Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.
1. Tizimli blok (Protsessor).
2. Ekran (Monitor).
3. Klaviatura.
4. Sichqoncha.
Tizimli (Sistemaviy) blok (Protsessor) – kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga
quyidagi elementlarni jamlaydi. Ona plata, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), Operativ
xotira (OZU), CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW), tashqi qurilmalar kontrolleri,
shinalar, elektr ta‘minoti bloki va boshqalar.
Ona plata – asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina
orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli plataning mikrosxemalar
to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-hotira (kesh L2), shina razyomlari, tizimli soat hamda CMOS
uchun elektr manbai (batareya), kiritish-chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va
tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.
Mikroprotsessor (CPU) arifmetik-mantiqiy qurilma bo’lib, kompyuterning «yuragi»
hisoblanadi.
Dаstur yordаmidа bеrilgаn mа‘lumоtlаrni o’zgаrtirаdigаn, hаmmа hisоblаsh jаrаyonlаrini
bоshqаrаdigаn hаmdа hisоblаsh ishlаrigа tеgishli mоslаmаlаrning o’zаrоаlоqаsini o’rnаtаdigаn
qurilmа – mikroprоtsеssоr dеb аtаlаdi. Аrifmеtik vа mаntiqiy аmаllаrni bаjаrish, hоtirаgа
murоjааt qilish, dаsturdаgi ko’rsаtmаlаrning bеrilgаn kеtmа-kеtlikdа bаjаrilishini bоshqаrish vа
bоshqааmаllаr mikroprоtsеssоr zimmаsidаdir.
Kompyuterlarda INTEL, AMD, IBM va boshqa firmalarning mikroprotsessorlari
ishlatilmoqda.
Qattiq disk (HDD) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi
qurilmadir. Unda barcha dastur va ma‘lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar
aylanadigan ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va karamikali disklardan iborat
bo’lgani uchun ko’pincha qattik disk deb ataladi. Qattiq disk o‗lchamlari turlicha bo’lishi
mumkin. Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-1000 Gb dan 1 Tb gacha bo’lgan o’lchamdagi
turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |