1. kirish o‘zbekiston tuproqlarining klassifikatsiyasi Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlari
Download 109.08 Kb.
|
TAYYOR 20-MAVZU KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Cho‘l mintaqasining introzonal tuproqlari
Taqirlar cho‘l mintaqasining to‘rtinchi tipik tuproqlaridir. Taqirlar cho‘lning ajoyib tuproqlari bo‘lib, ular kichik-kichik maydonlar shaklida yirik qum oralig‘idagi past tekisliklar, daryo deltalari atrofidagi toshqin suvlari unda-munda yoyiladigan maydonlar, qadimgi allyuvial tekisliklarning pastqam erlarida tarqalgandir. Taqir tuproqlarda oliy o‘simliklar o‘smaydi, beti qalin va palaxsa-palaxsa yoriqlar bilan qoplangan qatqaloqlidir. Usti juda tekis va yalang.
Oddiy taqir tuproqlarning sirti 2-3 sm li zich, lekin juda g‘ovak qatqaloq bilan qoplangan. Qatqaloq ostida och qo‘ng‘ir rang, sochilib turuvchi, mayda baliq tangalarisimon strukturali, qatma-qat joylashgan qatlam bo‘lib, uning qalinligi 8-13 sm keladi. Bu qatlamda tuz dog‘lari va kristallari uchraydi. Bu qatlam sekin-asta qo‘ng‘ir tusli, zichlashgan va vertikal yoriqchalari bo‘lagi sertuz qatlamga, u ham o‘z navbatida juda sezilarsiz tuproq hosil qiluvchi allyuvial yotqiziqlarga o‘tadi. Taqir tuproqlarning umumiy qalinligi 25-35 sm dan oshmaydi. Taqirlarning fizik xossalari yomon, biologik faolligi sust, sho‘rhoklangan va sho‘rtoblashgan bo‘lganliklari uchun dehqonchilikda yaroqsiz hisoblanadi, lekin bu tuproqlarni ham o‘zlashtirish mumkin, masalan kolemataj usuli bilan. 4.Cho‘l mintaqasining introzonal tuproqlari Cho‘llarda yuqorida bayon qilingan sur tusli qo‘ng‘ir, taqirsimon, taqir va qum tuproqlaridan tashqari boshqa zonalarda ham uchrashi mumkin bo‘lgan introzonal tuproqlar ham bor. Bularga o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi, allyuvial o‘tloqi, allyuvial botqoqli o‘tloq va sho‘rxok tuproqlar kiradi. Cho‘l mintaqasining o‘tloqi tuproqlari atmosfera yog‘in-sochin suvlaridan tashqari qo‘shimcha chuchuk sizot suvlari bilan namlanadigan pastki daryo deltalari, shuningdek, ba’zi tog‘ osti past tekisliklarining etaklarida paydo bo‘ladi. Cho‘l mintaqasining o‘tloqi tuproqlari dasht va tog‘ zonalarida paydo bo‘luvchi o‘tloqi tuproqlardan gumus miqdorining ozligi, o‘ta serkarbonatligi, turg‘un kuchsiz ishqoriy muhiti bilan farq qiladi. Bu tuproqlarda chirindi qatlamining qalinligi 40 sm gacha etadi, gumus miqdori esa 1-2 % dir. Chirindi qatlamining rangi sur tusli bo‘lib, unchalik mustahkam bo‘lmagan donador strukturali. Chirindi osti qatlamida sernamlik alomatlari, jumladan ko‘kimtir tomir zangidan hosil bo‘lgan sarg‘ish-qizg‘ish dog‘larni, sizot suvning chuqurligiga qarab darajada gillanish kabilarni yaqqol ko‘rish mumkin. Deyarli hamma o‘tloqi tuproqlar turli darajada sho‘rtoblashgan bo‘lib, kuchsiz sho‘rlanganlari (umumiy tuzlarning miqdori 0,3-0,5%) qatorida kuchli sho‘rlangan (1,5-2 %) tuproqlar ham uchraydi. Allyuvial-o‘tloqi va allyuvial-botqoqli o‘tloqi tuproqlar (to‘qay-tuproqlari) daryo pillapoyalarining vaqti-vaqtida toshqin suvlari bosadigan erlarida paydo bo‘ladi. Toshqin suvlari bir tomondan bu erlarning yuvilib ketishiga sabab bo‘lsa, ikkinchidan suv bilan keltirilgan loyqa va qum bu erlarga cho‘kib, tuproq yuzasini qalinlashtiradi. Bu tuproqlar toshqin suvlari qaytganda ham sizot suvlaridan doimiy namlanib turadi. Bulardan tashqari cho‘l mintaqasida sho‘rhoklar ham ko‘p tarqalgan bo‘lib, o‘ziga xos joylarni egallaydi. Bu tuproqlar kuchli darajada sho‘rlangan bo‘lib, tuzining eng ko‘p miqdori tuproq yuzasida to‘plangandir. Sho‘rxok tuproqlarda umumiy tuzlarning miqdori 3-4% dan 10-15% gacha etadi (yuqori qatlamlarida). Bunday sho‘rlanishda faqatgina sho‘rlikka moslashgan sho‘ra o‘tlari o‘sa olishi mumkin, ba’zida bular ham chiday olmaydi va tuproq yuzasi faqat tuz qatloqlari bilan qoplanadi. Download 109.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling