1. Kompyuter lingvistikasi fanning maqsadi va vazifasi va fan sifatida rivojlanishida nazariy va amaliy tadqiqotlar


Download 11.56 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2023
Hajmi11.56 Kb.
#1781952
  1   2   3
Bog'liq
1-variant-WPS Office


1-variant
1. Kompyuter lingvistikasi fanning maqsadi va vazifasi va fan sifatida rivojlanishida nazariy va amaliy tadqiqotlar.
Hisoblash texnikasi va lingvsitika kesimida bir qator nomlar bilan atalgan tutash soha vujudga keldi. Bu fan dastlab, matematik lingvistika, struktur lingvistika, hisoblash lingvistikasi deb nomlangan. Hozirda kompyuer lingvistikasi degan muqim nomga ega boidi. Bu fanning shakllanishida ikki omil qayd etiladi: 1) lingvist tadqiqotchilar zamonaviy aniq fanlar (asosan, matematika) lingvistikada yetishmayotgan aniqlikni ta’minlashda yordam berishiga umid bildirdilar. EHMning paydo bo‘lishi bu umidni mustahkamladi. Ko‘pgina tilshunoslarga avval boshdanoq kompyuter nafaqat tez ishlaydigan arifmometrlar, balki matn ustida bajariladigan amallami avtomatlashtirishning qudratli vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlami avtomatlashtirish imkoniyati yuzaga keldi. Masalan, matnlami statistik tahlil qilish, turli lug‘at va leksik kartotekalami to‘plash avtomatik tizim asosida olib borildi; 2) kompyuter paydo bo‘lgach ular bilan aloqaga kirishishga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchilaming muloqotini ta’minlash muammosi tug*ildi. Bunday foydalanuvchilar uchun eng maqbuli kundalik faoliyatlaridagi tabiiy til hisoblanar edi. Ammo bu tarzdagi o‘zaro munosabatni tashkil etish uchun, dastavval, insonlaming o‘zaro muloqot jarayonida uning tabiiy tildan foydalanish qonunlari va xususiyatlarini tushunish kerak bo‘lar edi. An’anaviy tilshunoslik bu masalalar bilan shug‘ullanmagani ma’lum bo‘ldi.
Kompyuter Iingvistikasi XX asming 50 - yillarida yuzaga keldi. Bu fanning shakllanishida Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning asoschisi Lui Yelmslevning g‘oyalari o'ziga xos «turtki» vazifasini o‘tagan. U hatto til hodisalarini matematik bayonda tushuntiradigan fanning nomini ham taklif etgan. Olimning fikricha, bu fan «Til algcbrasi» («Lingvistik algebra») deb atalishi lozim edi. Amerikalik tilshunos Noam Xomskiyning formal grammatika, transformatsion grammatika haqidagi qarashlari bevosita matematik lingvistikaning alohida yo‘nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Kompyuter lingvistikasi”ning maqsadi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a) kompyuter lingvistikasi fani inson va mashina (kompyuter)ning o‘zaro aloqamunosabatga kirishuviga asos bo‘ladi;
b) turli hududlarda yashayotgan kishilaming o ‘zaro maqsadli muloqotiga imkoniyat yaratiladi;
d) kompyuter lingvistikasining asosiy ish vositasi hisoblangan axborot uslubi dunyoda yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy yangiliklaming tezkor va aniq shaklda yetkazilishini ta’minlaydi.
Kompyuter Iingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalami yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing)dan iborat1 Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari quyidagilar: avtomatik o‘qitish tizimini ishlab chiqish; tillami o‘qitish; bilimlami tekshirish; matnlami turli jihatdan avtomatik tahrirlash va tahlil qilish; matnlaming avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini (inglizcha parsing) ta’minlovchi tizimlar yaratish; mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan dasturlami ishlab chiqish; lug‘atlami va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish; lingvistik muammolami hal qilishga yo‘naltirilgan optimal dasturlar yaratish; muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish; matn strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish; elektron lug‘atlar va tezaurslar yaratish; sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqish; matnlar korpusini shakllantirish; matnni avtomatik referatlash; syujet strukturasini modellashtirish; nutqni avtomatik tushunish tizimini ishlab chiqish (inglizcha ASR - Automatic Speech Recognition); matndan faktlarni avtomatik ajratib olish (inglizcha fact extraction, text mining). Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari tillami o ‘qitish, bilimlami tekshirish, matnlami tahrirlash, tahlil qilish, avtomatik tahrir, mashina tarjimasi dasturlarini ishlab chiqishdan iboratdir.

Download 11.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling