1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi


Marshrutizatorning ishlash printsipi


Download 105.64 Kb.
bet17/22
Sana26.01.2023
Hajmi105.64 Kb.
#1129446
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
komp tarmoq YN javoblar

Marshrutizatorning ishlash printsipi
Tarmoqni mantiqiy strukturalash uchun quyidagi kommunikatsion qurilmalar ishlatiladi:
- ko’priklar;
- kommutatorlar;
- marshrutizatorlar;
- shlyuzlar.
32. IP v 4 versiyasining klasslarini tushuntirib bering.

IPv4 protokoli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 223 ta adreslarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‘lgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, adreslar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda ko‘rib chiqilmagan.


IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
33. Kommutatsiyalash usullari.

Tarmoq yadrosini tashkil etishga ikkita kanallarni kommutatsiyalash va paketlarni kommutatsiyalash fundamental yondashishlar mavjud. Kanallarni kommutatsiyalashda butun tarmoq yo’lida zarur resurslarni (buferlar, chastotalar diapazonlari) aloqa seansi vaqtiga zahiralashtirish bo’lib o’tadi.


Kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga misol telefon tarmoqlari hisoblanadi. Bir abonentga boshqa abonentga ma’lumotlarni uzatish zarurati vujudga kelganidan nima bo’lishini ko’rib chiqamiz. So’zlashuvni boshlashdan oldin qabul qiluvchi va uzatuvchi tomonlar orasida bog’lanishni o’rnatish zarur. Mantiqiy bog’lanishdan farqli ravishda ko’rib chiqiladigan bog’lanish “mavjud, haqiqiy” hisoblanadi, ya’ni abonentlar orasidagi yo’lda yotadigan barcha kanallar aloqa holatida bo’ladi. Telefoniya tilida bunday bog’lanish kommutatsiyalash deyiladi. Kommutatsiyalashda bog’lanishning barcha vqtiga o’zgarmas uzatish chastotasi o’rnatiladi. Bu telefon tarmoqlarida standart chastotalar polosasining ishlatilishi tufayli mumkin bo’ladi.
Tarmoqlarda ikki foydalanuvchi bir-biri bilan bog’lanish jarayonida quyidagi asosiy kommutatsiya usullari mavjud:

  • kanallar kommutatsiyasi;

  • paketlar kommutatsiyasi;

  • xabarlar kommutatsiyasi.


Download 105.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling