1. Kompyuter lingvistikasi fanning maqsadi va vazifasi va fan sifatida rivojlanishida nazariy va amaliy tadqiqotlar
So‘z turkumlarini modellashtirish
Download 11.56 Kb.
|
1-variant-WPS Office
3. So‘z turkumlarini modellashtirish.
Model (lotincha «modelus» so‘zidan olingan bo‘lib, «nusxa», «andaza», «o‘lchov», «me ’уог» ma’nolarini anglatadi) tabiiy fanlar yoki, umuman, fanda muayyan original - obyekt haqidagi ma’lumotlar majmuyi sifatida yuzaga kelgan hosila - obyekt, moddiy qurilma, grafik, sxema, umuman, bilish vositasi. Boshqacharoq tushuntirganda, model tabiiy obyektlaming imitatsiyasidir (o‘xshashi, taqlidiy ko‘rinishi), u o‘zbek tilidagi “qolip”, “andaza” so‘zlariga mos keladi. So‘z turkumlarini modellashtirishda quyidagi shartli belgilar e’tirof etilgan. So‘z turkumlari modellari: Ot turkumiga oid quyidagi simvollardan foydalaniladi: N - birlik shaklidagi ot: olma\ Ns - ko‘plik shaklidagi ot: olmalar; N com -turdosh otlar: qalamlar\ N - atoqli otlar uchun: О ‘tkir; N P-otli birikma uchun: olmayemoq. Sifat uchun Adj yoki A; sifatli birikma uchun AP simvollaridan foydalaniladi. Son predmetning miqdori va narsa-buyum, voqea-hodisalar tartibini bildiradi. Son so‘z turkumini ifodalash uchun Q simvolidan foydalaniladi. Fe’l turkumi simvollari: V - fe’l, yurmoq; Vo - o‘timli fe’l: chizmoq; Vno- o‘timsiz fe’l: kulmoq; V f- fe’lning predikativ (shaxsli shakli - finite form) shakli: ко ‘rdim; V nf- fe’lning nopredikativ shakli (shaxssiz shakli - non-finiteform): ко ‘rmoq; Vn- hozirgi zamon sifatdoshi yoki gerundiy shaklidagi fe’l: ko'rayotgan; Vcn - o‘ygan zamon sifatdoshi yoki majhul nisbatdagi fe’l: ko'rgan, ko'rilgan; VP - fe’lli birikma: oldayurmoq; aux-yordamchi fe’llar; mod -modal fe’llar. Ravish asosan fe’lga bog‘lanib, keladi. Ravish uchun Adv yoki D simvolidan foydalaniladi. Olmosh gapda ot, sifat yoki ravish o‘mida qo‘llanuvchi so‘z turkumidir. Olmosh uchun Pron simvolidan foydalaniladi. Artikl yordamchi so‘z bo‘lib, otning maxsus belgilovchisi hisoblanadi. Artikl barcha tillarda ham uchramaydi, artikl uchun Art simvoli qo‘llanadi. Predlog (old ko‘makchi) yordamchi so‘z bo‘lib, otning gapdagi boshqa so‘zlarga nisbatan bo‘lgan munosabatini (ya’ni makon, vaqt va sabab kabi munosabatlami) ifodalaydi. Predlog uchun Prep yoki p simvolidan foydalaniladi. Bog‘lovchi yordamchi so‘z bolib, gap bo‘laklari yoki gaplami bog‘lash uchun xizmat qiladi. BogMovchi uchun Com simvolidan, yuklama uchun Part simvolidan, undov so'zlar uchun Interj simvolidan, taqlid so‘zlar uchun Mim simvolidan foydalaniladi. Download 11.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling