Testlar Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?


Download 16.68 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi16.68 Kb.
#1788265
Bog'liq
62134B1B-72F9-4349-A619-28F849EA5A04 Test


Testlar
1. Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?
a) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
b) nodavlat ta’lim muassasalari va ularning korporativ filiallari;
d) davlat notijorat yuridik shaxslari;
e) xorijiy vakolatxonalar, konsullik idoralari.
2. Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi nima
hisoblanadi?
a) pul va manfaat;
b) foiz undirish;
d) hukmronlik oʻtkazish;
e) moddiy jihatdan nufuzini oshirib borish.
3. Moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartini
qanday izohlaysiz?
a) pul mablagʻlarining subyektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati;
b) foydani taqsimlashda pul munosabatlaridan foydalanish;
d) takror ishlab chiqarishda moliyaviy ta’minot uzluksizligiga
erishish;
e) moliyaviy barqarorlikni oshirib borish.
4. Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz
majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan,
oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla
oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni
bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan
tashkilot nima deb ataladi?
a) yuridik shaxs;
b) aksiyadorlik jamiyati;
d) mas’uliyati cheklangan jamiyat;
e) yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega tashkilot bozor
iqtisodiyoti sharoitida amal qilmaydi.
5. Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash tamoyili nimani nazarda
tutadi?
a) korxonani rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof
foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini;
b) xarajatlarni minimallashtirish orqali foydani maksimallashtirishni;
d) moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etishni;
e) moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida kam daromad bilan
cheklanishni.
6. Aksiyadorlari oʻzlariga tegishli aksiyalarni oʻzga aksiyadorlarning
roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan
aksiyadorlik jamiyati qanday aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi?
a) ochiq obuna oʻtkazilgan aksiyadorlik jamiyati;
b) yopiq aksiyadorlik jamiyati;
d) unitar jamiyat;
e) aksiyadorlar har doim oʻz aksiyalarini boshqa shaxsga
oʻtkazish uchun boshqa aksiyadorlardan yozma rozilik olish kerak.
7. Oʻzbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarida yopiq obuna
asosida aksiyalar joylashtirilganda aksiyadorlar soni boʻyicha
chegarani bilasizmi?
a) 50 ta shaxsdan koʻp boʻlishi mumkin emas;
b) aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar soni boʻyicha hech
qanday chegara belgilanmaydi;
d) 50 ta shaxsdan kam boʻlishi mumkin emas;
e) jamiyat ta’sis yigʻilishi qarori bilan ustavda belgilab qoʻyiladi.
8. Aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatini bilasizmi?
a) ustav;
b) jamiyat ta’sis yigʻilishi bayonnomasi;
d) Vazirlar mahkamasi qarori;
e) tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasi tomonidan berilgan guvohnoma.
9. MCHJ ishtirokchilarining soni boʻyicha aniq chegara
belgilab qoʻyilganmi?
a) ellik kishidan oshmasligi lozim;
b) 3 ta shaxsdan kam, 50 ta shaxsdan koʻp boʻlishi mumkin emas;
d) 50 ta shaxsdan kam boʻlishi mumkin emas;
e) alohida talab belgilanmagan.
10. Korporativ moliya tushunchasi nimani anglatadi?
a) korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini;
b) davlat va korxonalar oʻrtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni.
d) aksiyador va kompaniya oʻrtasidagi munosabatlarni;
e) korxonalar faoliyatini boshlash bilan bogʻliq jarayonlarni.
Download 16.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling