1. Kirish. Ta’lim jarayonida o’quvchilar turli qog’ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari


Download 17.84 Kb.
bet1/3
Sana04.05.2023
Hajmi17.84 Kb.
#1425989
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu qog oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashk


Mavzu: Qog’oz va karton bilan ishlash darslarining mazmuni
Reja:
1.Kirish.
2.Ta’lim jarayonida o’quvchilar turli qog’ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari
3.Qog’oz va kartonga ishlov berish usullari

Kirish.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar eng avvalo faqat texnologiya darsi


Mashg’ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan
materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari daftarlar, kitoblar,
o’quv qo’llanmalari bosiladigan qog’oz turlar, yozadigan muqova qilinadigan,
bosma, rasm solinadigan kitob va gazeta qog’ozlaridir. Qog’oz va karton bilan
boshlang’ich sinflar mehnat darslarida eng ko’p qo’llanadigan materiallardir.
O’quvchilar bu materiallarga kundalik hayotda ham ko’p marta duch keladilar.
Boshlang’ich sinflardagi texnologiya ta’limi dastur materiallarini tahlil qilar
ekanmiz, barcha sinflardagi ish turdaridan biri “Qog’oz va karton bilan ishlash”
ekanligini ko’ramiz.
Boshlang’ich sinf o’quvchilar qog’oz va kartonga ishlov berishning quyidagi
usullarni o’rganadilar:
Qog’ozning turi, navi, rangi, o’lchamiga ko’ra tanlash
1- Qog’ozdan maketlar yasaganda qog’ozga ishlov berishning eng
oddiy usulari sifatida qog’ozni buklab o’rtasidan va to’rtburchak
qilib buklash (uzunasiga va ko’ndalangiga).
2- Ingichka qog’oz parchalarini to’g’rilash, bukilgan joylarini ikki
tomonidan buklash.
3- 45-90 gradus burchak qilib buklash.
4- Qog’ozni buklab belgilangan chiziq bo’yicha qaychi bilan qirqish,
asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qo’llash.
5- Qog’ozni andoza bo’yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo’yicha
oddiy belgilash.
6- Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar
qirqish.
7- Qaychi bilan murakkabroq shakllar: barglar, qo’ziqorinlar, mevalarni
qirqish.
8- Qog’ozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usullari.
9- Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsulotlarni
quritish.
10- Qog’ozni yelimi surtiladigan qismlarini oldidan ko’chirib buyum
detallarini bir-biriga yopishtirish.
11- Daftar, kitoblarni muqovalash.
12- Qog’ozni buklash va turli shakillar yashash.
O’quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning xususiyatlarini hisobga olib,
ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida fan asoslarini o’rganish
vaqtida egallagan bilimlarini qo’llashlari lozim. Birinchi sinfda o’quvchilar eng
avvalo faqat mehnat darsi mashg„ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham
to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o„quv anjomlari
daftarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari, bosiladigan qog’oz turlari: yoziladigan,
muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog’ozlaridir.



Download 17.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling