1. Kirish Sun’iy antitelalar olish bosqichlari. Immunizatsiya. Qo‘shilish, tanlash va ko‘paytirish


Download 393.68 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi393.68 Kb.
#1554997
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ilhomiddin. Nanobiotexnologiya

Antitanalarni ishlatilishi. Antigenlar sog‘lom hujayralarni ham, rak hujayralarni ham plazmalemmalarida uchraydi. Ammo, kasallangan hujayrani antigeni bilan sog‘lom hujayrani antigeni orasida farq bor. Bu kasal hujayra bilan bir antitana, sog‘lom hujayra bilan boshqa antitana bog‘lanadi degan tushunchani beradi.
Mana shu sog‘lom va rak hujayralari antigenlari orasidagi farqdan onkologik kasalliklarni davolashda foydalansa bo‘ladimi? Bu muammoni yechish uchun olimlar, rak hujayralari antigenlariga mos keladigan antitanadan (monoklonal antitanadan) foydalandilar. Antitanalar ferromagnit mikrobo‘lakchalariga “bog‘landi”. Shu yo‘l bilan rak hujayralari uchun o‘ziga xos bo‘lgan immunomagnitli sorbent tayyorlab olindi. Organda bu sorbent faqat kasal hujayralar bilan birikma hosil qiladi xolos. Bunday organ magnit maydoniga solinganda undan rak hujayralarni tanlab chiqishi kuzatildi. Bunday ajralib chiqishni sorbentning mikrobo‘lakchalari amalga oshirdi. Mikrobo‘lakchalar rak hujayralari bilan “bog‘lanib”, magnit maydonida bir tomonlama harakatlandi. Organ rak hujayradan tozalandi. Mana shu tartibda, olimlar yuqorida keltirilgan muammoni yechishga muvaffaq bo‘ldilar va antitanalar asosida samarali, hamda nisbatan xavfsiz bo‘lgan davolash usulini yaratdilar.
Onkologik kasallik og‘ir o‘tayotgan holatlarda, organdan rak hujayralarni ajratib, chiqarib tashlash organni sog‘lomlashtirish uchun yetarli emas. Bunday holatlarda, organ (yoki uni bir qismi) sog‘lom hujayralarni transplantatsiyasiga muhtojlik sezadi.
Kasal organdan sog‘lom hujayrani qanday ajratib olish mumkin?
Immunomagnitli sorbentga rak hujayra antitanalari o‘rniga sog‘lom hujayralarni antitanalari o‘rnatiladi. Sog‘lom organga (masalan, qizil suyak miyasiga) kiritilganda sorbent undan faqat sog‘lom hujayralarni ajratib oladi. Bu aralashmadan sorbent ajratib tashlangandan keyin, sog‘lom hujayra hoxlagan organga o‘tkazilishi mumkin.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘lishicha, sog‘lom yoki kasal hujayralarni antitanalaridan foydalanib, onkologik kasalliklarni davolovchi istiqbolli usul ishlab chiqilgan (5-rasm).


Download 393.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling