1. Koinot va galaktika. Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik va katastrofik gipotezalar


-расм. Қуёш тизими: 1-Қуёш, 2-Меркурий, 3-Венера, 4-Ер, 5-Марс, 6-Юпитер, 7-Сатурн, 8-Уран, 9-Нептун, 10-Плутон, 11-комета


Download 0.96 Mb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1559961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза.

2.2-расм. Қуёш тизими: 1-Қуёш, 2-Меркурий, 3-Венера, 4-Ер, 5-Марс, 6-Юпитер, 7-Сатурн, 8-Уран, 9-Нептун, 10-Плутон, 11-комета. http://interesnoe.info.


Quyosh va Quyosh tizimi sayyoralarining hajmi va massasi orasida keskin farq bor. Buni ularni qiyoslash maketidan kо‘rsa bо‘ladi (2.3-rasm).
Yer guruhidagi sayyoralar nisbatan kichik о‘lchamli va katta zichlikka ega (2.4-rasm). Ularning asosiy tarkibini silikatlar (kremniy birikmalari) va temir tashkil etadi. Gigant palanetalarda esa qattiq yuza yо‘q. Uncha katta bо‘lmagan yadrosidan tashqari ular vodorod va geliydan tuzilgan va gaz-suyuq holatda mavjud. Bu sayyoralarning atmosferasi asta-sekin zichlashib borib, suyuq mantiyaga aylanadi.


2.3-rasm. Quyosh va sayyoralarning qiyosiy hajmi.


2.4-rasm. Yer guruhidagi sayyoralarning qiyosiy hajmi.



Quyosh tizimi umumiy massasining asosiy ulushi (99,87%) Quyoshning о‘ziga tо‘g‘ri keladi. Shuning uchun Quyosh tortish kuchlari tizimidagi deyarli barcha qolgan jismlar: sayyoralar, kometalar, asteroidlar va meteorlar harakatini boshqaradi. Sayyoralar atrofida esa faqat о‘zining yо‘ldoshlarigina aylanadi. Chunki bunda yо‘ldoshlar ushbu sayyoralarga yaqin bо‘lganligi tufayli tortish kuchi Quyoshnikidan ortiq.
Barcha sayyoralar Quyosh atrofida bir yо‘nalishda aylanadi. Bu harakat tо‘g‘ri harakat deyiladi.
Sayyoralar orbitasi shakli bо‘yicha aylanaga, orbita tekisligi esa Laplas tekisligi deb ataluvchi Quyosh tizimining asososiy tekisligiga yaqin. Ammo sayyoralar massasi qancha kam bо‘lsa bu qoidadan og‘ishi shuncha sezilarli bо‘ladi, bu Merkuriy va Pluton misolida yaqqol kо‘rinadi.
Quyosh tizimi sayyoralari quyosh atrofida turli radiusda va tezlikda aylanadi.


Quyosh

Quyosh - bu odatdagi yulduz bо‘lib, Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar uning atrofida aylanadi. Uning sirtida kuchli shu’lalanish kuzatiladi (2.5-rasm).


Quyosh qaynoq plazmali shar bо‘lib, radiusi R=696 ming km, о‘rtacha zichligi 1,416 kg/m3. Aylanish davri (sinodik) ekvatorda 27 sutkadan qutblarda 32 sutkagacha о‘zgaradi, erkin tushish tezlani-shi 274 m/s2. Quyosh spektri tahliliga kо‘ra uning kimyoviy tarkibi: vodorod 90% ga yaqin, geliy 10%, boshqa elementlar 0,1% dan kam. Quyosh energiyasi-ning manbai bо‘lib Quyoshning markaziy qismida vodorodning geliyga yadroviy ayla-nishi hisoblanadi. Bunda harorat 15 mln. K ga boradi (termoyadero reaksiyasi). Uning ichki qismidan energiya nurlanish orqali kо‘chiriladi, keyinchalik u 0,2 R masofaga teng tashqi qatlamda konveksiya orqali amalga oshiriladi. Quyoshdan 149 mln. km masofada joylashgan Yer undan 2х1017 Vt ga yaqin yorug‘liq nuri energiyasini oladi. U Yer sharida kechadigan barcha jarayonlarning asosiy energiya manbasi sanaladi. Yerdagi butun biosfera, hayot faqat quyosh energiyasi hisobiga yashaydi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling