12.XXI asrda kompyuter grafikasi qanday imkoniyatlarni berdi?
XXI asrda kompyuter grafikasi vositalari fotografik tasvirlardan
qolishmaydigan real tasvirlarni yaratish imkonini berdi. Har xil turdagi va maqsadli
tasvirlarni oddiy chizmalardan tortib tabiiy ob’ektlarning real tasvirlarigacha olish
uchun turli xil apparat va dasturiy ta’minot yaratilgan. Kompyuter grafikasi deyarli
barcha ilmiy va muhandislik fanlarida vizual idrok etish va axborotni uzatish uchun
qo‘llaniladi.
Yangi ming yillikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari insoniyat hayotining
barcha jabhalarida hal qiluvchi rol o‘ynashi aniq. Kinematografiya, nashriyot, ilmiy
tadqiqot, ta’lim muassasalari kabi sohalarda ushbu texnologiyalarni joriy etish
allaqachon haqiqiy inqilobni amalga oshirdi.
13.Kompyuter grafikasi paketlarida qanday vazifalar ko‘rib chiqiladi?
Hozirgi vaqtda kompyuter grafikasi oddiy chizmalardan tortib tabiiy ob’ektlarning real
tasvirlarigacha bo‘lgan turli xil tasvirlar uchun apparat va dasturiy ta’minot haqidagi fan
sifatida paydo bo‘ldi. Kompyuter grafikasi paketlari esa deyarli barcha fan va
muhandislik fanlarida vizualizatsiya va idrok etish, axborotni uzatish uchun qo‘llaniladi.
U tibbiyotda, reklamada, ko‘ngilochar industriyada va boshqa ko‘plab sohalarda
qo'llaniladi Grafika ustida ishlash ommaviy foydalanish uchun dasturlar ishlab
chiqaradigan dasturlash guruhlari ish vaqtining 90% gacha oladi.
Kompyuter grafikasi paketlarining yakuniy mahsuloti tasvirdir. Ushbu tasvirdan texnik
chizma, qoʻllanmadagi qism illyustratsiyasi, oddiy diagramma, taklif etilayotgan
strukturaning meʼmoriy koʻrinishi yoki dizayni, reklama illyustratsiyasi kabi turli
usullarda foydalanish mumkin.
14.Kompyuter grafikasi paketlari fanining predmeti nima?
Kompyuter grafikasi paketlari fanining predmeti kompyuter yordamida modellar va
ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlashdir. Bu kompyuterda turli xil
tasvirlarni (chizma, chizma animatsiya) olish muammolari bilan shug‘ullanadigan
informatika bo‘limi.
Kompyuter grafikasi paketlarida quyidagi vazifalar ko‘rib chiqiladi: – tasvirni
kompyuter paketlarida aks ettirish;
– tasvirni vizualizatsiyaga tayyorlash;
- tasvir yaratish;
- tasvir bilan amallarni bajarish
Do'stlaringiz bilan baham: |