24. IEEE 802.16 standartiga kiruvchi texnologiyani tushuntirib bering.
10 dan 70 Mbit/s gacha ma’lumotlar uzatish tezligiga ega bo‘lgan IEEE 802.11/802.16 standartlari asosidagi keng polosali kirish tizimlari, bunga hozirgi kunda etakchi o‘rinlarni egallab kelayotgan Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari kiradi;
WiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati.
WiMAX texnologiyasini rivoji hamda ko’tarilishi uchun 1999 yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qo’shilishgan. 2005 yil may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. O’sha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo’ygan.
1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (ko’pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).
2. WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yo’lni ochish.
25. SDH texnologiyasi asosiy vazifasi va iyerarhiyasini tushuntirib bering.
Bizga ma’lumki oxirgi yillarda aloqa tarmoqlarida pleziaxron raqamli ierarxiya (PDH) tizimlaridan tashqari sinxron raqamli ierarxiya (SDH) tizimlari ham keng qo’llanila boshladi. Bu asosan ularning PDHga nisbatan juda ko’p afzalliklari va xususiyatlari bilan bog’liq.
Sinxron raqamli ierarxiya (SDH), tarmoqning barcha uchastkalarini o’z ichiga oladigan, axborot uzatish kabi nazorat va boshqarish funktsiyalarini bajaradigan ko’p kanalli umumiy tizimni hosil qiladi. SDH ni qo’llash orqali apparatura narxini, foydalanish harajatlarini, sozlash va payvand qilish muddatini, qo’llanadigan apparaturalar sonini, hajmini kichraytirish mumkin. Bir vaqtning o’zida aloqa sifati sezilarli darajada oshadi.
U quyidagi xususiyatlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |