ICMP va SNMP protokollarini tushuntiring.
Marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP (Internet Control Message Protocol) protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. ICMP protokolining har bir xabari tarmoq bo‘ylab, IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari imtiyozsiz marshrutlanadi. Shuning uchun ular ham yo‘qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‘shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar to‘g‘risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‘qolishi, ICMPning yangi xabarlarini paydo qilmasligi kerak. ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud. Xabarning har bir turi o‘z formatiga ega va ularning hammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli to‘la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yig‘indisini 16 bitli maydoni (CHECKSUM). Bundan tashqari ICMP xabari har doim sarlovha va xatoni keltirib chiqargan IP paketning birinchi 64 biti ma’lumotlarga ega. ICMP protokoli tor masalalarini xal qiluvchi protokollar birlashmasi bo‘lib hisoblanadi.
SNMP protokoli.(Simple Network Management Protokol – Tarmoqni boshqaruvchi oddiy protocol ).
TCP/UDP arxitekturasiga asosan IP-tarmoqlaridagi qurilmalarni boshqarish uchun standart internet-protokol. SNMP ni qo’llab quvvatlovchi qurilmalarga marshrutizator, kommutator, server, ishchi stansiyalar, printerlar, modem rostgichlari va boshqalar kiradi. Protokol odatda tarmoq boshqaruv tizimlarida ishlatiladi.
SNMP pog’onasi(OSI modeli bo’yicha): amaliy, Oilasi: UDP, Port/ID: 161/UDP, 162/UDP,
Protokolning vazifasi: Tarmoq qurilmalarini boshqarish, Tasnifi: RFC 1155, RFC 1212, RFC 1213, RFC 1157, RFC 3411. Asosiy amalga oshirilishi(klient): Barcha tarmoq OT ga o’rnatilgan.
SNMP tarkibiy qismlari: Boshqariluvchi qurilma; Agent – boshqariluvchi qurilmada ishga tushiriluvchi dasturiy ta’minot; Tarmoq boshqaruvi tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |