1. Kompyutеr grafikasi paketlari deganda nima tushuniladi?
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
GRAFIKASI001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Hozirgi kunda qaysi rang modellari keng ishlatiladi
1.Kompyutеr grafikasi paketlari deganda nima tushuniladi? Kompyutеr grafikasi paketi - grafika bilan ishlovchi dasturlar to‘plamidir. Grafik paketga qoida tariqasida asosiy dasturdan tashqari paketning integratsiyasini ta’minlovchi va boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqani ta‘minlaydigan bir qator yordamchi dasturlar kiradi. Masalan: Corel Graphics Suite tijorat paketiga Corel Draw vektor grafik muharriri, Corel Photo Paint rastr grafik muharriri, Corel Tracrastrli tasvirlarni vektorga aylantirish dasturi va Corel Capture kabi bir qator qo‘shimcha yordamchi dasturlar kiradi. 2.Hozirgi kunda qaysi rang modellari keng ishlatiladi? Rang modellari. Rang modellari - bu ranglarni chiqarish va koʻrsatish yoʻli. Eng keng qoʻllaniladigan ranglar modellari: RGB (qizil, zangori, koʻk) monitorlarda tasvirlarni koʻrsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. Bundan tashkari Bitmap (ikkita rang), Grayscale (kulrang holati), Duotone, Indexed Color (indekslangan ranglar), Lab va Multichannel (koʻp kanalli). RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – koʻk birlamchi ranglarning bosh harflaridan olingan boʻlib, ushbu ranglarning turli proportsiyalarda aralashtirish natijasida koʻrinuvchi spektrning turli xil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) ranglar hosil boʻladi. RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 boʻlganda oq rang, R=0, G=0, B=0 boʻlganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin. CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) Tasvir xavorang, purpur, sariq va qora ranglar hamda ular koʻrinishlari holatlarida saqlanadi. Asosan printerlarda tasvirlar chiqarishda qoʻllaniladi. CMYK modeli boʻyoqlarning nurni yutish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur oʻtuvchi boʻyoqdan oʻtishida spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam koʻziga tushadi. Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan paydo boʻladi. Ularning toʻliq aralashmasidan qora (black) rang xosil boʻladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling