1. Кompressorlar haqida umumiy tushinchalar va ularning turlari


-rasm. Porshenli kompressorning ishlash printsipi


Download 125.67 Kb.
bet8/8
Sana09.01.2022
Hajmi125.67 Kb.
#261068
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kompressorlar

3.1-rasm. Porshenli kompressorning ishlash printsipi.

Porshen dvigetelga ulangan val orqali krivoship-shatun mexanizm orqali harakatga keladi. Porshenli kompressorlarda so’ruvchi va haydovchi klapanlar tsilindr qopqog’I (krishka) ichiga joylashtirilgan. Har bir kompressor tsilindri ichida valning bir marta aylanishida yoki porshening ikki yurishida to’liq ish jarayoni namoyon bo’ladi. Tsilindr ichida porshen harakati natijasida kondensator ichida porshen ust qismida havo siyraklanishi hosil bo’ladi va klapan ochilishi bilan parlatgich orqali parbug’ tsilindr ichiga kira boshlaydi. Porshenning teskari harakatida esa bug’lar qisiladi va natijada bosim oshadi. So’ruvchi klapan bu vaqtda yopiladi, haydovchi klapan orqali siqilgan bug’ kondensatorga itariladi. Shundan keyin porshen harakat yo’nalishi o’zgaradi va haydovchi klapan yopiladi, kompressor bug’ini porlatgich orqali so’ra boshlaydi. Cho’yandan ishlangan kompressorning qismlari tsilindr va kompressordan iborat bo’lib, tirsakli val karter ichiga joylashtirilgan. Кarter ichiga moy quyilib, bu moy kompressor qismlarini moylab turadi. Tirsakli val podshipniklarga quyilgan maxsus bo’yinchalarga o’rnatilingan. Bo’yinchalar salьniklar bilan zichlangan. Bu esa tirqishlardan moyning oqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Valning bo’yinchasiga maxovik presslangan bo’lib, kamarli uzatgich yordamida dvigatelь tirsakli valni aylantiradi.

Shatun yuqori boshchasi yordamida porshen barmoqchasiga biriktirilgan. Valning

aylanishi bilan tsilindr o’qida porshen bir chetki holatidan ikkinchi chetki holatgacha harakatlanadi. Bu vaqtda krivoship ikki radius qiymatga aylanadi.

Porshenga maxsus xalqacha o’rnatilgan bo’lib, o’zining qayishqoqligi bilan moy

idishi (karter) ga bug’ qoldiqlarini tushirmay turadi hamda tsilindr ichida zich holda harakatlanadi.

Tsilindirning yuqori qismi maxsus boshcha (golovka) bilan berkitilgan. Tsilindir bosh qismi ikki kameradan iborat: so’ruvchi va haydovchi. Har bir kamerada klapanlar bo’lib, ular so’ruvchi va haydovchi klapanlardir. Кlapanlar tsilindrning ikki tomoniga o’rnatiladi.

So’ruvchi klapanlarga so’ruvchi quvur o’rnatilib, porlatgich bilan ta’minlangan.

Haydovchi kameraga haydovchi quvur esa kondensator orqali ulangan.





Xulosa:

Xulosa qilib shuni aytish keraki kompressorlar hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan. M-n: to’qimachilik sanoatida, mashina qurulishida kriogentexnikada, kimyo va sovutgichlar ishlab chiqarishda ko’plab ishlatiladi. Kompressorlar gazlarni siqish aralashtirish uni purkash uchun xizmat qiladi.

Kompressorlar muhit turiga qarab: havo kompressorlari, azotli, etilenli, ko’mir vodorodli gazlar uchun, kislorodga, freonga, uglekislotali gazlar uchun kompressorlar.

Foydalanilgan adabiyotlar:



1.A.A.Kaримов, A.A.Шокиров, A.A.Mукольянц Аннотация «Основы гидравлики, насосы и компрессоры»

2.Sheglayev A.V “Parovie Turbine”

Internet saytlar:

www.Ziyonet.uz

www.kutobxon.uz

www.c-o-k.ru


162_19-guruh talabasi To’xtameshov Shaxzod

Mavzu: Kompressorlar.



Issiqlik yuritgichlar va bosim bilan xaydash mashinalari

Download 125.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling