Testlar
1.Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
nodavlat ta’lim muassasalari va ularning korporativ filiallari;
davlat notijorat yuridik shaxslari;
xorijiy vakolatxonalar, konsullik idoralari.
2.Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi nima hisoblanadi?
pul va manfaat;
foiz undirish;
hukmronlik oʻtkazish;
moddiy jihatdan nufuzini oshirib borish.
3.Moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartini qanday izohlaysiz?
pul mablagʻlarining subyektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati;
foydani taqsimlashda pul munosabatlaridan foydalanish;
takror ishlab chiqarishda moliyaviy ta’minot uzluksizligiga
erishish;
moliyaviy barqarorlikni oshirib borish.
4.Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot nima deb ataladi?
yuridik shaxs;
aksiyadorlik jamiyati;
mas’uliyati cheklangan jamiyat;
yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega tashkilot bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qilmaydi.
5.Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash tamoyili nimani nazarda tutadi?
korxonani rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini;
xarajatlarni minimallashtirish orqali foydani maksimallashti- rishni;
moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etishni;
moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida kam daromad bilan cheklanishni.
Do'stlaringiz bilan baham: |