Annotatsiya: Аннотация: Annotation: Kalit so`zlar
Download 42.82 Kb.
|
maqola konferensiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutq madaniyati
- Afoniya
- klonik
- Dislaliya
- Dizartriya
- OG’IZ BO’SHLIG’I SHAXSIY GIGIENASI VOSITALARI VA USULLARI
Boshlang`ich sinf tabiatshunoslik darslarida odam tanasi, terisi va skleti mavzusini o`tishda o`quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish BuxDU dotsenti G`.M. Sayfullayev, BuxDU II bosqich magistranti O`.M. Olloqova
Bugungi kunda ta`lim va tarbiya sohasiga alohida e`tabor qaratilmoqda. Bilimi yuqori, nutqi ravon va yaxshi rivojlangan, dunyoqarashi keng, mantiqiy fikrlash qobiliyati yuqori darajada bo`lgan bolalarni tarbiyalash bugungi kun siyosatining ustuvor yo`nalishidir. Maktabgacha ta`lim muassasalarida va umumiy o`rta ta`limda turli fanlar o`qitilishi natijasida bolalarning bilimi orta boradi. Har bir fan doirasida o`quvchilarda turli xil kompetensiyalar shakllanadi. Bolalar bilimining yuqori darajada bo`lishida ularning salomatligi juda ham muhimdir. Ularda sog`lom sog`lom turmush tarzini shakllantirish salomatlikning bosh mezonidir. Odam tanasi turli a`zodan tuzilgan bo`lib, har biri ma`lum bir vazifani bajaradi. Odam tanasi bosh, bo`yin, gavda, qo`l va oyoq kabi qismlardan tuzilgan. Tananing bosh qismida a`zolarning xatti-harakatini, odamning xulq-atvorini boshqaruvchi bosh miya joylashgan. Ko`rish, eshitish, ovqat hazm qilish, nafas va nutq organlari ham bosh qismida joylashgan.
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan a’zolar nutq a’zolari yoki nutq apparatini tashkil etadi. Nutq madaniyati - og`zaki va yozma adabiy til me`yorlariga (talaffuz, urg`u, so`z qo`llash, gramatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallashdir. Nutqning hosil bo`lishida asosan odam tanasining bosh qismi ishtirok etadi. Nutq og`iz bo`shlig`ida yuzaga keladi. Og`iz bo`shlig`ida joylashgan nutq organlariga quyidagilar kiradi: til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay til osti muskullaridan iborat apparat. Tish - ogʻiz boʻshligʻidagi suyak tuzilma bo`lib, ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari tish, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Tishlar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorini hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16 ta tish: 4 ta kesuvchi, 2 ta qoziq, 4 ta kichik jagʻ va 6 ta katta jagʻ tish joylashgan. Yuqori va pastki tish qatorlari maʼlum munosabatda jipslashadi. Tish koronka, boʻyin va ildizdan iborat bo`lib, koronka va ildizni tish boʻyni chegaralab turadi. Tish boʻyni toraygan boʻlib, uning atrofidagi shilliq qavat milk bilan oʻrab olingan. Tishning asosiy qismini dentin tashkil etadi. Koronka qismi emal, ildizi suyak toʻqima (sement) bilan qoplangan. Odatda, tish ovqatni uzib olish va chaynash funksiyasini bajaradi. Chaynash ovqat hazm qilishning boshlanishi boʻlib, ovqatni tish bilan maydalash va soʻlak bilan aralashtirishdan iborat. Soʻlak tarkibidagi fermentlar taʼsirida ogʻiz boʻshligʻida ovqatni hazm qilish boshlanadi. Ovqatni ogʻizda yaxshilab maydalash meʼdada uning toʻla hazm boʻlishiga imkon beradi. Tish butunligi buzilsa yoki ogʻriydigan boʻlib qolsa, ovqat hazm qilish ham izdan chiqadi. Tishni va ogʻiz boʻshligʻini toʻgʻri parvarish qilish tish kasalliklarining oldini olish va oʻz vaqtida davolash imkonini beradi. Yilda 2 marta stomatolog vrachga koʻrinib, u tavsiya etgan turli profilaktik chora va davoni bekamu ko`st bajarish tish holatini yaxshi saqlashda muhim rol o`ynaydi.
Bolalarda uchraydigan ayrim kasalliklar natijasda nutqning buzilishi kuzatiladi. Nutq organlari kasalliklariga quyidagilar kiradi. Afoniya shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi boʻlishi mumkin. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi, nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi, kuchli asabiylashish natijasida ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qoʻrqish halqum va hiqildoq shilliq qavatiga oʻyuvchi kimyoviy moddalar taʼsir etishi Afoniyaga sabab boʻladi. Ba'zi bolalar gapirayotganda so'zlarni va tovushlarni cho'zib gapirishadi. Bunday holat bradilaliya deb ataladi. Bunda unli tovushlar monoton ravishda cho'zib talaffuz qilinadi. Bunday bolalar odatda juda bo'shashgan, sekin harakatchan bo'ladilar. Buning sababi asab tizimidagi nosozliklar bo'ladi. Bola shoshib, kuchanib, bo'g'inlarni qoldirib ketib so'zlarni tez-tez talaffuz qilishiga taxilaliya deb ataladi. Bunday bolalar juda faol, urushqoq, tez qo'zg'ab ketadigan bo'ladilar.
Bolaning nutq apparatida anatomik yoki fiziologik buzilishlar mavjud bo'lsa, bola gapirayotganda xuddi burni bilan gapirgandek eshitilsa, u holda rinolaliya kasalligi mavjud bo'lishi mumkin. Rinolaliyalik bola tovush chiqarganda havo oqimi burunga chiqib u yerda vibratsiya hosil qiladi. Natijada tovush biroz dimoqdan chiqqandek eshitiladi. Bunday bolaning nutqi tushunarsiz bo'ladi. Odatda rinolaliya kasalligining sababi nutq apparatidagi organlarning tug'ma nuqsonlaridir. Lekin ba'zi hollarda bunga og'iz-burun kasalliklari ham sabab bo'lishi mumkin. Dizartriya - tovush chiqarishda ishtirok etadigan muskullar faoliyatining buzilishi natijasida noaniq, gʻuldirab gapirish. D. uzunchoq miyadagi IX, X va XII juft nervlar yadrosining zararlanganligidan dalolat beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. A.Bahramov, Sh.Sharipov, M.Nabiyeva “Tabiatshunoslik” umumiy o`rta ta`lim maktablarining 3-sinf o`quvchilari uchun darslik. Toshkent – 2019 2. O`zbek tilining izohli lug`ati 3. Tibbiy ensklopediya 4. O`zbekiston milliy ensklopediyasi OG’IZ BO’SHLIG’I SHAXSIY GIGIENASI VOSITALARI VA USULLARIOgiz bo’shlig’i gigienasi - ogiz bo’shlig’ini ovqat qoldiklari,tish karashlari,xroviy va mikrob detritidan tozalash chora tadbirlarini o`z ichiga olib,og`iz bo’shlig’i organlarida soglom muhit yaratib berish uchun amalga oshiriladi.Og`iz bo’shlig’i gigienasi fiziologik akt hisoblanish tabiiy tozalanish jarayonlarini to`ldirishi lozim. Download 42.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling