1. Ko’mir energiyasi zaxiralari. Neft energiyasi zaxiralari. Tabiiy gaz energiyasi zaxiralari


Atom energiyasi. Boshqa energiya zaxiralari. Shamol energiyasi. Quyosh nurining energiyasi


Download 1 Mb.
bet6/7
Sana17.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1205085
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko’mir, neft, tabiiy gaz va atom energiyalari zaxiralari. Shamol va quyosh energiyalari zaxiralari

3.Atom energiyasi. Boshqa energiya zaxiralari. Shamol energiyasi. Quyosh nurining energiyasi
Atom energiyasi. 1990 yilga kelib dunyoning 20 ta davlatdagi atom elektr stansiyalarning (AES) umumiy quvvati 140500 MVt ga teng bo’ldi. 2010 yilga kelib ularning quvvati taxminan 900-100 ming MVt bo’lishi kutilmoqda.
Ilm va muhandislik fikri hozirda yangi energiya turi, boshqariladigan termoyadro sintezi ustida ishlamoqda. Bunda dengiz suvidagi vodorod izotoplaridan foydalaniladi. Sintez reaksiyasi natijasida 1 kg gazsimon deytriydan 10000 tonna ko’mirni yoqgandagi energiyaga teng energiya olinadi. Termoyadro sintezidan radioaktiv chiqindilar chiqmasligi ham hozirda kelajak energiyasini olish yo’lida bir qancha texnik muammolar mavjud.
Boshqa energiya zahiralari. Yirik energiya zahiralarining manbalari (quyosh, shamol, geotermal energiyasi kabi) talabsiz qolmoqda.
SHamol energiyasi er sharida yiliga 175-220 ming TVt/soatni tashkil etadi,
uning quvvati esa (20-25) /109 kVt. Bu taxminan dunyodagi energiya sarfidan 2,5 marotaba ortiq. Lekin bu energiyani 5% dan foydalanish mumkin, hozirgi davrda bundan ham kam ishlatilmoqda.
Quyosh nurining energiyasi, insoniyat foydalanishi mumkin bo’lgan eng katta manba. Quyosh energiyasining er yuziga yo’naltirilgan oqimi 1,2/1014 tonna shartli yoqilg’iga teng. Boshqa yulduzlar kabi quyosh ham o’ta qizigan gaz hisoblanadi. Uning tarkibi 82% vodorod, 17% geliy va 1% boshqa unsurlardan tashkil topgan. Quyoshning markazida shunday yuqori bosimli soha mavjudki, u erda harorat 15-20 mln.°S-ni tashkil etadi. Quyosh energiyasidan foydalanishning eng katta muammolaridan biri shundan iboratki, energiyaning eng ko’p qismi yozda tushadi, energiyaga eng katta talab esa qish faslida to’g’ri keladi.
Er sharida anchagina geotermal energiya zahiralari mavjud. Bu energiya behisob va undan kelajakda foydalanish ancha samarali. Radioaktiv unsurlarning emirilish natijasida, er koinotga uzluksiz o’z issiqligini etkazib turadi.
Geotermal suv bir qancha mamlakatlarda isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun ishlatiladi. Islandiya poytaxti Reykyavik shahri to’liq er osti issiq suvi hisobiga isitiladi. Katta hajmlardagi issiqlik ta’minotida termal suvlardan Avstraliya, YAngi Zellandiya va Italiya kabi mamlakatlarda foydalaniladi.
Zamonaviy texnika va texnologiyalar tiklanadigan energiya manbalardan foydalanish istiqbollarini ochib bermoqda. Ilmiy va amaliy ishlarni shu yo’nalishga yo’naltirish, organik yoqilg’i iste’molini kamaytirishga yordam beradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling