1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi


OSI modelining pag’onalarini sanab bering


Download 105.64 Kb.
bet21/22
Sana26.01.2023
Hajmi105.64 Kb.
#1129446
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
komp tarmoq YN javoblar

39. OSI modelining pag’onalarini sanab bering.

Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi.




40. TCP/IP modelining pag’onalarini keltiring va tushuntiring.
Yuqori daraja (I-daraja ) har xil davlatlar va tashkilotlar tarmoqlarida ko’p yillik ishlatilishida TCP/IP steki darajada juda ko’p miqdorda prtokollar va servislar to’plandi. Bular keng qo’llaniladigan FTP fayllarni nusxalash Telnet terminalni emulsiyalash, Internet tarmog’inig elektron pochtasida ishlatiluvchi SMTP pochta protokollari, uzoqlashgan axborotga kirish uchun HTTP gipertekstli servislar kiradi. Transport darajasi asosiy hisoblanadi va TCP (Transmission Control Protocol) uzatishni boshqarish prtokoli va UDP (User Datagram Protocol) foydalanuvchining deytagramm protokoli ishlaydi. TCP prtokoli virtual ulanishlarni tashkil qilish hisobiga uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasida xabarlarni ishonchli uzatishini ta‘minlaydi. UDP protokoli IP ga o’xshab deytagramm usuli bilan paketlarning uzatilishini ta‘minlaydi va tarmoqli protokol va ko’p sonli jarayonlar orasida faqat bog’lovchi halqa vazifasini bajaradi.

41. Tarmoq topologiyasining turlari keltiring va tariflang.

Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi.

«Shina» topologiyasi o‘z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo‘lishini va barcha abonentlar teng huquqliligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo‘li bitta. Aks holda, uzatilayotgan axborot ustma-ust bo‘lishi natijasida o‘zgaradi


«Yulduz» — bu markazi aniq mavjud topologiya bo‘lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‘rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir.
«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi
Daraxt topologiyani bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo‘lgan deb qarash mumkin. «Yulduz» topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy va passiv topologiya bo‘lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir necha aloqa yo‘llarining birlashgan markazida — markaziy kompyuterlar«Passiv daraxt» holatida esa, konsentratorlar (xablar) joylashgandir.

Download 105.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling