1. Koinot va galaktika. Quyosh turkumining paydo bo‘lishi haqidagi kosmogonik va katastrofik gipotezalar


Download 0.96 Mb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1559961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза.

2.7-rasm. Venera sirtining relyefi. www.galspace.spb.ru.
V enera yuzasida keng tepaliklar mavjud (2.7-rasm). Ularning orasida eng yiriklari Ishtar yeri va Afrodita yeri bо‘lib, о‘lchamlari bо‘yicha yerdagi materiklar bilan taqqoslash darajasida. Sayyora yuzasida kо‘plab kraterlar kuzatiladi. Ehtimol, ular Venera atmosferasi uncha zich bо‘lmagan davrlarda hosil bо‘lgan. Sayyora yuzasining 90 % bazalt lavasi bilan qoplangan.


Yer
Yer - Quyosh tizimi sayyoralari orasida Quyoshga yaqinligi bo‘yicha uchinchisidir. U Yer guruhidagidagi sayyoralarning eng yirigi va hozirgi kunda sayyoralararo jismlar orasida tirik mavjudotlar mavjudligi ma’lum bo‘lgan yagona sayyora hisoblanadi. Yer bundan 4,5 mlrd yil ilgari vujudga kelgan va bundan keyinroq o‘zining yagona tabiiy yo‘ldoshi - Oyga ega bo‘lgan.
Yer Quyosh atrofida elliptik orbita bo‘ylab taxminan 30 km/cek (106 000 km/soat) va o‘z o‘qi atrofida ekvatorda 465 m/sek (1674 km/soat) tezlik bilan aylanadi. Ammo uning orbita bo‘yicha tezligi doimiy emas: iyuldan boshlab u tezlashib boradi, yanvardan esa yana sekinlashadi.

8-rаsm. Еr sirti tuzilishininг fаzoдаn kо‘rinishi. www.galspace.spb.ru.
Q uyosh tizimidagi sayyoralardan faqat Yergina o‘zining mukammal rivojlangan atmosferasi, gidrosferasi va biosferasiga ega. Yerning fazodan turib olingan suratida tog‘ tizmalari, okeanlar, yirik tekisliklar aniq ko‘zga tashlanadi (2/8-rasm).
Barcha osmon jismlari orasida faqat Yerdagina hayot mavjud.
Yer qatlamli tuzilishga ega. U qattiq silikatli qobiqlarga (po‘stloq va mantiya) va metalli yadroga ega. Yadroning tashqi qismi suyuq, ichki qismi esa qattiq (Yerning tuzilishi to‘g‘risida keyingi bobda batafsil ma’lumotlar berilgan).


Oy - Yerninг tабiiy yо‘lдoshi

Oy Еr аtrofiда, агаr hisoб бoshi yulдuz oyi деyiluвchi uzoq yulдuz olinsа, soаt miliга tеskаri yо‘nаli-shда 27,32 sutkада tо‘liq аylаniб chiqадi. Аmmo бir ваqtninг о‘ziда Quyosh аtrofiда аylаnuвchi Еrга nisбаtаn аylаnish ваqti 29,5 sutkага tеnг. Бu ваqt oyiга tеnг, ya’ni бu ваqtда Oy ikkitа бir xil fаzаni, mаsаlаn, oy sinoдiгi деб аtаluвchi ikkitа tо‘lin oy orаlig‘ini о‘tаyдi.


Oy orbitasi – bu kuchli cho‘zilgan ellipsdir va shu tufayli Yerdan ungacha bo‘lgan masofa kuchli o‘zgaradi; perigeyda 356 000 km dan apogeyda 407 000 km gacha. Buning natijasida Oyning o‘lchami yilning fasllarida ko‘zga turlicha ko‘rinadi.
Yer va Oyning o‘zaro yaqinligi tufayli Yerning tortish kuchi ta’sirida o‘z o‘qi atrofida 27,32 sutkada bir marta aylanadi va shu tufayli u bizga har doim o‘zining bir tomoni bilan burilgan bo‘ladi.
Bizning yo‘ldosh - 3476 km diametrli toshli obyekt bo‘lib, Yer diametrining choragiga teng.
Oyning sirti yer sahrolarini eslatadi va chang qatlami bilan qoplangan. Uning sirti juda notekis bo‘lib, bir qancha tog‘ tizmalariga, ko‘plab nishab jarliklarga va kraterlarga ega (9-rasm). Ular Oy sirtiga meteoritlarning urilishi natijasida vujudga kelgan. Oy-ning sirti morfologik tomondan dengiz va materiklarga bo‘lingan.
Dengizlar - bu tekis tubga ega bo‘lgan chuqurliklar bo‘lib, ularning tubi “dengiz sathi” bo‘lmaganligi uchun hisob boshi qilib olingan. Bu struktura-larning ko‘pchiligi Yerga qaragan tomonida joylashgan. Oy dengizla-rida kraterlar kam va ular tekisdek ko‘rinadi. Bundan tashqari, ular quyosh nurini yomon qaytaradi va shuning uchun ham qorong‘i zonalardek tuyuladi. Dengizlarning kelib chiqishi boshqa oy strukturalariga nisbatan yosh (3,8-3,3 mlrd. yil ilgari) va ularning sirti vulkan lavasidan tarkib topgan.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling