Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan keyin anion ataladi. Masalan:
[Ag(NH3)2]Br – diamin kumush (I) – bromid.
K2[CuCl3] – kaliy trixloromis (I).
Ligandlarni nomlashda avval anion, so’ngra neytral ionlar va undan keyin kation nomi aytiladi (ularning orasiga defis qo’yilmaydi). Anionlarni atashda dastlab oddiy anion, undan keiyn ko’p atomli anion nomi aytiladi. Ularning nomiga «at» qo’shimchasi qo’shiladi.
Masalan, K2[Pt(NO2)2Cl] – kaliy dixlorodinitroplatinat (II). Ligandlar sonini ifodalovchi qo’shimchalar. Oddiy ligandlar sonini ifodalashda di - ,tri-, penta -, geksa – va hokazo qo’shimchalar ishlatiladi, masalan:
K4[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianotemir (II).
К3[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianotemir (III).
[Al(H2O)6] Cl – geksakvoalyuminiy xlorid.
Markaziy ionning oksidlanish darajasini ko’rsatish uchun uni qavs ichida lotin raqamlari ifodalanadi. Masalan:
[Сu(NH3)2] (OH) – diaminmis (I) gidroksid va hakazo.
Tayanch iboralar va tushunchalar.
Atomli yoki birinchi tartibdagi birikmalar, molekulali yoki yuqori tartibdagi birikmalar, kompleks (yoki koordinatsion) birikmalar, kation kompleks, anion kompleks, neytral kompleks, xlorofil, gemoglabin, koordinatsion soni, kompleks hosil qiluvchi ligandlar, koordinatsion sig’im, aminatlar, ammiakatlar, gidratlar, akvakomplekslar, atsidokomplekslar, polikislotlar, poligalogenidlar.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Qanday birikmalarga kompleks birikmalar deyiladi?
2. Kompleks birikmalar qanday tuzilishga ega?
3. Vener nazariyasi to’g’risida qisqacha ma‘lumot bering.
4. Kompleks birikmalarning koordinatsion sonlari qanday bo’ladi?
5. Kompleks birikmalarda kimyoviy bog’lanish tabiati qanday bo’ladi?
6. Donor – aktseptor bog’lanishning mexanizmi qanday bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |