Mavzu: Kompyuterni testlash (aida64, cpu-z, gpu-z dasturlari misolida). Markaziy protsessorning olib turini aniqlash Ishning maqsadi
BIOSNI ISHGA TUSHURISH, BIOS SOZLANMALARINI SOZLASH, ONA PLATAGA YANGI O‘RNATILGAN XARITANI ISHINI BIOS ORQALI BOSHQARISH
Download 87.17 Kb.
|
Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Press DEL to enter SETUP
BIOSNI ISHGA TUSHURISH, BIOS SOZLANMALARINI SOZLASH, ONA PLATAGA YANGI O‘RNATILGAN XARITANI ISHINI BIOS ORQALI BOSHQARISH.
BIOS (Basic Input/Output System) - asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard (materinskaya plata) da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog’lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi (NTLDR, bootmgr). BIOS to‘g‘ridan-to‘g‘ri apparat qismiga boglanuvchi dasturiy ta’minot. U kompyuterni yoqilganda unga ishonib topshirilgan kichik tizimlarini sinab ko‘rish uchun ishlatiladi, keyin nazorat – operatsion tizimning yuklovchisiga o‘tkaziladi. BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib bo‘lmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS’ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda «Press DEL to enter SETUP» ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma’lumot Motherboard(Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin. KOMPYUTERNI TESTLASH (AIDA64, CPU-Z, GPU-Z dasturlari misolida). Nazorat dasturlari, test va diognastika-kompyuter qurilmasining to‘g‘ri ishlab turishini tekshirish uchun foydalanadi va ishlatish jarayonida nosozligini topish uchun, ya’ni nosoz joyini va sababini ko‘rsatib berish uchun xizmat qiluvchi jarayon hisoblanadi. Dasturlarni tekshirish, testdan o‘tkazish va diagnostika qilish. Kompyuterlarga o‘rnatilgan qurilmalarning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish va dasturlardagi kamchilliklarni aniqlash, ularning ishlashini amalga oshirish, buzulgan joylarni aniqlab sabablarini ko‘rsatishdan iborat. Drayver dasturlar. Operativ xotiralar, kiritish chiqarish qurilmalarini boshqarish bo‘yicha operatsion tizimlarning imkoniyatini kengaytiradi: drayverlar yordamida yangi qurilmalarni kompyuterga ulash yoki mavjudlaridan nostandart foydalanish mumkin bo‘ladi: O‘rovchi dasturlar-(arxivatorlar). Disklarga axborotni ancha tig‘iz yozish imkonini beradi, shunigdek bir necha fayllar nusxasini bitta arxiv faylga birlashtirish imkonini beradi. Virusga qarshi dasturlar- kompyuter viruslari bilan zararlanishning oldini olish va virusdan zararlanish oqibatlarini bartaraf qilish uchun mo‘ljallan-gan bo‘ladi. optimallash dasturlari va disk kengligi sifatini nazorat qilish; axborotni tiklash dasturlari, formatlash (hajm), ma’lumotni himoya qilish; aloqa dasturlari, kompyuterlararo axborot almashishni tashkillashtiradi; xotirani boshqarish uchun dasturlar, operativ xotiradan turli ko‘rinishda foydalanishni ta’minlaydi; CD-ROM, CD-R va boshqalarni yozish uchun dasturlar. Download 87.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling