1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar
Download 1.1 Mb.
|
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari
6. Optik tola kabellari.
Optik tola kabellari oyna yoki platsmassadan tayyorlangan bo’lib, ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan ingichka iplardan tashkil topgandir.Ularning boshqa kabellardan, jumladan vitaya para yoki koaksal kabellardan farqi shundaki, ular elektr signallari bilan bir katorda yorug’lik signallarini xam uzatadi. Shuning uchun xam ularning ma’lumotlarni uzatish tezligi juda xam yuqoridir(Qarang 5. Rasm). 5-rasm. Optik tola kabellari 6-rasm. Optik tola aloqa tizimi. 6. rasmda optik tola aloqa tizimi asosiy komponentlari ko’rsatilgan. Bunda jo’natuvchi tomonidan yuborilayotgan elektr signallarini konverter (preobrazovatel)lar orqali yorug’lik signallariga o’zgartirib beradi. Bu jarayonda ular yoki yorug’lik moslamasi (svetoizluchayushchiy) diodlaridan, yoki lazer diodlaridan foydalanadilar. Ma’lumotlar qabul qiluvchiga etib borgandan keyin esa yorug’lik signallari yana elektr signallariga qaytatdan almashtiriladi. Buni amalga oshirish uchun fotodiodlardan foydaniladi. Kuchaytirgich moslamasi esa ma’lumotlarni uzatishni kuchaytirib elektr signallarini qabul qiluvchiga yuboradi. Optik tolali aloqani quyidagi afzalliklari mavjud: 1. Juda katta xajmda ma’lumotlarni yuborish imkoniyati. Ular orqali juda katta tezlikda shaxarlararo juda katta xajmdagi ma’lumotlarni etkazish mumkin. Ular, eng yaxshi koaksal kabellariga qaraganda ma’lumotlarni 10 dan 100 baravargacha tezlikda o’tkazib berishi mumkin. 10 ta optik tolali bog’lamdan iborat bo’lgan kabel bir vaqtning o’zida 200000 ovozli kanallarni mujassamlashtirishi mumkin. 2. Yo’qotishlarni kamligi. Yorug’lik signallari elektr signallariga qaraganda deyarli qarshiliklarsiz va yo’qotishlarsiz uzoq masofalarga juda yuqori tezlikda xarakatlanishi mumkin. Bizga ma’lumki, elektr signallari bilan ishlovchi xar qanday ma’lumotlarni yuborish tizimi (masalan, mis yoki koaksial kabellari)ma’lum bir vaqt va masofa oralig’ida kuchaytirgichlardan foydalanishni talab qiladi. Yorug’lik signallarida kuchaytirgichlar ishlatiladi, lekin ular juda uzoq vaqtda va juda katta masofalarda qo’llaniladi. Bu o’z navbatida xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. 3. Eletromagnit to’siqlariga va qarshiliklariga chidamliligi. Optik tolali kabellar shisha yoki plastikdan tayyorlangani uchun magnit va elektr to’siqlariga deyarli duch kelmaydi. Bu o’z-o’zidan to’siqlar tufayli sodir bo’ladigan xato va kamchiliklarni topishga va ularni to’g’irlashga ketadigan sarf xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. 4. Kichkina o’lchamligi va engil og’irlikdaligi. Optik tolali kabellar boshqa kabellarga qaraganda juda xam ixcham va engildir. Masalan, oddiy optik tolali kabellar serdechkasi va obolochkasi bilan diametri 0,125 mm va ustidagi ximoya qoplamasi bilan 3,5 mm bo’lgani 900 ta vitaya para misli diametri 8 sm bo’lgan kabellardan ko’ra axborotlarni tezroq o’tkazib berish qobiliyatiga ega. 5. Axborotlar xafvsizligi. Optik tolali kabellar xar qanday nosanktsionalangan ma’lumotlarga egalik qilishga va ulardan foydalanishga yuqori ximoya vositasiga egab, chunki ularga kirish juda xam murakkab va ularda optik signallar bilan ishlanadi. 6. Ximoyalanganligi va elektrik izolyatsiyasi. Optik tolali kabellar o’z navbatida izolyator xisoblanadi, va ular axborot ma’nbasi bilan qabul qiluvchi o’rtasida elektr izolyatsiyasini ta’minlaydi. 7. Analogli va raqamli signallarni yuborish. Optik tolali kabellarda analogli va raqamli signallarni uzatish imkoniyati mavjud. Optik tolali kabellar xam kamchiliklardan xoli emas, ulardan ba’zi birlari quyidagilardir: 1. Optik tolali kabellar mo’rt bo’lib,ularni montaj qilayotganda extiyot bo’lish talab qilinadi. 2. Ularni tekislash va ularni biri biri bilan ulash oson emas, buning uchun maxsus moslama va qurilmalar talab qilinadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling