1. Kirish Sun’iy antitelalar olish bosqichlari. Immunizatsiya. Qo‘shilish, tanlash va ko‘paytirish


-rasm. Antitanalarning struktur ko’rinishi. Immun sistemasining xatosini to‘g‘rilab organizmga o‘z vaqtida yordam berish mumkinmi?


Download 393.68 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi393.68 Kb.
#1554997
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ilhomiddin. Nanobiotexnologiya

1-rasm. Antitanalarning struktur ko’rinishi.
Immun sistemasining xatosini to‘g‘rilab organizmga o‘z vaqtida yordam berish mumkinmi? Olimlar ko‘p yillar mobaynida bu savolga javob berishga harakat qilib keldilar. Faqat 1975 yilda sun’iy antitanalar yaratildi va u immun sistemasini xatolarini qisman bo‘lsada yumshatish imkonini berdi. O‘sha yili bir xil yoki monoklonal antitanalar yaratish usuli yaratildi. Bu yangiliklari uchun 1984 yilda Milshteyn, Kyoler va Ernelar fiziologiya va meditsina bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar.
Olimlar yaratgan usuldan foydalanib, sun’iy antitanalarni qanday olish mumkin? Hozirgi vaqtda odamni immun sistemasi uchun dorivor preparatlar sichqonlarni antitanalaridan ishlab chiqariladi.
Antitana olish jarayoni 4 bosqichda amalga oshiriladi:
Immunizatsiya. Antigen (nishon-molekula) laboratoriya sichqonlariga yuboriladi. Sichqon immun sistemasining B-limfositlari, mana shu antigenni tanib oluvchi va uni bloklab qo‘yuvchi antitana ishlab chiqaradi (2-rasm).


2-rasm. Antitana olish jarayoni 1-bosqichining sxemasi
Qo‘shilish, tanlash va ko‘paytirish. Sichqonni antitana ishlab chiqaruvchi B-limfotsiti (havo rang) to‘xtovsiz bo‘lina oladigan mielomani xatarli shish hujayrasi bilan yopishadi (limon rangda), natijada “gibridoma” (binafsha rang) to‘xtovsiz bo‘linib turadigan va antitana ishlab chiqaradigan, o‘lmaydigan hujayra hosil qiladi (3-rasm).

3-rasm. Antitana olish jarayoni 2-bosqichining sxemasi
Antitanalarni olinishi. Hujayra kulturasi (gibridoma) antitana ajratadi. Keyin ular tozalanadi va tekshiriladi. Antitanani muhim qismi ularni komplementarligini belgilovchi uchastka hisoblanadi (4-rasm).

4-rasm. Gibridoma ishlab chiqqan antitana


U o‘ziga xos komplementar bo‘lgan antigen uchastkasini tanib olishini ta’minlaydi va u bilan aloqaga kiradi. Shu bilan antitana antigenni zararsizlantiradi.
Gumanizatsiya. Gen injenerlari, sichqonni antitana polipeptidini kodlovchi genini (DNK uchastkasini) o‘zgartiradi. Natijada sichqonni antitanalarida odam antitanalari polipeptidlarini fragmentlari paydo bo‘ladi. Mana shu modifikatsiya tufayli kasalni immun sistemasi sichqonni antitanasini xuddi begona moddaga o‘xshatib qabul qilmay qo‘yadi.

Download 393.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling