1. kirish o‘zbekiston tuproqlarining klassifikatsiyasi Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlari
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning kimyoviy tarkibi
Download 109.08 Kb.
|
TAYYOR 20-MAVZU KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Qumli cho‘l tuproqlari
- Qumli cho‘l tuproqlar tarkibidagi chirindi, azot, fosfor va kaliyning miqdori
- Tuproqlarni singdiri sig‘imi va singdirish kompleksi
- Taqirsimon tuproqlar Taqirsimon tuproqlar – umumlashtirilgan ibora bo‘lib, taqirli tuproqlar va haqiqiy taqirlarni o‘z ichiga oladi. Taqirli tuproqlar.
- Taqirli tuproqlar tarkibidagi chirindi, azot, fosfor va kaliyning miqdori
- Qoraqalpog‘iston Tungizsirt darasi
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning kimyoviy tarkibi
5.Qumli cho‘l tuproqlari Qumli cho‘l tuproqlari chuqur o‘rganilishi lozim bo‘lgan tuproq tiplaridan biridir. Granulometrik tarkibi asosan qum va ba’zi hollarda mayin qumloqdan iborat. Bu hol tuproq hosil qiluvchi ona jinsning asosan eol qum yotqiziqlari va qisman engil allyuviydan iboratligi bilan bevosita bog‘liqdir. Hosil bo‘lish shart sharoitlari va xossalari qumli cho‘l tuproqlarini mustaqil tuproq tipi sifatida tavsiflash imkonini beradi. Qumli cho‘l tuproqlarining bir-biridan sezilarli farq qiladigan ikkita kichik tipchaga – haqiqiy qumli cho‘l tuproqlari va o‘tloqi qumli cho‘l tuproqlariga bo‘linadi. Ikkinchi tuproq xili sizot suvlarining sezilar sezilmas ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Qumli cho‘l tuproqlarining yuzasi bir necha santimetrli oquvchan qumdan iborat. Bu tuproq tipi bir qator ijobiy fizikaviy va suv- fizikaviy xossalarga ega bo‘lganligi sababli o‘simlik massasi boshqa cho‘l mintaqasi tuproqlariga nisbatan ko‘proq (1,5 t/ga gacha ) to‘planadi. Haqiqiy qumli cho‘l tuproqlarining tarkibida gumus miqdori 0,2-0,7 foizni tashkil qilib, tarkibi fulvatlardan iboratdir. SHunga mos ravishda umumiy azotning miqdori ham ancha kam 0,007-0,05%. Umumiy fosforning miqdori 0,04-0,12% ni, umumiy kaliy esa 1,45-2,41% ni tashkil qiladi. Harakatchan fosfor bilan juda kam darajada (bir kilogramm tuproqda 30 milligramgacha) va almashinuvchan kaliy bilan esa o‘rtacha darajada (bir kilogramm tuproqda 300 milligramgacha) ta’minlangan. Mazkur tuproqqa oid ayrim agrokimyoviy ko‘rsatkichlar 9-jadvalda keltirilgan. 9-jadval Qumli cho‘l tuproqlar tarkibidagi chirindi, azot, fosfor va kaliyning miqdori
Tarkibida gumus va kalloid zarrachalarining miqdori kam bo‘lganligi sababli qumli cho‘l tuproqlarining umumiy singdirish sig‘imi juda kichik. Singdirish kompleksining 90% dan ortiqrog‘ini kalsiy va magniy tashkil qiladi. Qolgan qismi kaliyning hissasiga to‘g‘ri keladi. Natriy ham kam miqdorda uchraydi. Mazkur tuproqqa oid ayrim agrokimyoviy ko‘rsatkichlar 10-jadvalda keltirilgan. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar va qumli cho‘l tuproqlari katta katta maydonlarni egallagan bo‘lib, Respublikamiz dexqonchiligi uchun zahira maydonlar hisoblanadi. 10-jadval Tuproqlarni singdiri sig‘imi va singdirish kompleksi
Keyingi Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlarida mazkur tuproqlarni o‘zlashtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda. Ulardan dexqonchilikda yanada keng foydalanish uchun ko‘p miqdorda organik o‘g‘itlar solish, mexanikaviy tarkibini bir muncha og‘irroq qilish uchun kolmataj tadbiridan foydalanish va sideratlarni ekish maqsadga muvofiqdir. Taqirsimon tuproqlar Taqirsimon tuproqlar – umumlashtirilgan ibora bo‘lib, taqirli tuproqlar va haqiqiy taqirlarni o‘z ichiga oladi. Taqirli tuproqlar. Taqirli tuproqlar cho‘l mintaqasining qadimiy allyuvial va prolyuvial tekisliklarida eng kam tarqalgan elyuvial tuproq yaralmalaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda ular ko‘proq – Amudaryo va Qashqadaryo daryolarining quyi qismlarida tarqalgan. Mexanikaviy tarkibi bo‘yicha taqir tuproqlar og‘ir tuproqlar jumlasiga kirib, mayda ilsimon zarrachalarga boy, tarkibida yirik changsimon zarrachalar ham ko‘p miqdorda uchraydi. Taqirli tuproqlar respublikamiz dexqonchiligida katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida keng tarqalgan taqirli tuproqlarda mo‘l-ko‘l paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari etishtirilmoqda. Taqirli tuproqlarning yuzasi 1-2 sm li qatqaloqdan iborat bo‘lib, uning ostida 9-13 sm qalinlikdagi tangachasimon strukturali qatlam joylashadi. Uning ostida kam o‘zgargan elyuviy qatlam mavjuddir. Mazkur tuproqlarda agrotexnik tadbirlar natijasida qatqaloqli qatlamcha yo‘qoladi va qatlamlar aralashib bir jinsli nisbatan zichroq sur tusli palag‘sasimon tuzilishga ega bo‘lgan haydalma qatlam yuziga keladi. Taqirli tuproqlar tarkibidagi gumusning miqdori 0,91-1,24% gacha etadi, bu cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir. 11-jadval Taqirli tuproqlar tarkibidagi chirindi, azot, fosfor va kaliyning miqdori
Download 109.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling