1. Kompyuter quyidagi turlarga bo’linadi


Xotira qurilmalarining vazifasi va turlari


Download 151.81 Kb.
bet7/12
Sana09.10.2023
Hajmi151.81 Kb.
#1696620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Boriyev Behruzbek amaliy ish 1

9. Xotira qurilmalarining vazifasi va turlari.


Xotira qurilmasi – elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd qilish, saqlash va operator izlaganda „qaytarib berish“ uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar) ning magnit xossasini oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash va boshqa amallar bajariladi.
Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat boʻladi. Axborotlarni izlash usuliga koʻra, adresli (har bir xotira uyasiga zarur raqam qoʻyiladi va axborot aniq bir adres boʻyicha izlanadi) hamda assotsiativ (axborotlar alomatlar yigindisi boʻyicha izlanadi) xotira qurilmasi farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod matritsalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar, ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni.
Inson miyasi eng mukammal xotira qurilmasi hisoblanadi. Unda (10—15)109 ga yakin asab hujayrasi (uyasi) – neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri xotira hujayrasi (uyasi)ni tashkil qiladi.
Kompyuterning „miyasi“ – mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan maʼlumotlarni „oʻqib“, maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT muhitida, agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta boʻlsa, lokal tarmoqdar (internet, elektron pochta – Email) da ishlashi mumkin. Koʻpchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qoʻshimcha KEShxotira oʻrnatiladi. Koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar ana shu xotiraga kayd kilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira) va CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat koʻrsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron texnikasining rivojlanishi, bionika yutuqyaaridan samarali foydalanish tufayli sigʻimi inson miyasi sigʻimiga yaqinlashib qoladigan xotira qurilmasi yaratishga muvaffaq boʻlindi.


Download 151.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling