1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar


Download 1.1 Mb.
bet1/18
Sana08.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari


5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari


1.Kompyuter tarmog’i bayonnomalari.
2.Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i.
3.Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar.
4.Kompyuter tarmog’i bayonnomalari.
5.Kompyuter tarmog’ida manzil tushunchasi.
Ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga uzatish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Xisoblash texnikasi va kommunikatsion vositalar asosida ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi yaratilishi juda katta voqea bo’lib, u axborot asrining asosiy revolyutsion bosqichi bosqichi bo’ldi. Va bular, o’z navbatida kompyuter tarmoqlarini paydo bo’lishiga asos bo’ldi.
Kompyuter tarmoqlari, o’zaro bir-birlari bilan bog’langan bir nechta kompyuterlarning shunday tarmog’i bo’lib, ular kompyuterlar o’rtasida ma’lumotlarni uzatish va almashish uchun mo’ljallangandir. Kompyuter tarmoqlarining asosiy masalasi, o’zaro bir-birlari bilan bog’langan kompyuterlar orasida ma’lumotlarni uzatish, almashish va resurslardan (apparat va dasturiy ta’minotlar) umumiy foydalanish, xamda barcha yuklamalarni kompyuterlar o’rtasida taqsimlashdan iboratdir.
Ushbu mavzuda biz dastlab Ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi to’g’risida, keyin ulardan turli xildagi komyuter tarmoqlarini yaratishda foydalanish bo’yicha quyidagi bilim va ko’nikmalar beramiz:
1. Aloqa tizimlaring asosiy elementlari.
2. Ma’lumotlarni bir joydan ikkinchisiga uzatishda qo’llaniladigan kurilmalar, kanallar va usullar.
3. Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari.
4. Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan ma’lumotlarni uzatish protokollari.
5. Internet texnologiyasi vositalari.
6. Simsiz aloqa texnologiyalari va simsiz tarmoqlar.
7. Taqsimlanadigan xisoblash tizimlari.
Aloqa tizimlaring asosiy elementlari.
Ma’lumotlarni uzatish jarayonida aloqa tizimida uchta asosiy element ishtirok etadi:
1. Yuboruvchi(ma’nba),ya’ni ma’lumotlarni yaratuvchi va junatuvchi;
2. Muxit (vosita), ma’lumotlarni tashuvchi.
3. Qabul qiluvchi (iste’molchi), ma’lumotlarni qabul qilib oluvchi.
Masalan, Siz telefonda do’stingiz bilan gaplashyapsiz, bu jarayonda Siz ma’lumotlarni junatuvchi, telefon a’loqasi muxit, va do’stingiz qabul qiluvchi bo’ladi.
Xuddi shu tartibda, ma’lumotlarni uzatish xam amalga oshiriladi, bu erda ma’lumotlarni yaratuvchi va junatuvchi mashinalar (kompyuter, terminal va boshkalar)bo’ladi, muxit bo’lib aloqa kanali simlari, simsiz aloqa kanallari xizmat qiladi, va kabul qiluvchi esa kompyuter vositalari,printer , plotter, videokamera va xokazolar bo’ladi.
Ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga uzatish uchun muljallangan elektron tizimlarni ma’lumotlarni uzatish tizimlari deb ataladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling