1. Kitobxonlik мadaniyatini shakllantirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 108.71 Kb.
bet17/22
Sana17.06.2023
Hajmi108.71 Kb.
#1525368
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Kitobxonlik мadaniyati tayor

Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.Jabborov. Matn tarixi va uning genezisiga doir ayrim mulohazalar. // Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek filologiyasida matnshunoslik va manbashunoslik muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Namangan, 2021 yil 19-20 may.10-b; Jabborov N. O‘zbek matnshunosligi va unda matn tanqidi, ilmiy-tanqidiy matn istilohlarining o‘rni // O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishning nazariy va manbaviy asoslari. Respublika ilmiyamaliy konferensiyasi materiallari. –Toshkent: Mumtoz so‘z, 2019. 9-bet.
2. Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-kitob, “O‘zbekiston”, 2017-yil. -B. 504-505.
3. Q.Husanboyeva., R.Niyozmetova. Adabiyot o‘qitish metodikasi.-Toshkent, 2018- yil.B-87.
14. Didaktik adabiyot va pandnomalar- bolalar kitobxonligida
(tezis va ma’ruzalar tayyorlash)


Kalit so’zlar: bolalar adabiyoti, didaktika, milliylik, nasriy va she'riy didaktik asarlar.
―Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilangan bir davrda o’rta asr mutafakkirlarining ma‘naviy merosini o’rganishga yanada e‘tiborli bo’lish, didaktik asarlarning tarjimalarini amalga oshirib keng ommaga yetkazish, pedagogik tahlilarini yaratib ta‘lim jarayonida unumli foydalanish amalga oshirilishi zarur bo’lgan muhim vazifalardir. Chunki, xalqimiz takidlaganidek, buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma‘naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o’lmas meros hamisha yonimizda bo’lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag ̳ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta‘lim tizimini ana shunday ruh bilan sug ̳orishimiz kerak. Ushbu yondashuv ta‘lim tizimining yuksak cho’qqilarga chiqishida amaliy dasturdir. O’rta asrlarda yashab ijod etgan Movarounnahr va Xurosonlik alloma va mutafakkirlarning bugungi kungacha yetib kelgan ma‘naviy meroslari ta‘lim-tarbiya mazmuniga beqiyos manba sifatida xizmat qiladi. Ularning aksariyati YUNESKOning madaniy meros ro’yxatidan o’rin egallagan. Bugungi kunda Sharq alloma va mutafakkirlarining Respublikamiz muzey-qo’riqxona «Hujjatlar» hamda kutubxona fondlarida, shunigdek, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Misr, Hindiston, Eron, Turkiya kabi ko’plab xorijiy mamlakatlardagi kutubxonalarning «oltin fondi»da qo’lyozma shaklidagi ko’plab didaktik asarlari saqlanmoqda. Ushbu didaktik asarlarni tarjima qilish, tadqiqotga jalb etish va ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tarjimalarni ilmiy sharh, ma‘rifiy, falsafiy hamda pedagogik tahlillarini yaratishni davrning o’zi taqozo etmoqda. So’nggi yillarda o’rta asr Sharq alloma va mutafakkirlarning ilmiy, falsafiy, ma‘naviymerosini har tomonlama tadqiq qilish, ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Yangi O’zbekistonni barpo etishda ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma‘naviyat, ezgulik, odamiylik,gumanizm g ̳oyasiga tayanadi. Buning uchun, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tashkil etish va xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga tayanish va ilmiy nazariy va kompleks tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi Didaktik adabiyot -badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiytaʼlimiy, ilmiyfalsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktika ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib taqaladi ("Qobusnoma"). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida didaktika uzok, tarixga ega. Didaktikaga doir ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi didaktikaning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻubilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan.Abdulla Avloniy odamlarni xulq, xatti-harakat nuqtayi nazaridan ikki guruhga bo’ladi: ―Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishlar; agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlami qilurga odat qilsa, yaxshilikg'a tavsif bo’lub ―yaxshi xulq, agar tarbiyatsiz o'sub, yomon ishlar ishlaydurgan bo’lub ketsa, yomonlikka tavsif bo’lib ―yomon xulq atalur. 1Didaktikadan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar. Didaktikaga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati —oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.Sharq yozma adabiyotida "pandnoma","mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. 20-asr oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va b. ijodida pandnasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlim-tarbiyaga oid didaktika namunalari koʻplab uchraydi.
Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shakliga ko’ra, quyidagicha nisbiy tasnif qilish mumkin:
1. Nasriy didaktik asarlar.Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mashhur «Panchatantra», ya‘ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo’lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi. Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta‘siri bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qilingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da ham mohiyatan didaktik ruh juda ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning mashhur «Qobusnoma»si yozildi. XVI asr o’zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvah-hobxoja)ning «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») asarlari ham sof nasriy yo’lda bitilgan didaktik adabiyot namunalari hisoblanadi.2. Nasriy-she‘riy didaktik asarlar.Shayx Muslihiddin Sa‘diy Sheroziyning bag ̳oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she‘riy, ya‘ni aralash yo’lda bitilgan. Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi «Mahbub ul-qulub» asarini aynan nasriy-she‘riy shaklni o’zaro omixta qilib yozdi.Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar misolida bitilgan bo’lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she‘riy, ya‘ni aralash turiga kiradi.3. She‘riy didaktik asarlar.Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she‘riyat ham shakllangan. Aytaylik, o’zbek mumtoz she‘riyatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg ̳u bilig», Haydar Xorazmiyning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ul-asror»ini erkin tarjima qilish asnosida bitgan «Gulshan ul-asror», Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o’zbek didaktik she‘riyatining yorqin namunalari hisoblanadi.Yusuf Xos Hojibning «Qutadg ̳u bilig» dostonida axloqiy-ma‘naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini nihoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning aynan qanday g ̳oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta‘sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchidan, ko’tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o’z ahamiyati, ya‘ni dolzarbligini aslo yo’qotmaganidan dalolat beradi. Zamonaviy o’zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati :
1.Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. -T: 0 ̳qituvchi, 1992. -B . 62
2.Avloniy Abdulla. 0 ̳son, millat! Nashrga tayyorlovchi va so'z boshi muallifi B. Qosimov,Sh. Rizayev -Т.: Sharq, 1993. -B. 144
3.Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, 1-2-jildlar. T. Ma‘naviyat, 1998.
4.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
5.Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962;
6.Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975; Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;

Download 108.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling