1.Yulduzsimon (Star Network)
Kuyida 8.rasmda yulduzsimon tarmoq topologiyasi keltirilgan. Bu tarmoqda bir nechta uzellar, ya’ni ish stantsiyalari xost (ya’ni asosiy) uzel bilan bog’lanadi. Tarmoqda uzellar aloqasi faqat xost interfeys orqali amalga oshiriladi. Bu tarmoqda xost uzeli boshqa uzellarning aloqasini markazlashtirilgan tarzda marshrutlar asosida boshqaradi va ular o’rtasidagi matiqiy aloqani ta’minlaydi.
8- rasm. Yulduzsimon tarmoq.
Bu topologiyaning asosiy afzalliklari quyidagilardir:
1. Yulduzsimon topologiya liniyalarning minimal qiymati, negaki tarmoqda p-1 ta uzel ulanishi talab qilinadi.
2. Tarmoqqa yangi uzellarning ulanishi tarmoqda ma’lumotlar almashuviga, yoki tarmoqning ishlashiga xalaqit bermaydi.
3. Agar biron bir uzel ishdan chiqsa, qolgan uzellarning ishlashi davom etaveradi.
Bu topologiyaning kamchiliklari:
Tarmoq asosan xost-uzelga bog’lanib qoladi. Agar xost-uzel ishdan chiqsa yoki ma’lum bir muoammoga duch kelsa butun tarmoq ishlamay qoladi.
2. Doirasimon tarmoq topologiyasi.
Quyida 9.rasmda doirasimon yoki xalqasimon tarmoq topologiyasi keltirilgan, bu topologiyada xar bir uzel ikki tomonlama bog’langan bo’ladi, ya’ni yon qo’shnidagi uzellar bilan ulangan bo’ladi.Bunda asosiy bosh uzel, ya’ni tarmoqni boshqa uzellarini boshqaradigan uzel bo’lmaydi. Demak ushbu topologiyada xar bir uzel axborotni yonidagi qo’shni uzellardan olishi mumkin. Agar axborot uzatilganda ushbu uzelning manzili kiritilgan bo’lsa axborotni qabul qilib oladi, teskarisi bo’lsa axborotni keyingi uzelga uzatib yuboradi.
9-rasm. Doirasimon topologiya.
Ushbu topologiyaning afzalliklari:
1. Doirasimon topologiyali tarmoq yaxshi ishlaydi, chunki unda marshrutlarni aniqlaydigan markaziy uzel yo’q.
2. Yulduzsimon tarmoqqa qaraganda ushbu topologiya ishonchliroq, chunki uzellar bitta markaziy uzelga bog’liq emas.
Kamchiliklari:
1. Doirasimon tarmoqda aloqa tezligi tarmoqdagi uzellar soniga to’g’ridan-to’g’ri proportsional ravishda bog’lik. Yangi uzellarni tarmoqqa qo’shilishi aloqa tezligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilib uni sekinlashtiradi.
2. Bu tarmoqni boshqarish uchun yulduzsimon tarmoqqa qaraganda ancha murakkab dasturiy ta’minot talab qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |