bir binoda takrorlanmaydi. Mehrobdagi o’yma kosachalar zarhallanib Qur’oni Karim oyatlaridan olingan yozuvlar orqali bo’rtma shaklda to’ldirilgan. Madrasaning eshiklaridan tortib ravoqlarigacha alohida did va e’tibor bilan bezatilgan. Har bir eshik murakkab naqsh va xattotlik uslubidagi yozuvlar bilan pardozlangan. Hali obida ichiga kirmasdanoq inson ko’zi zarhal bezaklardan qamasha boshlaydi. Hovli sahni 50x50 metr bo’lib, hammayoq noyob marmarlar bilan qoplangan. Hujralar tobadoniga panjaralar ishlangan. Har bir hujra yoz kunlari salqin, qishda esa iliq bo’lgan. Madrasani ko’rgan insonning me’mor mahoratiga tan bermasdan iloji yo’q. Yurtimizdagi ertaknamo shahar hisoblanmish Ko’hna Xivada ham ko’plab o’tmish ulug’vorligidan sado beruvchi obidalar mavjud. Ulardan biri Kalta Minordir. Minora yurtimizdagi barcha binolardan sir-sinoati, jozibasi, asl holda saqlanganligi va hashamdorligi bilan ajralib turadi. Minora 1853-yildan bunyod etila boshlagan va oxiriga yetkazilmagan. Shunday bo’lsa ham hanuz tarixnavislarni jalb etmoqda. Tashrif buyuruvchini lol qoldiruvchi jihatlardan biri poydevorning 15 metr chuqurlikda joylashganligidir. Minora balandligi 29 metr. Agarda oxirigacha qurilganda 100 metrni tashkil etgan bo’lardi. Minoraga quyosh nurlari to’liq tushadi. Shunga qaramasdan birorta bezakning tovlanish xususiyati yo’qolmagan. Quyosh tik chiqqan payt naqshlar nuri ko’zni qamashtiradi. Bino mustahkam bo’lishi uchun pastdan yuqoriga qarab torayib borgan. Har bir qarich joy takrorlanmas, nafis geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Nomlanishi esa uning konussimon ko’rinishiga qarab belgilangan. Inson ko’ziga juda ham bahaybat va salobatli bo’lib ko’rinadi. Minoraga yog’och zinalar orqali 2-qavatdan kiriladi. Bezash jarayonida ishlatilgan ranglar tarkibi hanuz sirligicha qolmoqda. Zukko pardozchilarning hech bir ishi qayta takrorlanmagan. Hududda shunday muhit yaratilganki, u yerga kirgach, barcha narsani unutib o’tmish zarvaraqlari uzra hayol sura boshlaysiz. Insonni lol qoldiruvchi jihatlardan yana biri, ayrim binolarda butun boshli bir xona devor ichiga o’yib ishlangan tokchlarga qo’yilgan sham orqali isitilgan. Hatto Xorazmdagi Juma masjidda imomning so’zlari devor teshiklari orqali butun hududga tiniq holda yetib borgan. Hududlarda yerdan zax ko’tarilmasligi uchun inshoot hovlisiga tut daraxti ekilgan. Bularning bari o’sha davr me’morlarining zakovati, uzoqni ko’ra olishi va o’z kasbining fidoiysi ekanligini isbotlaydi. Turli vositalarning sinoati hanuz topilmagani esa har bir bino qurilishidagi ishlar qayta takrorlanmaganligi va kasb siridan dalolat. Har bir hududda o’zgacha me’morchilik uslubi bor. Vodiy ham bundan mustasno emas. Har bir tarixiy obida singari Qo’qon shahrining ramzi hisoblangan Xudoyorxon o’rdasi ham maxsus jihatlari bilan boshqalaridan keskin farq qiladi. Inshoot XIX asr 2-yarmida Xudoyorxon farmoniga asosan me’mor Mir Ubaydulla rahbarligida bunyod etilgan. Koshinlarni rishtonlik mohir usta Abdulla mahorat bilan ishlagan. Bino tepalikda baland g’ishtin poydevor bilan qurilgan. O’ziga xos tomonlaridan biri u yerda 100 ga yqain katta-kichik xonalari borligidadir. Markazda xon qarorgohi, salommxona joylashgan. Ikkinchi hovlida haram bo’lib, har birida nozik did bilan bezatilgan o’tish ayvonlari bo’lgan. Quyma ganchdan ko’p foydalanilgan. O’rda devorlari pishiq g’ishtdan ko’tarilgan bo’lib, ko’plab ravoqlar qoldirilgan. Obida ustalik bilan handasiy naqshlar va parchinlar bilan pardozlangan. Har bir xona o’yma ganchkori qilinib, shiftlarga nafis va rangdor gullar ishlangan. Devorlar noyob va takrorlanmas naqshlar bilan ziynatlangan. Ayvonlar sahniga qimmatbaho marmarlar mohirlik bilan yotqizilgan. Tashrif buyurgan inson dabdaba va shohonalik og’ushida o’zini bir lahza xon deb his etadi. Vatanimiz hududida bularga o’xshash yuzlab obidalar mavjud. Agarda yoshlarni bu qadamjolarga olib borilsa, ular naqadar buyuk yurt farzandlari va dono insonlarning avlodlari ekanligini yana bir bor anglab yetadi. Bunday obidalar nafaqat o’sha davr uchun, balki hozirgi davr uchun xizmat ko’rsatib kelmoqda. Ularning bugungi kundagi o’rni yurtimizga sayyohlarni jalb etayotgani va butun dunyoga O’zbekiston nomini tanitayotgani bilan baholanadi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling