1. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot Kompyuterlarni sinflash


Download 90.6 Kb.
bet3/15
Sana27.10.2023
Hajmi90.6 Kb.
#1727112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish chiqarish-fayllar.org

Noutbuk kompyuteri 
Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira 
hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri
ham elektr energiyasidan va ichiga o‘rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz (batareyani har safar 
almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o‘zi
zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bundan tashqari
bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular
shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq dasturlar
Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
Cho‘ntak kompyuteri 
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho‘ntak kompyuterlari ham ishlab 
chiqilmoqda. Ular ham turli soha masalalarini yechishga qodir.

Kompyuterning ishlash printsipi



Ixtiyoriy kompyuterni ishlash printsipini birinchi bo‘lib ingliz olimi Charlz Bebbidj va


uning g‘oyasini mukammallashgan ko‘rinishini Djon Fon Neyman taklif qilganlar. Uning 
printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g‘oyasidan iborat.
Hozirda ko‘p rusumli kompyuterlar shu g‘oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko‘p 
protsessorli kompyuterlar, ya‘ni bir vaqtda dasturning bo‘laklarini ketma-ket emas, parallel
bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o‘tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter 
avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O‘z navbatida dastur qo‘yilgan masalani kompyuterda
yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. 
Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga
o‘tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan 
ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo‘yicha avtomatik ravishda bajariladigan
dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida 
dasturni tashkil etuvchi har bir operator (komanda) ketma-ket bajariladi.

Download 90.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling