1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar


Ma’lumotlarni uzatish bo’yicha xizmatlar


Download 1.1 Mb.
bet6/18
Sana08.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

Ma’lumotlarni uzatish bo’yicha xizmatlar.
Bir biridan ancha uzoq masofada bo’lgan ikki kompyuter o’rtasida ma’lumotlarni uzatish yo’li aloqa vositalari asosida, masalan mis simlari, koaxsal kabellari, vitaya para simlari, optik tolali kabellar va sputnik aloqasi asosida amalga oshiriladi. Bunday xizmatlarni ko’rsatuvchi korxonalar simlar tortishi, kuyaytirgichlar va boshqa aloqa qurilmalaridan foydalanadilar.
Asosan korxonalar quyidagi aloqa xizmat turlarini amalga oshiradilar:
1. Kommutator liniyalari (kommutiruemaya liniya). Kommutator liniyalari – bu xizmat turida telefon servisi xizmati bo’yicha amalga oshiriladi. Boshqa masofadagi kompyuter bilan aloqa qilish uchun, dastlab bog’lanish uchun u kompyuterning manzili ko’rsatilib so’rov amalga oshiriladi. Keyin aloqa tizimi telefon tarmog’ining kommutatsiya tizimi asosida ikkita kompyuter o’rtasida aloqa ta’minlanadi.
2. Ajratilgan liniya (videlennaya liniya). Ajratilgan liniyada aloxida maxsus ajratilgan telefon liniyalari orqali ikki kompyuter o’rtasida aloqa marshrutizatorlar yordamida bevosita va doimiy ta’minlanadi. Bu texnologiyada xam ovozli, xam ma’lumotlar bir vaqtning o’zida uzatilishi mumkin.
3. Raqamli tarmoq bo’yicha integrallashgan xizmat (ISDN). ISDN – bu telefon tizimi bo’lib, u raqamli (analogli emas) telefonlar asosida ma’lumotlarni uzatishga mo’ljallangan.liniya yavlyaetsya telefonnoe sistema, obespechivayushchaya tsifrovie (ne analogovie) telefonnie i peredachi dannix.
4. Value Added Network (VAN), qo’shicha qiymatga asoslangan tarmoq. Ba’zi bir korxonalar aloqa xizmatlarini amalga oshirishda ixtisoslashtirilgan bo’lib, ular standart aloqa xizmatlariga qo’shimcha qiymat asosida xizmat ko’rsatadilar. Bu qo’shimcha qiymat xizmatlariga elektron pochta, ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash, tijorat bazalariga kirish imkoniyati va boshqa xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Tarmoq topologiyalari.
Tarmoq topologiyasi, tarmoq ichida kompyuterlar va boshqa qurilmalarni bog’lanish chizmasini, strukturasini belgilab berib, qaysi yo’l bo’yicha axborotlarni uzatish jarayonini ko’rsatib beradi.
Tarmoq topologiyalari juda ko’p, lekin amaliyotda asosan to’rtta turi ko’proq qo’llaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini topologiyasi tanlanayotganda quyidagi faktorlarga asoslanadi:
1. Tizimning quvvati.
2. Tizimning ishonchliligi.
3. Tizimning o’lchami (razmeri), uzellar soni vaularning geografik joylashuvi.
4. Tizimni kengaytirish imkoniyati.
5. Tarmoqni yaratish uchun sarflanadigan komplekt qismlarining va xizmatlarning narxi.
6. Aloqa liniyalarining mavjudligi.
7. Ikkita uzel orasida marshrut bo’yicha axborotlarni uzatishda qarshiliklarni mos kelishi.
Quyida asosan qo’llaniladigan tarmoq topologiyalarini keltiramiz.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling