Mavzu: Kompyuterni testlash (AIDA64, CPU-Z, GPU-Z dasturlari misolida). Markaziy protsessorning olib turini aniqlash
Ishning maqsadi: Nazorat dasturlari, test va diognastika-kompyuter qurilmasining to‘g‘ri ishlab turishini tekshirish uchun foydalanadi va ishlatish jarayonida nosozligini topish uchun, ya’ni nosoz joyini va sababini ko‘rsatib berish uchun xizmat qiluvchi jarayon
Masalaning quyilishi:
Testlash obyektlarini tayyorlash;
Testlashni ishga tushirish;
AIDA64 testlash dasturini ishga tusiring.
CPU-Z testlash dasturini ishga tushiring.
GPU-Z testlash dasturini ishga tushiring
Sistema bloki komponentlarini о‘rganish. Kompyuterga asosiy va qо‘shimcha qurilmalarini ulash, xarakteristikalari bilan tanishish.
ISHNI BAJARISH TARTIBI:
Kompyuter tizimida elektr yo‘qligiga ishonch hosil qiling (agar kerak bo‘lsa tizimni elektrdan uzing).
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari mavjudligini aniqlang.
Elektr ta'minotining joylashishini aniqlang, quvvat manbai quvvatini bilib oling.
Onaplata joylashgan joyni ko‘rsating.
Onaplatani elektr ta'minotiga ulash xususiyatini o‘rganing. AT form faktoridagi onaplatalar uchun elektr ulanishi ikkita ulagich yordamida amalga oshiriladi. Qora o‘tkazgichlarning joylashishiga e'tibor bering - bu ulagichlarning to‘g'ri juftligi uchun muhimdir.
Qattiq disk joylashgan joyni o‘rganing.
Quvvat ulagichining o‘rnini o‘rganing. Qattiq diskni ona plataga ulaydigan lenta kabelining yo‘nalishini aniqlang. Qizil o‘tkazgichning joylashgan joyiga e’tibor bering (qattiq diskda u quvvat ulagichi yonida joylashgan bo‘lishi kerak).
Disket disklari va CD-ROM disklarining joylashishini o‘rganing. Ularning o‘tkazgich kabellari yo‘nalishini kuzatib boring va quvvat ulagichiga nisbatan qizil rangli o‘tkazgichning holatiga e'tibor bering.
Video kartaning manzilini o‘rganing. Video kartasi interfeysining turini aniqlang.
Agar boshqa qo‘shimcha qurilmalar mavjud bo‘lsa, ularning vazifalarini aniqlang, ushbu qurilmalarning xarakterli xususiyatlarini tavsiflang (ulagichlarning turlari, interfeys turi va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |