1. Kirish Traktorlar va avtomobillarning asosiy qismlari va ularning vazifalari
UPX-1.5B paxta tozalash mashinasining umumiy tuzilishi
Download 90 Kb.
|
Traktor va moshinaning erganomik ko`rsatgichlari va paxtani mashinada terish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
UPX-1.5B paxta tozalash mashinasining umumiy tuzilishi.
Mashina rama, havo separatori, pnevmatik yuklash konveyeri, tituvchi tishli baraban, ventilyator, taminlash bunkeri valiklari bilan, parrakli, tishli, arrali barabanlar, cho’tkali ajratgich, qoziq tishli baraban, xas-cho’p chiqaruvchi konveyer (transportyor), yuklash moslamalari va hakozalardan tashkil topgan. Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha kechadi. Tozalanadigan ko’sak pnevmatik yuklagichning soplosiga keltiriladi, keyin undagi rastrubdan havo separatorga suriladi.Bu yerda ko’sak tishli barabanga keladi, u paxtani tur sirti bo’ylab sudrab, mayda xas-cho’plardan tozalaydi va vakuum-klapanga tashlaydi.Vakuum-klapan paxtani taminlash bunkeridagi bir-biriga tomon aylanuvchi taminlash valiklariga uzatadi.Valiklarning aylanish chastotasi mashinaning ish unumiga qarab belgilanadi.Ko’saklarning taminlash kamerasidagi balandligi uning yon devoridagi qizil chiziqdan oshib ketmasligi kerak. Taminlash valiklari ko’sakni xas-cho’p ajratgich barabaniga bir meyorda uzatib turadi.Xas-cho’p ajratgich barabani ko’sakni titadi va shakldor to’r sirtida sudrab, uni mayda xas-cho’plardan tozalaydi.Xas-cho’p ajratgich ko’sakni chaqish barabaniga tashlaydi.Bu baraban ko’sakni chaqish dekasiga ishqalab chiqadi va kichik parrakli barabanga uzatadi.Hamma turdagi paxtani ko’sakdan tashqari tozalashda chaqish dekasi ishlatilmaydi, mayda ko’k va xo’l ko’sakni tozalashda esa ishlatiladi. Parrakli baraban bilan to’sik orasida massa tekislanib, arrali barabanga uzatiladi.Arrali barabanning tishlariga ilingan paxta baraban bilan turning ajratish kirrasi orasidagi tirqishdan o’tadi.Tishlarga ilinmagan has-cho’plar ayrim paxta bo’laklari bilan birgalikda to’r qirrasining orqasiga, ko’sak chaqish barabanining parraklari tagiga tashlanadi. 4. KV-3,6 va KV-4 g’o’zapoya yulgich-to’plagich mashinalari bir yo’la to’rt qatordagi g’o’zapoyalarni yulib, uzluksiz bitta lenta shaklida to’plab tashlab ketish uchun xizmat kiladi. Mashina markasining o’qilishi: K-korchevatel (g’o’zapoya yulgich), V-volokoukladchik (to’dalab yig’ib ketuvchi), 3,6 va 4 -mashinaning qamrov kengligi yoki qatorlar soni. G’o’zapoya yulgichlarning tuzilishi va asosiy qismlari. Ramada brusga payvandlangan va unga kosilkalar bilan bog’langan stoykalar bor.Stoykalarning pastki uchlariga payvandlangan kronshteynlarga uzatgichlar chetki reduktorlarining stakanlari mahkamlanadi.Uzatkichlarning o’rta reduktorlari o’rtadagi stoykalarga payvandlangan kronshteynga mahkamlanadi. O’rtadagi stoykalar, shuningdek, pastki va yuqorigi tayanchlar rama brusining yuqorigi qismiga payvandlangan yagona kronshteynni hosil qiladi. Chetki va o’rtadagi kolosniklarning tayanchlari boshqa kronshteynga mahkamlanadi.Asosiy reduktor uzatkichlarni harakatga keltiradi.Bu reduktor korpus, shesternya bilan bir butun qilib yasalgan yetakchi val, yetaklanuvchi val, yulduzcha, to’rtta podshipnik, shesternya va boshqa detallardan iborat.Reduktor korpusida tiqinlar bilan berkitiladigan ikkita teshik bo’lib, ulardan biri moy quyish, ikkinchisi esa moyni bo’shatib olishga mo’ljallangan.KI-1,8 va KI-1,2 g'o'za poya yulgich-raaydalagichlar. 0'o'zapoyalarining sug'irish va maydalash bilan bir vaqtda ularni presepga ortish yoki dalaga sochishga mo’ljallangan. Shuningdek bu mashinalar g'o'za poyalarini uyumlaydi yoki g'aramlaydi. Bu mashinalar bir-biridan asosan qamrash kengligi bilan farq qiladi. Xulosa. Mashina g’o’za egatlari bo’ylab harakatlanayotganda paxtasi terilayotgan qatorlardagi g’o’za tuplari tup ko’targich va tup yo’naltiruvchi chiviqlar yordamida terish apparatining ikki ko’shni (o’ng va chap) juft barabanlari orasiga, ish tirqishiga yo’naltiriladi.Bu yerda bir qatordagi g’o’za tuplariga to’rtta (ikkita o’ng va ikkita chap) shpindelli juft barabanlar hosil qilgan oldingi va orqa juft barabanlar xizmat qiladi.Mashina shu to’rtta shpindelli baraban bitta terish apparatini tashkil etadi. Yetishtirilgan hosilning hammasini terib olib, uni tayyorlov punktlariga topshirish majmuasida paxta tozalash mashinalari ham muhim o’rin tutadi. KI-1,8 maishnasi asosan rama, taqsimlash reduktori, kardanali val, so’guruvchi panjalar, shnekli rifellangan uzatgichlar, tayanch g'ildiraklar, maydalagichlardan va ularga o’rnatilgan yuklagichlardan iborat. Mashinaning texriologik ish jarayoni quyidagicha o’tadi. Mashina yurganda tup yo’naltirgichlar g'o'za poyalarini shnekli rifellangan juvalarga uzatadi. 0'o'zapoyaning yuqori qismi maydalash apparatiga kiradi. Shunda rotor pichog'i maydalay boshlaydi. Ildizlar panjadan ajralishi bilaioq juvalarnirig rifellangan qismi poyaning qolgan qisminin maydalash apparatiga uzatadi. Maydalangan massa yuklagich orqali presepga tushadi yoki dalaga sochib ketadi. Adabiyotlar: 1.Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo’jaligi mashinalari. Toshkent, O’qituvchi 2002Y. 2.A.I. Komilov, Q.A. Sharipov, N.T. Umirov, I.M.Marupov, R.T. Rustamov Traktor va avtomobillar. Toshkent «Talkin» -2003.(lotin alifbosida) 3.F.B.Yevdokimov Umumiy elektrotexnika T.O’qituvchi.1995. 4.N.I.Vershagin i dr. Organizasiya i texnologaya mexanizirovannыx rabot v rastenivodstve, Ucheb, posb № IRPO; Izd.sentr «Akademiya», 2000 5.E.Oyxo’jayev, X.Qo’shnazarov «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalash» Toshkent «Mehnat», 1988. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling