1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar


WiFi(vayfay deb o‘qiladi) dastlab «Wireless Fidelity


Download 1.1 Mb.
bet11/18
Sana08.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

WiFi(vayfay deb o‘qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o‘rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo‘lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib, IEE802.11 standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to‘g‘ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo‘lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo‘lishi kerak, bu tashuvchi chastota deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo‘lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o‘rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo‘ladi. Bular o‘rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo‘ladi, ya’ni bu chastotada boshqa qurilamalr ham ishlaydi(bluetooth), demak bir biriga biroz halaqit berishi mumkin.
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL… .

Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo‘ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo‘ladi, yoki bo‘lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo‘ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo‘lmaydi, ya’ni Wi-Fi router orqali jo‘natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.

Umumiy oladigan bo‘lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.

Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo‘lgandan so‘ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba’zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o‘yinlar ham o‘ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.


IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:
IEE802.11a;
IEE802.11b;
IEE802.11g;
IEE802.11n.
Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo‘lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.

Ko‘p kafe, restoran, katta binolar, do‘konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko‘rishingiz mumkin.



Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya’ni qabul qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo‘lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo‘lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulanaolmaydi(agar parolni bilmasangiz).


Maqolada, Wi-Fi haqida umumiy tushuncha berishga harakat qildim, keyingi maqolalarda bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o‘tishga harakat qilaman.
Simlar dunyosi insoniyatni intеrnеtga ulashda inqilob yasadi dеsak, mubolag`a bo`lmaydi. Endi esa insoniyat yana bir inqilob ostonasida turibdi. Uni, simsiz inqilob, dеb atash mumkin.
Intеrnеtga simsiz ulanishning eng ommabop usuli Wi Fi yoki 802.11 dеb ataladigan tеxnologiyalardan biridan foydalanishdir. Bu tеxnologiyalarnin bir nеcha standartlari mavjud va bu standartlar turli tеzliklarni taklif etadi. 802.11b standarti 11 Mb/s gacha tеzlikda ma'lumot uzata oladi. 802.11a standartida esa tеzlik 5,4 Mb/sga еta oladi. 802.11g standartida tеzlik 54 Mb/s bo`lishi mumkin. Yangi 802.11n standarti ma'lumotlarni 500 Mb/s tеzlikda uzata oladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling