1. kirish o‘zbekiston tuproqlarining klassifikatsiyasi Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlari


Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlari


Download 109.08 Kb.
bet3/12
Sana16.06.2023
Hajmi109.08 Kb.
#1488475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TAYYOR 20-MAVZU KURS ISHI

3. Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlari
Cho‘l mintaqasida paydo bo‘luvchi tuproqlarning hususiyatiga juda qattiq ta’sir qiluvchi omil uning iqlimidir.
Cho‘l mintaqasidagi yillik yog‘in miqdori 100 mm dan oz, o‘rtacha yillik harorat +15S, +18S, iyul oyining o‘rtacha harorati +26S, +Z0S, yanvar oyining o‘rtacha harorati -4S, -19S bo‘lib, maksimum yog‘in-sochin qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Cho‘llarda -10S dan yuqori bo‘lgan haroratning yig‘indisi 4000S va hattoki 4200S ga etadi, vegetatsiya davri 200 kundan ziyodroqdir. Xullas, yog‘in miqdorining juda ozligi iqlimning keskin kontinentalligi, o‘rtacha yillik haroratning yuqoriligi va nihoyat vegetatsiya davrida ikki gidrotermik fazalarning (birinchidan, nisbatan nam, iliq, lekin juda qisqa bahor va ikkinchidan quruq, juda issiq davomli yoz fasllari) bo‘lishi, bundan tashqari qish oylarida ham o‘zoq muddatli sovuqlarning bo‘lmasligi cho‘l mintaqasi iqlimining asosiy ko‘rsatkichlaridir.
Cho‘l mintaqasining tuproqlari asosan to‘rt xil yotqiziqlarda paydo bo‘lgandir. Bularga birinchidan, turli davrlarda paydo bo‘lib, qatlam-qatlam joylashgan qumli loy allyuvial yotqiziqlari; ikkinchidan, turli darajada o‘simliklar bilan qoplangan va shamol ta’sirida qaytadan yotqizilgan qumlar; uchinchidan, tarkibida ohak toshlarining qo‘shilmasi bo‘lgan karbonatli changsimon soz va qumsoz allyuvial yotqiziqlar va nihoyat to‘rtinchidan, ifuziv tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan illyuvial soz yotqiziqlari kiradi.
Cho‘l mintaqasining asosiy o‘simliklari chuqur ildizli ko‘p yillik sho‘ra butalar, ildizi unchalik chuqurga ketmaydigan yarim butalar va ildizi asosan tuproqning ustki qatlamida tarqalgan, shu bilan birga kuz va bahorgi namgarchilikka moslashgan bir yillik sho‘ra o‘tlar, efemerlar efemeroidlardan tashkil topgan. Bularning ichida ko‘chkinchi qumlarning ustini qoplash bilan birga qimmatbaho ozuqlik vazifasini o‘tovchi qiyoq o‘simliklar katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari cho‘l mintaqasida shuvoq juda ko‘p tarqalgandir.
Cho‘l mintaqasi tuproqlarininig chirindisi juda oz (0,5-1%) singdirish sig‘imi kichik (100 gramm tuproqqa 8-10 mg/ekv) singdirish kompleksi kalsiy va magniy kationlari bilan to‘yingan bo‘lib, tuproqlari sirtidanoq yuqori karbonatlidir.
Keltirilgan hususiyatlar cho‘l mintaqasida paydo bo‘luvchi avtomorf tuproqlarning hammasiga ham umumiy bo‘lsada, lekin ifodalanishi har qaysi tuproq tipida turlichadir.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, cho‘l mintaqasida to‘rt xil avtomorf tuproq tiplari ajratilgan. Bularga qisqacha to‘xtalib o‘tish joizdir.

Download 109.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling