1. Kitobxonlik мadaniyatini shakllantirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 108.71 Kb.
bet9/22
Sana17.06.2023
Hajmi108.71 Kb.
#1525368
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Kitobxonlik мadaniyati tayor

Adabiyotlar ro'yxati
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.Toshkent- Uzbekiston 2018,20 bet
2.. Karimov I. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T. “O’zbekiston” 2008.
Ilmiy adabiyotlar:
1.Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik.-T.: «Fan», 1978-1979.
2.Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. Asarlar. O’n besh tomlik. 14-tom.T.: «Fan», 1967.
3.Arastu. Poetika. Ahloqi kabir-T.: «Yangi asr avlodi», 2004
4.Valixo’jayev B. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi.-T.: «O’zbekiston»,1993.
5.Sultonov I. Adabiyot nazariyasi.-T.: «O’qituvchi», 2002.
6.Fitrat. Adabiyot qoidalari.-T.: «O’qituvchi»,1995.
7. “Avesto”, “Haftiyak”, “Chor kitob”, “Qobusnoma”, hadislar va pandnomalarda bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlar.

«Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarmi o‘zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insormi karnolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag‘rikenglik kabi sifatlaming ahamiyati chuqur ifodalangan. Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug‘ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan awalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan. Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi – mehnat deb ko‘rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlami keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg‘u beriladi. Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matalami yod bilganlar va ibodat paytida o‘qiganlar, Zardusht vafotidan bir necha asr o’tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so‘zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi. Zardusht diniga ko‘ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o‘rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong‘ulik, hayot bilan o‘lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida.


Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.
Haftiyak (fors. — yettidan bir) — Qurʼonning yettidan bir qismi bitilgan kitob. Yosh qorilarga qulay boʻlsin uchun Qurʼon suralaridan bir nechtasi (13—14 tasi) tanlanib, qiroat kitobi shakliga keltirilgan. Oʻtmishda Turkistondagi maktablarda xrestomatiya vazifasini oʻtagan birinchi qoʻllanma hisoblanadi. Bolalar arab alifbosini oʻzlashtirganlaridan soʻng oʻrgatilgan. Odatda, haftiyak 1—2 yil oʻqitilgan. Haftiyakdan soʻng Qurʼoni karimni oʻqishga oʻtilgan. Yosh talaba kichik suralarni maʼlum miqdorda yod olgandan keyin haftiyakni oʻqishga kirishish marosimini oʻtkazish odatga aylangan. Keyingi paytda haftiyak oʻrniga bir yoʻla Qurʼoni karimning toʻliq nusxasini oʻqish va oʻqitish rasm boʻlgan.

Download 108.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling